RPL. 12ta sariq, 3ta qizil ko'rsatilgan bahsda “Lokomotiv”ning qo'li baland keldi
21 iyu 2020 21:30
Yangiliklar


RPL. 12ta sariq, 3ta qizil ko'rsatilgan bahsda “Lokomotiv”ning qo'li baland keldi
Moskvadagi uchrashuv keskin kurashlarga boy tarzda o'tdi. Mezbonlar safida qo'polligi uchun Rifat Jemaletdinov qizil olgan bo'lsa, raqiblardan Daniel Mishkich va Andrey Malix maydondan chetlatilgan. Bahsdagi yagona gol mualliifi esa yarim himoyachi Aleksey Miranchuk bo'ldi. 90+4 daqiqada Eder "Orenburg" darvozasiga belgilangan penaltini aniq amalga oshira olmagan.
“Temiryo'lchilar” mazkur g'alabadan keyin ochkolari sonini 44taga etkazib, 2-o'rinni mustahkamlab oldi.
Lokomotiv – Orenburg 1:0 (1:0, 0:0)
«stadion Lokomotiv»
Gol: 1:0 – 38 Miranchuk.
Lokomotiv – Gilerme, Rybus, CHorluka, Serkeyra, Ignatev, Kryxovyak, Barinov, Miranchuk, Joau Mariu (Idovu, 90), Jemaletdinov, Eder.
Orenburg – Klimovich, Zotov, Malyx, Radakovich, SHaxov (Fameye, 46), CHernyx (Lipovoy, 62), Ayupov (CHukanov, 82), Rikardu Alvesh, Mishkich, Sivakov, Silla.
Ogohlantirishlar: Jemaletdinov (19), Mishkich (41), Serkeyra (52), Malyx (57), Silla (63), Fameye (70), Ayupov (71), Barinov (79), Zotov (80), CHukanov (90).
CHetlatishlar: Jemaletdinov (45), Mishkich (58), Malyx (84).
O’xshash yangiliklar

Fikrlar