RPL. "Spartak" so'nggi daqiqalarda g'alabani qo'ldan chiqardi
10 avg 2020 00:20
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/585856_original.jpg)
![](/upload/storage/585856_220.jpg)
RPL. "Spartak" so'nggi daqiqalarda g'alabani qo'ldan chiqardi
Bugun "Sochi" Moskvada "Spartak" maydonida mehmon bo'ldi. Uchrashuvning 6-daqiqasida hisob mezbonlar hujumchisi Aleksandr Sobolev tomonidan ochildi. Forvard jamoadoshi Roman Zobnin burchakdan etkazib bergan to'pni boshi bilan mehmonlar darvozasiga yo'llagan edi. Bir necha daqiqadan keyin "Spartak" qarshi hujumga o'tdi. Zelimxon Bakaev faollik ko'rsatgan hujumni bu gal Jordan Larsson gol bilan tugatdi. SHundan keyin mehmonlar o'yin yakuniga qadar 2 bor penalti tepish imkoniyatini qo'lga kiritib, hisobdagi muvozanatni tiklashdi. Yakunda tomonlar 1 ochkodan bo'lib olishdi.
Spartak Moscow Aleksandr Sobolev - 8', Jordan Larsson - 10' |
Premier League . 1-tur 09/08/2020, 22:00 2
:
2
Tugadi
|
PFC Sochi Dmitry Poloz - 15', Christian Noboa - 90' |
Stadion: Otkrytiye Arena
Spartak – Sochi 2:2
9 avgust, 22.00, "Otkritie Arena"
Gollar:
1:0 – 8 Sobolev, 2:0 – 10 Larsson, 2:1 – 15, penalti Poloz, 2:2 – 90, penalti Noboa.
Spartak – Maksimenko, Maslov (Gaponov, 53), Djikiya, Jigo, Ayrton, Zobnin, Bakaev (Umyarov, 76), Kral, Glushenkov (Ponse, 54), Sobolev, Larsson.
Sochi – Djanaev, Terexov, Zaika, Margasov, Callagov, Mevlya, Noboa, Novoselcev (Nabiullin, 72), Burmistrov (Nemchenko, 65), Miladinovich, Poloz (Zabolotnyy, 85).
Ogohlantirishlar:
Sobolev (8), Terexov (40), Larsson (74), Nabiullin (77), Margasov (82), Kral (84), Gaponov (85), Maksimenko (90), Umyarov (90).
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar