So’nggi yangiliklar

10:16"Ливерпуль" футболчиси Италияга қайтишга яқин  2 09:47"Хоразм" легионери билан хайрлашди  1 09:14Одил Абдумажидов фаолиятини юртимизда давом эттиради  0 08:40"Нефтчи" яна бир легионер футболчи билан хайрлашишга яқин  10 08:13“Мираброр Усмонов кубоги-2025”. Бугун Саудия Арабистонига қарши баҳс олиб борамиз  4 07:30Саудия Арабистони футболчилари Ўзбекистон U-23га қарши баҳс олдидан нималар деди?  0 00:50"Бавария" "Ливерпуль"га Диас учун 70 миллион евро ва бонуслар таклиф қилади  0 00:15"Аталанта" Ретегини 65 млн. еврога сотди  3 00:12МЮ "Брентфорд"нинг энг яхши тўпурари Мбемони 65+6 миллион фунтга сотиб олди  4 23:48Сауль Туркияга кўчиб ўтиш фикридан қайтди. Нега?  0 23:13As ўқувчиларининг 72% "Реал" Винисиус билан шартнома узайтиришини хоҳламайди  4 22:45"Реал" ва яна бир қатор жамоалар клублар ўртасидаги ЖЧ ҳар 2 йилда ўтказилишини хоҳлашмоқда, ФИФА эса...  3 22:15Луиджи Ди Бияджо: "Мусобақага қийин ҳолатда тайёргарлик кўрмоқдамиз"  6 21:47"Барселона" 2025 йилда "Камп Ноу"да ўйнай олмаслиги мумкин  10 21:36Дмитрий Плетнёв - "Динамо" футболчиси  4

Ro'ziqul Berdievga qanday jazo berildi? Bahodir Nasimovgachi? Yangiliklar

Ro'ziqul Berdievga qanday jazo berildi? Bahodir Nasimovgachi?

Oktyabr oyi Superliga chempionini aniqlab berishdan tashqari, futbol ichida bir qator munozaralarni ham keltirib chiqardi.

Bazilar "kurakda turmaydigan" fikrlari orqali kun mavzusiga aylangan bo'lsa, kimlardir maydonda tartibsizlik chiqishiga sababchi bo'ldi. Tabiiyki, O'zPFL mojaroli vaziyatlarning barchasini tegishli qo'mitalarga oshirgandi. Lekin yakuniy qarorlar hanuzgacha elon qilinmadi.

"Championat.asia" tahririyati bu masalaga oydinlik kiritishga urinib ko'rdi. Bizga malum bo'lishicha, Coca-Cola Superliga 23-turidan o'rin olgan “Andijon” – “Nasaf” (1:1) uchrashuvi davomida Reglamentga zid bo'lgan qator hatti-harakatlari bilan ajralib turgan Ro'ziqul Berdiev 2 o'yinga diskvalifikaciya qilindi.

O'zbekiston kubogining chorak final bosqichida Jizzaxda o'tkazilgan o'yin yakunida ommaviy janjal sodir bo'lganini bilasiz. Mazkur bahsdagi noo'rin harakatlari uchun 3 kishiga nisbatan diskvalifikaciya chorasi qo'llanilgan.

Tartib-intizom qo'mitasi Ulug'bek Baqoev, Bahodir Nasimov ("So'g'diyona") va Umarbek Eshmurodovni ("Nasaf") 2 tadan uchrashuvga chetlashtirilgan.

SHuningdek, yuqorida nomi keltirilganlarning barchasi jarimaga tortilgani aytilmoqda. Hozircha bu haqda aniq malumot topa olmadik.

Bundan tashqari, Piter Xyustra va Jasur Hasanovga Etika qo'mitasi tomonidan ogohlantirish berilgan. Eslatib o'tamiz, "Paxtakor" ustozi Superliga 23-tur o'yinidan keyin Jizzaxdagi maydon haqida o'z fikrlarini bildirgan. "So'g'diyona" etakchisi esa unga qo'pol tarzda javob qaytarib, shaxsning shani va qadr-qimmatini kamsituvchi o'xshatishdan foydalangan edi. Avvalroq Mikael Sekeyraning jarimaga tortilgani aytilgandi.

Maqola: "Kino davom etadi": "Nasaf" Diakite uchun jarima to'laydi 

Muallif :
Reyting: -11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика