So’nggi yangiliklar

19:22Назорат учрашуви. "Пахтакор" ва "Бунёдкор" жамоалари ўртасидаги ўйин бўлиб ўтмоқда (онлайн ҳисоб)  1 19:00Ўртоқлик ўйини. "Милан" Гонконгда "Ливерпул"ни мағлуб этди  1 18:40"Реал" "Арсенал" билан учрашув учун делегация тайёрламоқда  2 18:15Ўзбекистон U-17 терма жамоасининг "Чертаново"га қарши ўйин учун таркиби маълум  5 17:55Тодоров Тошкентнинг бошқа клубига ўтди  0 17:31Иккинчи даврадан водийдаги ўйинлар ПФЛ сотиб олган янги камераларда трансляция қилинади  6 17:07Отабек Шукуров: "Персеполис" менга таклиф билан чиқди, лекин..."  4 16:42"Андижон" нигериялик ҳужумчи билан шартнома имзолади  17 16:20Ўзбекистон U-18 селекция йиғини учун футболчиларнинг иккинчи қисмини танлаб олди  0 15:53"Қўқон-1912" ва "Нефтчи"да ҳам қарздорлик бор  8 15:29Аброр Исмоиловнинг агенти "Навбаҳор" устидан ОФКга арз қилди  20 14:53Шаҳзод Азмиддинов иккинчи даврани "Андижон"да бошлайди  6 14:48Иккинчи давра стартига бир ҳафта қолди  2 14:34"Интер" ҳужумчи учун 45 млн евро таклиф қилди  0 14:11Шусуке Фуруя: "Саудияга қарши ўйин мен учун биринчиси эди. Ўзбекистонликлар паслар орқали ўйинни яхши назорат қиладиган жамоа"  0

"RRR"ning "Bavariya"dagi so'nggi rasmiy bahsida myunxenliklar finalda g'alaba qozonishdi yoxud afsonalar sovrinlar bilan kuzatilmoqda Yangiliklar

"RRR"ning "Bavariya"dagi so'nggi rasmiy bahsida myunxenliklar finalda g'alaba qozonishdi yoxud afsonalar sovrinlar bilan kuzatilmoqda

Germaniya Kubogi tarixidagi 76-finalda "Leypcig" "Bavariya" bilan bosh sovrin uchun bellashdi.

Berlindagi "Olimpiashtadion"da kechgan final bahsida mamlakatning qatorasiga 7 karra chempioni bo'lgan "Bavariya" "Leypcig"ga hech qanday imkoniyat qoldirmadi.

Birinchi bo'limda Alabaning to'p uzatmasidan Robert Levandovski hisobni ochgan bo'lsa, ikkinchi taymda Koman oradagi farqni ikkitaga oshirdi. Uchrashuv tugashiga 5 daqiqa qolganida esa Robert Levandovski Kimmixning uzatmasidan keyin finaldagi dublini rasmiylashtirib, "Bavariya"ga o'z tarixidagi 19-mamlakat kubogini taqdim etdi. SHuningdek, hujumchi 7ta gol bilan Germaniya Kubogi to'purariga aylandi.

Niko Kovach esa qatorasiga ikkinchi yildirki Germaniya Kubogida zafar quchdi. O'tgan yili finalda "Ayntraxt" bilan aynan hozirgi jamoasi "Bavariya"ni dog'da qoldirgan mutaxassis, bu safar Ralf Rangnik boshqaruvidagi "Leypcig"ni mag'lub etdi.

SHu tariqa Germaniya chempioni ikki yillik tanaffusdan so'ng oltin dublni rasmiylashtirdi.

Qayd etish kerakki, mazkur o'yin "Bavariya" afsonalari Riberi, Robben va Rafinya uchun myunxenliklar bilan o'tkazgan so'nggi rasmiy uchrashuvga aylandi. "RRR" "Bavariya" safidagi o'zining oxirgi ikkita bellashuvida dastlab mamlakat chempionligini, bugun esa Germaniya Kubogini qo'lga kiritdi.

Riberi va Robben mazkur bahsda zaxiradan maydonga tushishdi. Rafinya esa zaxirada qoldirildi.


"Bavariya"da "Robberi" davri tugadi! Riberi va Robbenning "Bavariya"dagi statistikasi: 425 o'yin, 124 gol, 24 sovrin - 309 o'yin, 144 gol, 20 sovrin.


Mamlakat kubogi sohibiga aylangan "Bavariya" ushbu yutuqdan keyin o'z g'aznasini 2,5 million evro bilan boyitdi va qo'shimchasiga teletranslyaciyadan tushadigan bonuslarga egalik qiladi.


Germaniya Kubogi finali.

RB Leypcig – Bavariya 0:3 (0:1, 0:2)

25 may, 23.00, «Olimpiyashtadion»

Gollar: 0:1 – 29 Levandovski, 0:2 – 78 Koman, 0:3 – 85 Levandovski.

RB Leypcig – Gulachi, Konate (Aydara, 82), Xalstenberg, Klostermann, Orban (Upamekano, 70), Zabitcer, Adams (Laymer, 65), Forsberg, Kampl, Poulsen, Verner.

Bavariya –    Noyer, Zyule, Alaba, Kimmix, Xummels, Gnabri (Robben, 73), Alkantara, Martines (Tolisso, 65), Koman (Riberi, 87), Myuller, Levandovski.

Ogohlantirishlar: Upamekano (82), Levandovski (86).

Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика