RPL oyning eng yaxshi futbolchisini aniqlash uchun so'rovnoma o'tkazmoqda. SHomurodovga ovoz bering!
30 iyu 2019 20:35
Yangiliklar


RPL oyning eng yaxshi futbolchisini aniqlash uchun so'rovnoma o'tkazmoqda. SHomurodovga ovoz bering!
Rossiya Premer-ligasi iyul oyining eng yaxshi futbolchisini aniqlash maqsadida so'rovnoma o'tkazmoqda.
Ovoz berish jarayoni tashkilotning Vkontakte ijtimoiy tarmog'idagi rasmiy sahifasida bo'lib o'tmoqda. Nomzodlar beshligidan «Rostov» hujumchisi Eldor SHomurodov (3 o'yin, 2 gol va 1 pas) ham joy olgan. O'zbekiston MTJ forvardida 2098 nafar foydalanuvchi ovoz bergan va bu ko'rsatkich bilan u hozircha 8,63 foiz to'plagan holda to'rtinchi o'rinda bormoqda.
SHuningdek, ro'yxatdan Eldorning jamoadoshi Aleksey Ionov (3 o'yin, 2 gol va 1 pas), «Krilya Sovetov» azosi Aleksandr Sobolev (3 o'yin, 3 gol va 1 pas), «Zenit» futbolchisi Artem Dzyuba (3 o'yin, 2tadan gol va pas), «Rubin» kiperi Yuriy Dyupin (3 o'yin, 2ta quruq o'yin, 1ta o'tkazib yuborilgan gol) joy olgan.
Ovoz berishga o'tish uchun quyidagi linkni bosing!
O’xshash yangiliklar

Fikrlar