So’nggi yangiliklar

01:45"Сабаҳ" ва Умарали Раҳмоналиев Европа лигаси саралашида муваффақиятсизликка учради  0 01:22"Галатасарой" Осимхенни сотиб олишга яқин турибди  1 00:54Кристиан Вьери: "Челси" АПЛ ғолиби бўлади"  1 00:31Шайхлар Винисиусни "нишонга олди" ва рекорд сумма тўлашга тайёр  7 00:13"Интер"нинг Лукман учун таклифи "Аталанта"га маъқул келмади  0 23:43"Бунёдкор" назорат ўйинида "Абдиш Ата" билан дуранг қайд этди  0 23:15"Истанбул Башакшеҳир" назорат ўйинида ғалаба қозонди, Элдор Шомуродовдан ассист  3 22:47"Сурхон" Дмитрий Плетнёвнинг кетганини эълон қилди  3 22:24"Манчестер Сити" рекорд трансферни эълон қилди  6 22:04"Реал"да зиддият: Перес ва Алонсо ўртасидаги илк қарама-қаршиликлар юзага чиқди   9 21:26Консейсаунинг "Ювентус"даги келажаги аниқ бўлди  1 21:05"Реал" Алабадан қутулмоқчи  2 20:53"Айнтрахт" Экитикени "Ливерпуль" таклиф қилган суммага сотмади  3 20:40Пол Мерсон Мадуэкенинг "Арсенал"га ўтишини бемаънилик деб баҳолади  1 20:13Ироқлик футболчи мухлислар билан хайрлашди ва Тошкент томон йўлга чиқди  3

Ruben Sanches: "O'yinda yaratgan vaziyatlarimizdan foydalana olganimiz sabab bugun g'olib bo'ldik" Yangiliklar

Ruben Sanches: "O'yinda yaratgan vaziyatlarimizdan foydalana olganimiz sabab bugun g'olib bo'ldik"

Coca Cola Superligasining 5-turining markaziy bahsi – OKMK va "Navbahor" jamoalari o'rtasidagi o'yindan so'ng olmaliqliklarning g'alaba goli muallifi Ruben Sanches bilan suhbatlashdik.

- O'yin haqida fikrlaringiz?

- Bugungi bahs biz uchun juda ham muhim edi. Biz kuchli raqibga qarshi o'ynadik, lekin biz bugun ulardan yaxshiroq harakatlandik va shu sabab o'zimiz ko'zlagan natijaga erisha oldik.

- O'tgan uchrashuvda ochko yo'qotgan edingizlar, bugungi uchrashuvga qanday tayyorgarlik ko'rildi va murrabiy tomondan sizga alohida vazifa yuklatilganmidi?

- Ha, bugungi o'yin qiyin bo'lishini bilgandik va shunga yarasha tayyorgarlik ko'rgan edik. O'yinda havfli vaziyatlar yarata oldik va ulardan foydalangamiz sababli bugun g'olib bo'ldik. Menga yuklatilgan vazifa ko'proq gol urish va jamoamga foyda keltirish edi. 

- Bugun joriy mavsumdagi birinchi golingizni urdingiz va golingiz jamoaga uch ochkoni taqdim etdi. Ushbu mavsumda qancha gol urishni o'z oldingizga maqsad qilib qo'ygansiz?

- Menda aniq maqsad yo'q, mening maqsadim jamoam musobaqa jadvalida eng yuqori o'rinlarda bo'lishi. Har bir uchrashuvdan so'ng jamoam ko'proq ochko to'plasa menga ham jamoamga ham foydali bo'ladi. Gollarning soni bo'yicha aniq maqsad yo'q, muhimi jamoamga ko'proq foydam tegishi kerak.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика