Ro'ziqul Berdievning bu yilgi “ishlari” haqida
12 noy 2013 08:36
Yangiliklar

Ro'ziqul Berdievning bu yilgi “ishlari” haqida
Mamlakatimizda 2013 yil futbol mavsumi ham o'z nihoyasiga etdi.
Endi yangi 2014 yil mavsumigacha ancha kutishimizga to'g'ri keladi. O'tgan mavsumni sarhisoob qilishga esa vaqt ancha etarli. “Nasaf” bu yil o'ziga “qaytdi”. Albatta bunda yosh va sodiq murabbiyning mehnatini alohida o'rni bor.
Etibor qilsangiz Ro'ziqul Berdievning ismi sharifi yoniga doimo sodiq so'zini qo'shib yozishni yoqtiramiz. Bunga u inson juda arziydi. Bunga asoslar ham etarli darajada, zero, jamoaga tegishli barcha ijobiy ishlarni, jamoaga sodiq bo'lgan va kuyunchak murabbiygina amalga oshiradi. Ro'ziqul Berdiev bu yilgi birgina mavsumda vohaliklarga asli “Nasaf”ni “qaytarib” berdi!
Quyida yuqorida aytganlarimizga bir misol tariqasida isbot keltirmoqchiman. Agar 2013 yil mavsumdagi (bu erda O'zbekiston Kubogi bahslarini ham hisobga oldik) o'yinlar natijasiga nazar tashlasak Oliy ligada qatnashayotgan 14ta jamoa ichidan “Nasaf” jamoasi birgina “Olmaliq” jamoasini mag'lubiyatga uchrata olmabdi. Balki, bunga sabab “Olmaliq” bilan birinchi turda va so'nggi turda o'ynashga to'g'ri kelganligidandir. Qolgan hamma jamoalar bir martadan bo'lsa ham hoh kubok bahsida bo'lsin hoh chempionatda, mag'lubiyatga uchratildi. Buni hatto ukrainalik sobiq murabbiy A.Demyanenko ham uddalay olmagandi.
“Nasaf” jamoasi bu yilgi mavsumda Oliy liga jamoalari ichida eng ko'p gol urgan jamoa sifatida ham tarixga kirdi – 64ta gol! O'tgan yili sovrinlardan “quruq” qolgan jamoa bu yil bronza sovrinini ham yana qayta qo'lga kiritdi.
Aynan Ro'ziqul Berdiev o'tgan mavsumda deyarli “tamom” bo'lgan jamoaga qayta “jon” bag'ishladi. Men “Nasaf”ning futbolchilari bilan tez-tez gaplashib turaman. Ulardan bazida Ro'ziqul Berdiev bilan o'tgan yilgi murabbiy – Usmon Toshev o'rtasidagi farq haqida ham so'rayman, ularning aksariyati “bu yil har bir o'yinga puxta tayyorlandik, u kishi davrida shug'ullanib, badanimizdan ter ham chiqmagan edi”,-deyishadi.
Yana bir jihat haqida gapirmasam bo'lmaydi, Ro'ziqul Berdievga bu yil klub rahbarlari ham “yaxshi oshpaz bo'lsang, mana shu masalliqdan osh pishirasan” qabilida “ish” tutishdi. Berdievning “kuni” aksariyat yoshlarga “qoldi”. Aslida klub rahbarlari ham hohlasa o'ynab, hohlamasa o'ynamaydigan legionerlarga otning kallasidek pul to'lash “joniga tekkan” edi. Qolaversa, klub qoshidagi yosh futbolchilarni tarbiyalab voyaga etkazayotgan futbol maktablarini va ularga xarj qilinayotgan katta miqdordagi mablag'lar xuddiki “havoga uchirilayotgan” edi. “Yaxshi oshpaz” – Berdiev va uning yordamchilari buni uddalashni uddasidan chiqishdi. To'g'rirog'i kutilganidan ham oshig'roq eplashdi.
Mavsum boshida hali “pishib, etilmagan” yosh darvozabon – Eldorbek Suyunov nafaqat jamoaning asosiy darvozaboniga aylandi, balki unga mamlakatimiz bosh jamoasida ham ishonch bildirila boshlandi. Eldorbek qatoriga Odiljon Hamrobekovni, Ulug'bek Dadaboevni, Doniyor Narzullaevni, vaqtida “arazlab”, yana qaytib kelgan Farrux Sayfiev, golurgich yosh hujumchimiz Azamat Allaniyozovlarni ham qo'shish mumkin. Ular “Nasaf”ning asosiy tarkibida o'z o'rinlariga ega bo'lishdi. Ular kelgusida albatta o'zlarini mahoratlarini yanada namoyish qilishlariga shubha qilmaymiz.
Ro'ziqul Berdievning va “Nasaf”ning 2013 yilgi mavsumdagi kashfiyotlari shubhasiz SHuhrat Muhammadiev va Laziz Ubaydullaevlar bo'ldi desak, mubolag'a bo'lmaydi. CHunki ushbu o'yinchilar jamoada o'z oldilariga qo'yilgan vazifani to'g'ri bajarishni o'zlashtirib oldilar. Ularsiz endi jamoa o'yinlarida mazmun yo'qdek.
Endi bir og'iz so'z “qariyalar” haqida. O'tgan yili deyarli “oqsab” qolgan yagona legionerimiz – Artur Gevorkyan ham bu yilgi mavsumda katta sahnaga chiqdi, u jamoa to'purariga aylandi va o'z hisobiga 18ta golni yozib qo'ydi. SHuningdek u to'rt marta "eng yaxshi o'yinchi" sifatida etirof etildi. Himoyachi Botir Qoraevning ham bu yil ikkinchi yoshligi qaytdi, Ro'ziqul Berdiev bilan jamoada deyarli doimo birga to'p tepgan “qariyamiz” hali nimalarga qodirligini ko'rsatib qo'ydi. “tinib-tinchimas”, muxlislar yoqimtoyi - Ilhom Yunusov, o'zoq masofalardan zarba berib darvozabonlar ”hushini uchiradigan” – sevimli o'yinchilarimizdan – Erkin Boydullaev, “o'zimizni sodiq Maks” – Maqsud Karimov, jamoaga o'zoq davolanishlardan keyin yana qaytgan – SHerzod Azamov, hujum va hujum ortida katta ishni eplaydigan va ktta tajriba egasi – Ilhom SHomurodov, kam o'ynasada, ammo o'ynaganda jamoaga “jon” kiritadigan – Suxrob Nematov, “kam gap” hujumchimiz – Zohid Abdullaev va nihoyat sobiq va yana “o'zimizniki”ga aylangan – jamoaning himoya qo'rg'oni – Hamza Karimovlarning bu yilgi mavsumda ikkinchi “dyxaniya”si ochildi! Ular jamoaning bu yilgi yutuqlariga munosib hissa qo'shdilar. SHu o'rinda “ixtiyorsiz davolanishga mahkum bo'lgan” Ro'ziqul Berdievning quyidagi “askarlari” borki ularni ham tilga olib o'tmasak adolatsiz bo'ladi. Bular ushbu mavsumda endi oyoqqa tura boshlagan va muxlislarga “Nasafd”an hech qachon ketmayman”, - deya so'z bergan – Jahongir Jiyamurodov, raqib himoyachilarini “to'zitib” yuboruvchi hujumchi – Kenja To'raev hamda maydonni istagan joyidan raqib darvozasini to'g'ri nishonga oluvchi – Alisher Yusupovlardir.
Ha, ushbu ijobiy ishlarning hammasi Ro'ziqul Berdievning qolaversa uning yaqin ko'makdoshlari – SHuhrat Toshpo'latov va Zafar Xolmurodov hamda Denis Ivankovlarning juda katta mehnatlari va sai-harakatlari evaziga bo'ldi. Buni biz muxlislar chuqur etirof etamiz va hurmat qilamiz! Ulardan biz cheksiz minnatdormiz! Hali “Nasaf”da zahiralar juda ko'p faqat ularni to'g'ri yo'ldan etaklab, safga qo'shsa bo'ldi.
“Nasaf”ning va Ro'ziqul Berdievning bu yilgi katta yo'qotishlaridan biri, shubhasiz SHoxruh Gadoev bo'ldi. Misli “uchqir ot” ukamiz jamoaning eng muhim o'yinlarida “xizmat doirasidan tashqarida” qolib ketdi. Bunga “Nasaf”ning muxlislarining ham ichlari achigandan achidi. Bilmadik, unga ataylab jarohat etkazishdimi yoki tasodifiymi, ammo u keyingi o'yinlarda o'z jamoasiga va murabbiyiga yordam bera olmadi. Bu holatdan milliy terma jamoamiz ham jabr ko'rdi. Umid qilamiz va ishonamizki SHoxruh Gadoev albatta kelgusi mavsumda yana o'z so'zini aytadi!
SHu erda Ro'ziqul Berdievning matbuot anjumanlarining birida aytgan gaplarini eslayman: “joriy mavsum davomida o'n yilga tatiydigan jamoa shakllantirishga erishdik – bu bizning eng kata yutug'imizdir”, - degan edi, bu gapga qo'shilmasdan ilojimiz yo'q. Aslida, jamoani haqiqiy jamoa qilish yoki o'yinchilarni ochilmagan qirralarini yuzaga chiqarish, ularning boshini bir-biriga qo'shib yaxlit jamoa qilish har qanday murabbiyning ham qo'lidan kelavermaydi, bunga ko'plab guvoh bo'layapmiz. “Nasaf”da ko'zga ko'rinib, keyinchalik o'rtamiyona o'yinchiga aylanib qolayotgan “sobiqlar”ni ham kuzatib borayapmiz.
Albatta, Ro'ziqul Berdievning bu yilgi mehnatlari yurtimizda faoliyat yuritayotgan hurmatli ommaviy axborot vositalari xodimlarimizning ham etiboridan chetda qolmadi, ular Berdievning besh marta “eng yaxshi” bo'lishi uchun o'zlarining qimmatli ovozlarini ayashmadilar. Biz muxlislar ulardan ham cheksiz minnatdormiz!
Ro'ziqul Berdievning bu yilgi mavsumdagi faoliyati haqida ozgina bo'lsada tilga olib o'tdim. Aslida uning ijobiy ishlari haqida juda ko'p gapirish mumkin.
Renat Ernazarov

Fikrlar