RPL klublari ushbu mavsum evrokuboklarda faqatgina bir g'alabaga erishdi
04 dek 2020 02:10
Yangiliklar


RPL klublari ushbu mavsum evrokuboklarda faqatgina bir g'alabaga erishdi
Rossiya klublari ushbu haftada evrokuboklarda 5-tur o'yinlarini o'tkazdi.
Umumiy hisoblaganda, 4 jamoa 20 o'yin o'tkazdi va faqatgina bir marta g'alabaga erishdi.
CSKA 3 dekabr kuni o'z maydonida "Volfsberg"ga mag'lub bo'ldi, 0:1. Armiyachilar hisobida 3 durang va 2 mag'lubiyat bor.
"Lokomotiv" o'z maydonida "Zalcburg"ga mag'lub bo'ldi. Moskvaliklar hisobida 3 durang va 2 mag'lubiyat bor.
"Krasnodar" esa bir g'alaba, bir durang va 3 mag'lubiyat qayd etgan bo'lsa, "Zenit" 4 bor mag'lub bo'lib, bir marta durang o'ynadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar