So’nggi yangiliklar

18:00Париж-2024. Ўзбекистон - Испания (матнли трансляция)  16 17:43Артета: "Чемпионликка жуда яқинмиз"  0 17:10Париж-2024. Ўзбекистон - Испания. Асосий таркиблар маълум  41 16:55Ильгиз Танташев Элит ОЧЛ саралаш босқич баҳсини бошқаради  2 16:23Расман: "Сурхон" ўсмирлар ўртасида Евро чемпиони бўлган футболчи билан шартнома тузди  4 15:55Испания ОТЖ футболчилари: "Токио-2020дан тугалланмаган ишимиз бор. Мақсадимиз - олтин медал"  6 15:31"Парк де Пренс" стадиони Ўзбекистон - Испания баҳсига шай  11 15:16"Навбаҳор" Сардор Рашидов билан келишувга эришди  21 15:11Эксклюзив! Тимур Кападзе: "Мақсадимиз бор ва унга қараб интиламиз"  10 14:47Ўзбекистон U-23 терма жамоаси бош мураббийи ва футболчилари дастхати қўйилган тўпни ютиб олинг  3 14:42ОЛИМПИАДАГАЧА. Акром Комилов: "Испания индивидуал кучли, лекин ўзбекистонлик йигитлар ҳеч кимдан қолишмайди"  3 14:07"Ливерпуль" етакчиси жамоада қолмоқчи  1 13:38ОЛИМПИАДАГАЧА. Испания ОТЖ ҳақида нималарни билишимиз керак ёхуд "Қизил фурия" билан танишамиз  7 13:03Месси кесма паслар бўйича Топ-5 нинг охирги 2 мавсумида етакчи. Лео ПСЖни бир йил олдин тарк этган  16 12:25Гвардиола: "У қарор қабул қилиши керак"  3

RPL. "Rostov" "Dinamo"ga engildi, SHomurodov 90 daqiqa o'ynadi Yangiliklar

RPL. "Rostov" "Dinamo"ga engildi, SHomurodov 90 daqiqa o'ynadi

Teglar :  Dinamo M"Rostov"RPL
Rossiya chempionati 3-turidan o'rin olgan "Dinamo" - "Rostov" bahsi matnli translciyasini ushbu sahifada kuzatib bordingiz.


Dinamo – Rostov 2:0 

«VTB-Arena»

Gollar: 1:0 – 42, penalti Filipp, 2:0 – 45 Komlichenko.

Dinamo – SHunin, Evgenev, Ordec, Skopincev, Parshivlyuk, SHimanski (Karapuzov, 64), Fomin (Moro, 69), Kabore, Komlichenko (Igboun, 64), N`Ji (Terexov, 83), Filipp (Moskvichev, 83).

Rostov – Pesyakov, Kozlov (Bayramyan, 77), Osipenko, CHernov (Toshevski, 77), Xadjikadunich, Eremenko (Glebov, 67), Normann (Xasimoto, 77), Mamaev, Ionov (Kovalev, 87), Zaynutdinov, SHomurodov.

Ogohlantirishlar: Zaynutdinov (16), N`Ji (34), Normann (34), SHomurodov (54), Moro (90).


O'yin yakunlandi. "Dinamo" 2:0 hisobida "Rostov"ni mag'lub etdi. Xizmatingizda SHerzrd Nurmatov bo'ldi. Keyingi o'yinlarda g'oyibona ko'rishguncha!   

90+4. Moro Zaynutdinovga nisbatan amalga oshirgan qo'polligi uchun sariq kartochka oldi. 

90+2. Komlichenko o'yinning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. 

Ikkinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi. 

90. Evgenev Toshevskiga nisbatan qo'pol o'ynagani bois jarima zarbasi belgilandi. 

87." Rostov"da o'zgarish: Ionov o'rniga Kovalev tushdi

84. Bayramyanning zarbasi!  Ammo zarba raqib tomonidan "bloklandi". 

83. "Dinamo"da 2 ta almashtirish: Filipp o'rniga Moskvichev, N`Ji o'rniga Terexov tushirildi. 

81. "Dinamo" o'yin tempini tushurishga urinyapti. "Rostov" hujumga o'tishga harakat qilmoqda. 

79. Uuuuxx!  Zaynutdinov chap qanotdan ajoyib pas oshirdi, biroq ichkarida mehmonlardan hech kim to'pga egalik qila olmadi. 

77. "Rostov"da 3 ta o'zgarish: Kozlov o'rniga Bayramyan, CHernov o'rniga Toshevski, Normann o'rniga Xashimoto tushdi. 

76. Yana N`Ji orqali hujum uyushtirilmoqda, biroq himoyachilar to'ni olib qo'yishdi. 

74. N`Ji ancha faol o'yin ko'rsatmoqda, hozir u chap qanot orqali himoyani yorib kirmoqchi bo'ldi. 

71. Kaborega tibbiy yordam ko'rsatilmoqda. Glebovning zarbasi uning yuziga tegibdi. 

70. SHomurodov raqib jarima maydoniga yorib kirib, zarba yo'lladi, to'p himochiga tegib, maydonni tark etdi. 

69. "Dinamo"da o'zgarish: Fomin o'ringa Moro tushdi. 

69. Ionovdan uzatmasidan so'ng Mamaev bosh bilan zarba yo'lladi, noaniq.  

67. "Rostov"da o'zgarish: Eremenko o'rniga Glebov tushdi. 

65. Qanday vaziyat! Zaynutdinov yaqin masofadan noaniq zarba yo'lladi!

63. "Dinamo"da 2 ta almashtirish: Komlichenko o'rniga Igbun, SHimanski o'rniga Karapuzov tushdi. 

62. SHomurodov erlatib Normannga pas berdi. Normann to'pni ichkariga havolatib uzatdi va raqib posboni ilib oldi. 

60. Parshivlyuk Zaynutdinovni yiqitgani uchun ogohlantirish oldi. 

60. arpinning boshi qotgan va chuqur o'yga tolgan. U vazitdan qanday chiqib ketish haqida o'ylayapti. 

58. Uuuux!  CHernoadn yjoyib uzatma, u uzatgan to'p Eremenkodan keyin Mamaevga o'tdi, Pavel esa to'pni afsuski, uzoqlashtirib yubordi. 

56. Kozlovning o'ng qanotdan uzatgan pasini himoyachilar qaytarishdi. Keyingi vaziyatda Eremenkodan zarba, to'p darvozabonning qo'lida. 

54. SHomurodov SHimanski ga nisbatan qo'pollik ishlatdi va sariq kartochka oldi. 

51. Kabore uzoqdan N`Ji tomon ajoyib uzatmani amalga oshirdi, N`Ji havodan kelgan to'pni darvozaga to'g'rilay olmadi va zarba noaniq ketdi. 

49. Mezbonlar qarshi hujumga o'tdilar. Filipp Komlichenkoni oldinga boshladi, u esa to'pni oldirib qo'ydi. 

47. Uchrashuv 2-taymi "Dinamo"ning faolligi bilan boshlandi. 

Ikkinchi bo'lim boshlandi! 

Birinchi bo'lim tugadi. Hozircha hisob - 2:0. Tanaffus! 

Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shildi. 

45. GOOOOOOOOOOLL! Burchak to'pidan oshirilgan to'pni Komlichenko boshi bilan raqib darvozasiga kiritdi - 2:0! 

43. Qanday zarba! SHimanski chap oyog'ida chiroyli zarba ijro etdi, ammo ozgina aniqlik etishmadi. 

42. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLL! Filipp!  Penalti muvaffaqiyatli amalga oshirildi - 1:0!  

40. Bosh hakam monitor qarshisiga kelib, o'zi ko'ryapti.  PENALTI!!!!

39. VAR vaziyatni tekshirmoqda, penalti yoki jarima zarbasi bo'lishi mumkin. 

38. Normann Komlichenkoni yiqitdi, hakam indamadi va o'yin qoidasi yo'qligini aytdi.  

37. Komlichenko Eremenkoga nisbatan qo'pollik ishlatdi.

36. Havodan kelayotgan to'pga SHomurodov ega chiqdi va burchak zarbasi ishladi. 

34. Bundan norozi bo'lgan Normann jamoadoshini himoya qilib, N`Ji bilan tortishib ketdi. Hakam ularning har ikkisiga sariq kartochka ko'rsatdi. 

33. N`Ji Kozlovga nisbatan qo'pollish ishlatdi. 

32. CHernov olis masofadan chiroyli pas uzatdi, biroq raqib himoyachilari to'pni egallab olishdi. 

30. Ana xolos! "Dinamo" ajoyib hujum tashkil etdi, ammo Filipp qulay imkoniyatdan ancha noaniq zarba berdi. 

29. To'pga egalik qilish bo'yicha statsistika: 26% - 74%

27. "Dinamo" yaxshi hujum boshladi, ammo ofsayd borligi malum qilindi. 

26. Karpin Normanning holatidan xavotirga tushdi, biroq hammasi joyida. U o'ynashda davom etyapti.

24. Standart vaziyat paytida Normann jarohat oldi va unga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda. 

23. SHimanskining jarima to'pidan umalga oshirgan uzatmasi, himochilar to'pni maydondan chiqarib yuborishdi. 

22. CHernovning uzoqdan yo'llagan zarbasi! Zarba kuchsiz chiqdi va SHuninga qiyinchilik tug'dirmadi.

20. Zarba! SHomurodovning zarbasi himoyachiga tegdi va maydondan chiqib ketdi. 

17. Kozlov taxminan 20 metr to'p bilan oldinga bordi, ammo yakunda noaniq zarba berdi.

16. Uuux! Zaynutdinov ehtiyotsizlik oqibatida Skopincevning yuziga zarba berib yubordi. Unga sariq kartochka ko'rsatildi. 

14. CHernov SHimanskidan to'pni olib qo'ydi, ammo hujumni rivojlantira olmadi. 

12. Hozircha kombinacion futbol ko'rmayapmiz, jamoalar navbati bilan xatoga yo'l qo'yib turishibdi, demak,, qaysidir klub xatodan to'g'ri foydalana olishini kutamiz.

10. "Rostov" mezbonlarga qarshi hujum imkoniyatini berishiga oz qoldi. Filipp adashmaganida barchasi boshqacha kechardi.

9. Anchadan buyon maydonda ko'rinish bermagan Eremenko bugun asosiy tarkibda to'p tepyapti.

7. Karpin shogirdlari to'pga egalik qilishda davom etmoqda. Hozircha kurash asosan, maydon markazida kechyapti.

5. CHernov "Dinamo" futbolchisiga vaziyat "sovg'a" qildi. Koilichenko birga-bir vazyaiatga chiqib borishiga oz qoldi, Osipenko qutqardi.

4. Hozircha o'yindagi ustunlik "Rostov" tomonida. Mezbonlar hali hujumga o'tishmadi. 

2. Rostovliklar yaxshi vaziyat tashkil etishdi. Kazlov o'ng qanotdan to'pni ichkariga uzatdi, to'p SHomurodovgacha etib keldi va noaniq zarba ijro etildi.

1. Bosh hakam Nikolay Voloshin o'yinga start berdi. 

Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda.

"Rostov" chigil yozdi mashg'ulotlarda

"Dinamo" chigil yozdi mashg'ulotlarda 

O'yin oldi suratlar

Tarkiblar elon qilindi

- O'yin Toshkent vaqti bilan 21:00da boshlanadi.

- Assalomu alaykum, qadrli futbosh ishqibozlari! Bugun RPL 3-turida hamyurtimiz Eldor SHomurodov to'p tepadigan "Rostov" klubi Moskvada "Dinamo" mehmoni bo'ladi. Uchrashuvni yaqin 2 soat ichida siz bilan birga kuzatib boramiz. 

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика