Rud van Nistelroy: "Rekordlar ularni yangilash uchun qayd etiladi"
20 noy 2015 23:55
Yangiliklar


Rud van Nistelroy: "Rekordlar ularni yangilash uchun qayd etiladi"
"Manchester Yunayted" jamoasining sobiq hujumchisi Rud van Nistelroy "Lester" hujumchisi Jeymi Vardiga omad tiladi.
"Rekordlar ularni yangilash uchun qayd etiladi. Jeymi Vardi, olg'a! Omad senga", - deydi Nistelroy.
Eslatib o'tamiz, Vardi APLda ketma-ket to'qqizta o'yinda gol urib kelmoqda.
Vardi agarda keyingi uchrashuvda ham gol kiritsa Nistelroyning rekordini yangilagan bo'ladi.
Rud van Nistelroy "Manchester Yunayted"da o'ynagan paytda 2003 yilda ketma-ket 10 uchrashuvda raqiblari darvozasini ishg'ol etishga muvaffaq bo'lgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar