RPL. “Rostov” mehmonda “Spartak”ni taslim etdi. Zaxiradan tushgan O'runov esa yana jarohat oldi va almashtirildi
31 okt 2020 20:35
Yangiliklar
RPL. “Rostov” mehmonda “Spartak”ni taslim etdi. Zaxiradan tushgan O'runov esa yana jarohat oldi va almashtirildi
O'yindagi yagona gol 26-daqiqada rostovliklar yarim himoyachisi Pavel Mamaev tomonidan urildi. Aytish joizki, Valeriy Karpin shogirdlari o'yinni bir kishi kam bo'lib yakunlashdi. 2-taym o'rtalarida himoyachi Dennis Xajikadunich raqibga qo'pollik ishlatgani uchun ikkinchi sariq kartochkani olib maydonni tark etdi.
Jarohatidan tuzalgan Oston O'runov esa 80-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi. Afsuski, O'runov bir necha daqiqa o'tar-o'tmas oyoq mushaklarini cho'zib oldi va 86-daqiqada uning o'rniga Nail Umyarov o'yinga qo'shildi.
"Spartak" – "Rostov" 0:1 (0:1, 0:0)
"Otkritie Arena"
Gol: 0:1 – 26 Mamaev.
"Spartak" – Maksimenko, Kutepov (O'runov, 80; Umyarov, 85), Jikiya, Jigo, Ayrton, Kral, Mozes (Eshhenko, 81), Zobnin, Bakaev (Sobolev, 46), Larsson, Ponse (Kokorin, 66).
"Rostov" – Pesyakov, Kozlov, Osipenko, Poyarkov, Xadjikadunich, Glebov, Mamaev (Gigovich, 70), Xasimoto, Eremenko (Terentev, 83), Almkvist (Soxiev, 60; Obuxov, 83), Poloz (Aleesami, 83).
Ogohlantirishlar: Larsson (41), Xajikadunich (42), Kutepov (55), Sobolev (58), Kozlov (60), Poyarkov (61), Glebov (89), Ayrton (90).
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Осасуна" ўз майдонида "Реал Мадрид"ни мағлуб этди
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида йирик ғалабага эришди ва жадвалда биринчи ўринга чиқиб олди
Туркия Суперлигаси. "Истанбул Башакшехир" меҳмонда "Аланяспор"ни мағлуб этди, Шомуродов ғалаба голини урди
"Реал" Винисиусга нисбатан ирқчилик ҳақоратлари иши бўйича УЕФАга далилларни топширди
Fikrlar