So’nggi yangiliklar

10:48ПСЖ ва "Ювентус" ўзаро келишувга эришди  0 10:23"Челси" 24 йиллик анаънадан воз кечади  2 09:56Икич Фране: "Жамоамиз бу ўйинда ғалаба қозонишга ҳақли эди"  0 09:27Германия терма жамоасининг сентябрдаги ўйинлар учун чақирилган футболчилари маълум  2 08:54МЮ Брунуни сотишга тайёр. Унга нарх қўйилди  6 08:27"Бухоро" "Бунёдкор"ни мағлуб этиб, тарихда илк бор финалга чиққан учрашувдан ФОТОГАЛЕРЕЯ  9 08:00Жароҳатдан қайтган Месси жамоасини Лига кубоги финалига олиб чиқди  9 07:50Германия Кубоги. "Бавария" меҳмонда 3-лига жамоасини мағлуб этди  1 07:31Аморим кечаги мағлубиятга изоҳ берди  8 02:42Англия кубоги. "Манчестер Юнайтед" 1/32 финалда 4-лига жамоасига мағлуб бўлиб, турнирни тарк этди  12 02:22EЧЛнинг барча 36 иштирокчиси маълум: "Барселона" ва "Реал" 1-саватда, "Арсенал" ва "Ювентус" 2-саватда, "Тоттенхэм" ва "Наполи" 3-саватда, "Монако" ва "Қайрат" 4-саватда  17 00:18"Ал Ҳилол" А Сериядаги футболчи учун 35 млн евро таклиф қилди, аммо...  0 23:51Себальос "Марсел"га ўтишдан бош тортди. "Реал" хавбекни 11+4 млн еврога мажбурий сотиб олиш шарти билан ижарага беришга тайёр эди  0 23:25Равшан Ҳайдаров: "Ҳеч қачон рақибларга паст назар билан қараш керак эмас"  5 23:14Англия Лига Кубоги. ​"Гримсби Таун" – "Манчестер Юнайтед": Онана, Магуайр, Хевен, Амад ва Шешко бошланғич таркибда!  39

RPL. "Rostov" - "Lokomotiv" o'yinida gol urilmadi Yangiliklar

RPL. "Rostov" - "Lokomotiv" o'yinida gol urilmadi

Rossiya chempionati 7-turidan o'rin olgan "Rostov" – "Lokomotiv" o'yini boshlanmoqda. Jamoalar tarkiblari elon qilindi.

Bugun Rossiya Premer-ligasi 7-turida o'ziga xos "o'zbek derbisi" bo'lib o'tadi. Tez orada hamyurtlarimiz Eldor SHomurodov ("Rostov") va Jasur Jaloliddinov ("Lokomotiv") jamoalarining o'zaro to'qnashuviga guvoh bo'lamiz.  

Rostov – Lokomotiv 0:0

"Rostov-Arena"

Rostov – Pesyakov, CHernov, Kozlov, Osipenko, Xadjikadunich, Glebov, Bayramyan (Toshevski, 90), Eremenko (Mamaev, 72), Normann, Ionov (Dolgov, 85), SHomurodov (Poloz, 72).

Lokomotiv – Gilerme, Rybus, CHorluka, Jivoglyadov, Magkeev, Kulikov (Eder, 85), Miranchuk, Kamano (Kryxovyak, 68), Rybchinskiy (Ignatev, 86), Serkeyra, Smolov (Lisakovich, 62).

Ogohlantirish: Kryxovyak (73), Ionov (77), Ignatev (90).

YANGILASH

Tugadi, 0:0. Barchaga rahmat. SHomurodov antirekordini qayd etishda davom etmoqda.

90. Toshevski Bayramyanning o'rniga maydonga tushdi.

86. ZARBAAAAAA!! Miranchukning zarbasi noaniq ketdi. Bu nuqtadan noaniq zarba yo'llash qiyin edi aslida.

83. "Rostov" futbolchisi uzoq masofadan  zarba berdi. Gilerme to'pni ushlab oldi.

81. ZARBAAAAAAAA!! Glebovning kuchli zarbasini Gilerme qaytardi. Super seyv!

79. O'yindagi eng faol o'yinchi Aleksey Ionov sariq kartochka ishlab oldi.

76. "Loko" endi to'pga egalik qilmoqda. Vaziyatlar yaratilmayotganiga ancha bo'ldi.

72. SHomurodovning golsiz seriyasi davom etadi. U o'z o'rnini Polozga bo'shatib berdi.

71. Normanning jarimadan yo'llagan zarbasi jonli devordan o'tmadi.

70. Ribchinskiy jarima maydonchasi yonida Bayramyanni yiqitdi. "Rostov"da jarima zarbasi.

68. Hurmatli futbol muxlislari. Biz zerikarli bo'lmagan, juda sifatli, intizomli o'yinni ko'ryapmiz. Zavq olyapman bu o'yindan.

65. "Rostov" yana bir imkoniyatni yo'qqa chiqardi. Ionov to'pni markazga tuzuk-quruq oshirib bera olmadi.

62. Ilk o'zgarishni ko'rdik. Belarus chempionatida porlagan Lisakovich Smolovning o'rnini egalladi. Fedorning o'yini bugun chiqmadi.

60. UXXXXX!! Bunday pasni birinchi marta ko'rishim. Ionov shunaqangi pas berdiki, to'p 3 himoyachidan o'tib, Glebov tomon bordi. Kesma uzatma o'xshadi, zarba esa yo'q...

55. Exx, Ionov nima qilyapsannnn... SHomurodov o'z pasi bilan Ionovni raqib posboni bilan birga bir holatga chiqarib yuborishi mumkin edi. Ionov to'pni to'xtata olmadi.

51. CHorlukaning pasidan keyin Kamano "Rostov" jarima maydonchasiga kirib borib, noaniq zarba yo'lladi.

47. Ikkinchi bo'limdagi dastlabki hujum ham "Rostov" tomonidan tashkil qilindi. Ionovning qanotdan SHomurodov uzatgan to'pini Gilerme ushlab oldi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

- Demak, jamoalar ikkinchi bo'limni boshlash uchun maydonga qaytib chiqishmoqda.

Birinchi bo'lim yakunlandi. Hozircha hisob 0:0.

45. Normann va Serkeyra havodagi to'p uchun kurashda bir-birining boshiga zarba berib yubordi. Ularga tibbiy yordam ko'rsatilayotgan pallada taymga 2 daqiqa qo'shib berilgani malum qilindi.

44. ZARBAAAAAAAAAA!!! SHomurodovning pasidan keyin Bayramyan to'pni markazga oshirdi. Kozlov bo'sh qolgan darvozaga to'pni kirita olmadi. CHorluka esa o'z vaqtida to'pni bartaraf qildi.

41. "Rostov" qattiq bosim uyushtirmoqda taxminan 5-6 daqiqadan buyon. "Loko" esa chuqur himoyada.

38. Normann to'pni hujumdagi Ionovga oshirgandi. Kuchli pasni Ionov to'xtata olmasdi ham.

34. 50ga 50 vaziyat. Serkeyra jarima maydonchasi ichida Ionovni itarib yubordi. Bu penaltiga tortmasdi ham.

32. Ionovning jarimadan "Loko" jarima maydonchasi ichiga uzatgan to'pini Gilerme ushlab oldi.

30. ZARBAAAAAAAA!!! Ribuuussssss! o'yindagi ilk xavfli zarbani 30 daqiqa kutdik! Ribusning o'tkir burchakdan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi.

27. Miranchukning Smolov tomon uzatgan to'pini Pesyakov ushlab oldi. 

24. Ie, Eldorboy... 100 foizlik vaziyat edi-ku. Eldor shunchaki to'pni to'xtatishda xatolikka yo'l qo'ydi.

21. "Loko" o'yinni markazga ko'chirdi. "Rostov" ham to'pni raqibiga topshirdi.

18. Ionov qanotdan to'pni raqib darvozasi yonidagi SHomurodovga oshirgandi. Gilerme to'pni ushlab oldi.

16. ZARBAAAAAAA!!! Smolovning o'ng oyoqda noqulay holatda yo'llagan zarbasi noaniq ketdi.

15. UXXXXXXX!! "Rostov"da yaxshi imkoniyat yuzaga kelgandi. Eremenko qanotdan to'pni SHomurodovga oshirdi. Eldor esa to'pni tovoni orqali markazga o'tkazib yubordi. Ammo... Eldor "Rostov"dagi yagona forvardligini yodidan chiqarib qo'ydi shekilli...

12. Qanotdan oshirilgan to'pga SHomurodov boshi bilan noaniq zarba yo'lladi.

11. ZARBAAAAAAA!! Smolovning zarbasini himoyachilar qaytardi. Qaytgan to'pga Miranchuk ham zarba berdi. Pesyakov to'pni ushlab oldi.

9. "Rostov" burchak to'pi ishlab oldi.

6. Normann hujumdagi SHomurodovni to'p bilan taminlashga harakat qilib ko'rdi. Lekin pas anchagina noaniq ketdi.

4. To'p bilan asosan rostovliklar bo'lmoqda. Lekin bosim yo'q.

1. UCHRASHUV BOSHLANDI!

- Demak, jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda.

- Assalomu alaykum, hurmatli futbol muxlislari! Etiboringizni "Rostov-Arena"ga qaratamiz. Ushbu stadionda Eldor SHomurodov harakat qilayotgan "Rostov" hamda Jasur Jaloliddinov o'ynayotgan "Lokomotiv" o'zaro to'qnash keladi. Uchrashuvni sizlar bilan birgalikda Mirjalol Normatov kuzatib boradi.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика