So’nggi yangiliklar

09:21Александр Хомяков: «Ёзги йиғинни қандай ўтказганимизни иккинчи давра ўйинлари кўрсатиб беради»  0 08:48«Фулад» Ўткир Юсуповни қанчага сотиб олди?  7 08:20"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 12 ёшли Арслан Шакиров  0 07:55Мадрид «отмен». Артём Довбик фаолиятини Италияда давом эттиради  2 07:29Расман. "Бунёдкор" хорватиялик ҳужумчи билан шартнома тузди  2 00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  4 00:22Дуглас Коста "Флуминенсе"ни тарк этди  4 23:45Куртуа — жирафа, Рюдигер — псих, Менди — генерал. "Реал Мадрид" футболчилари бир-бирларини қандай чақиришади?  8 23:28"Барселона" Фликни бош мураббий сифатида таништирди  13 23:01Ўзбекистонлик ўсмирлар Японияни тор-мор этди  12 22:44Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ легионери терма жамоа ихтиёрини вақтинчалик тарк этди  21 22:22Ўртоқлик ўйини. Бразилиялик футболчини кўрикдан ўтказаётган "Динамо" "Бунёдкор"ни мағлуб этди  6 22:05"Ювентус" ўз футболчисини "Борнмут"га 18 миллион еврога сотади  1 21:48"Реал" Кепа эвазига Лунинни "Челси"га қўйиб юборишга тайёр  2 21:31Гвардиола "Реал Мадрид" футболчилари "Олтин тўп"га фаворит эканлигини айтди  24

RPL. 110 daqiqa davom etgan o'yinda "Rostov" "Krasnodar" bilan durang o'ynadi Yangiliklar

RPL. 110 daqiqa davom etgan o'yinda "Rostov" "Krasnodar" bilan durang o'ynadi

"Rostov" hamda "Krasnodar" o'rtasidagi RPLning 25-tur uchrashuvi matnli translyaciyasini ushba sahifada kuzatib bordingiz.


Rostov – Krasnodar 1:1 

«Rostov-Arena»

Gollar: 0:1 – 13 Berg, 1:1 – 90, penalti Popov.

Rostov – Pesyakov, CHernov, Osipenko, CHistyakov, Bayramyan (Xadjikadunich, 62), Zaynutdinov (Vedernikov, 87), Saplinov (Popov, 72), Glebov (Normann, 71), Ionov, Mamaev, SHomurodov (Dolgov, 62).

Krasnodar – Safonov, Martynovich, Petrov, Ramires, Pantaleao, Vanderson (Fernandesh, 75), Olsson (Kabella, 75), Gazinskiy (CHernikov, 64), Utkin (Suleymanov, 57), Vilena, Berg.

Ogohlantirishlar: SHomurodov (59), Saplinov (65), Mamaev (65), Zaynutdinov (68), CHernikov (79), Safonov (89), Suleymanov (90), Fernandesh (90), Dolgov (90).


Uzoq davom etgan ajoyib uchrashuv yakunlandi. Xizmatingizda SHerzod Nurmatov bo'ldi. Keyingi o'yinlargacha omon bo'ling. 

104. Safonov va Dolgov to'qnashib ketishdi.  Dolgovga sariq ko'rsatildi. 

GGOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Popov penaltini muvaffaqiyatli amalgi oshirdi.  1:1! 

Ana xolos. 100-daqiqa boshlandi. Hali bir to'xtamga kelinmadi. Bo'ldi, penalti tepiladi. 

90+6. Etirozlar uchun Suleymanovga sariq berildi. Fernandeshga ham sariq ko'rsatildi. G'alati hodisa, o'yin to'xtab qoldi, hakamlar bir to'xtamga kela olishmayapti. 

90+3. "Rostov" bosim qilishda davom etyapti. Yana bir vaziyat VARda tekshirilmoqda, palapartishliklarda qoida buzish kuzatilgan bo'lishi va penalti belgilanishi mumkin. Bosh hakam vaziyatni o'zi ko'rib chiqishga qaror qildi. Uzoq tekshiruvdan keyin penalti belgilandi. To'l to'pga tegdi deyilmoqda. PENALTI!!!!!!!!!!!!!!!!!!!

90+2. Hech qanday penalti yo'q. Davom etamiz. 

90+1. VAR penalti bor yoki yo'qligini tershirmoqda. 

90. Ikkinchi bo'limga 6 daqiqa qo'shib berildi. 

Malumotlarga qaraganda, Vanderson uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

89. "Krasnodar" darvozaboni Safonov vaqtni cho'zgani uchun ogohlantirish oldi.  

88. "Rostov" hujumda o'yin qoidasini buzdi deb topildi. Takroriy lavhada mehmonlar o'yinchisi Ramires "simulyaciya" ishlatgani malum bo'ldi. 

86. "Rostov"da o'yinchi almashdi: Zaynutdinov o'rniga Vedernikov tushirildi. 

85. Kabellaning zarbasi!  Noaniq ketdi.  

82. Normanning uzoqdan yo'llagan zarbasi osmonga uchdi.  

80. Zarbaaa! Ionovning pasidan keyin Dolgov yaqin masofadan darvozani ishg'ol eta olmadi. 

79. "Rostov"ning qarshi hujumini buzib qo'ygani uchun CHernikov sariq kartochka bilan jazolandi. 

77. Berg raqib jarima maydoni tomonda vaziyat yaratishga harakat qildi. 

75. "Krasnodar"da o'zgarishlar: Olsson o'rniga Kabella, Vanderson o'rniga Fernandesh tushdi. 

72. "Rostov"da o'zgarishlar: Glebov o'rniga Normann, Saplinov o'rina Popov tushirildi. 

69. Yana bir sariq kartochka. Bu gal Zaynutdinov jazolandi.  

66. O'yin to'xtalish va qo'polliklarga boy tarzda davom etmoqda.  

65. Saplinov Vilenaga nisbatan qo'pol o'ynagani bois sariq kartochka oldi. Mamaev etirozlari uchun sariq kartochka bilan jazolandi.  

64. "Karsnodar"da o'zgarish: Gazinskiy o'rniga CHernikov tushdi. 

62. "Rostov"da 2ta o'zgarish: Bayramyan o'rniga Xajikadunich, SHomurodov o'rniga Dolgov tushdi.  

59. Gazinskiyga nisbatan qo'pol o'ynagani uchun SHomurodovga sariq ko'rsatildi. 

57. "Krasnodar"da o'zgarish: Utkin o'rniga Suleymanov tushdi. 

56. Zarbaaaa! Vandersonning o'ng tomondan yo'llagan kuchli zarbasiga ozgina aniqlik etishmadi. 

55. Glebovdan "qoyilmaqom" noaniq uzatma...  Endi "Krasnodar" hujum boshlaydi. 

53. SHomurodovning pasidan keyin Ionov zarba yo'lladi. To'p "rikoshet" orqali maydon tashqarisiga chiqib ketdi. Burchak to'pi amalga oshiriladi. 

51. Ramiresning uzatmasini himoyailar maydon tashqarisiga chiqarib yubordilar, burchak to'pi. Havodan kelgan to'pni Pesyakov ushlab oldi va jamoasini qarshi hujumga chorladi. 

50. Bayramyanning boshqa sherigigi bergan pasi SHomurodovga tegib ketdi, shu orqali to'p raqibga o'tdi. 

48. Ramires hujumga o'tayotgan Ionovni yiqitdi. 

47. "Krasnodar"da burchak zarbasi.  To'p o'yinga kiritildi. Vandersonnig uzatmasidan keyin Utkin qo'pollik ko'rsatdi. 

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi. 

Birinchi bo'lim tugadi. Tanaffus! 

45+1. Vandersonning zarbasi! Ozgina noaniq. 

45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shildi. 

44. "Rostov"da burchak to'pi, Mamaev oshirib beradi. Zarbaaaa! Uuuux SHomurodov yiqilayotgan holatda zarba berdi, ammo to'p to'rning yuqori qismiga borib tushdi. 

42. Petrov va CHernov o'rtasida jiddiy kurash kechdi. Hakam qoida buzish qayd etmadi.  

39. "Krasnodar" jarima zarbasini amalga oshirdi. Himoyailar xavfni bartaraf etdilar. O'yin tempi yuqori bosqichga chiqdi.  

37. SHomurodov hujumda o'zini ko'rsata boshlaganida himoyachilar qarshilik ko'rsatishdi. Bir oz o'tib, Mamev esa qoidani buzdi. 

36. To'p Ionovga qadar etib keldi, ammo u ofsaydda ekanligi malum bo'ldi. 

35. "Krasnodar" keskin hujumlarni tashkil etishda davom etyapti. Hujumda Vanderson va Vilena juda faol.

33. Gazinskiyning holati yomon ko'rinadi, shifokorlar maydonga jalb qilindi. O'yin davom etadi.  

31. Berg Vandersonnig ichkariga uzatmasini qabul qilayotganida himoyachiga nisbatan qo'pol o'ynadi va jarima zarbasi. 

29. Pesyakovning o'ng qanotga uzatmasidan keyin Bayramyanning oyog'i qayrilib ketdi. Ha, rostovliklarning sport formasi u qadar yaxshi emas. 

27. Olssonning uzatmasini darvozabon Pesyakov qo'liga ilib oldi. 

26. CHernovning uzatmasini himoyachilar qaytarishdi va mehmnlar qarshi hujumni boshlashdi. 

25. Davom etamiz. 

23. O'yin vaqtincha to'xtatildi. O'yinchilar suv ichib olishmoqda. Karpin vaziyatdan foydalanib, futbolchilarga ko'rsatma berdi. 

22. O'ng qanotdan oldinga borayotgan Vanderson to'xtatildi va endi mezbonlar to'pga egalik qilishmoqda. 

21. "Krasnodar"ning hujumi xafli ko'rinish olishi mumkin edi, biroq hujumchi to'pga egalik qila olmadi. 

19. "Rostov" nihoyat hujumga o'tdi, burchak to'pi o'yinga kiritildi, Zaynutdinov to'pni ikki marta ichkariga oshirishga urinib ko'rdi. 

17. "Krasnodar" hujum qilishda davom etmoqda, "Rostov" qamalda. Mezbonlarda jsmoniy tayyorganlik yaxshi emasligi bilinib qolmoqda. 

13.  GOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLL! Berg!   VARda tekshirildi va gol inobatga olindi. 0:1! 

13. Utkinning uzoqdan yo'llagan zarbasi noaniq ko'rinish oldi. 

11. Hozircha ustunlik mehmonlar tarafda, ular to'xtovsiz hujum qilishmoqda. 

9. Bergning zarbasi! Darvozabon o'z o'rnida. 

8. Mamaev chap qanotdan hujumga o'tishga urindi.

6. CHistyakov himoya markazida o'zini ko'rsatib, xavfni bartaraf etdi. 

4. O'ng qanotda Bayramyan yiqitildi. Qoida buzilmadi deb topildi.  

2. "Krasnodar" tezlik bilan hujum boshlashga urindi, "Rostov" himoyachilari bunga yo'l qo'yishmadi va to'pni uzoqlashtirishdi. 

1. Bahs boshlandi. 

Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda. 

Assalomu alaykum, qadrli futbol ixlosmandlari! Bugun hamyurtimiz Eldor SHomurodov to'p tepadigan "Rostov" klubi "Rostov Arena"da "Krasnodar"ni mehmon qiladi. Uchrashuvni siz bilan birgalikda kuzatib boramiz. 

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика