So’nggi yangiliklar

08:48Ҳусниддин Алиқулов фаолиятини бошқа жамоада давом эттириши мумкин  2 08:20`Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди  7 02:59Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Реал Сосьедад"га қарши ўйинда очко йўқотди  3 02:51А Серия. "Интер" ўз майдонида "Болонья"ни мағлуб этди  1 02:44Лига 1. ПСЖ дербида "Париж"ни мағлуб этди  2 02:10Африка кубоги. 1/8 финал. Камерун ЖАРни мағлуб этди, Марокаш Танзаниядан устун келди  1 00:58Тео Эрнандес А Серияга қайтиши мумкин  0 00:30АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди  44 23:24Винисиус 18 та ўйиндан бери гол уролмаяпти. Охирги гол октябрь ойининг биринчи ярмида киритилган  2 22:40АПЛ. “Ньюкасл” “Кристал Пэлас”ни, “Брентфорд” “Эвертон”ни мағлуб этди, “Тоттенхэм” эса ўз уйида “Сандерленд”ни мағлуб эта олмади  1 22:30АПЛ. "Фулхэм" "Ливерпул"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада ўтказиб юборилган голдан сўнг 90+7 дақиқада тўп киритиб, ҳисобни тенглаштирди  15 22:15Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди  51 21:44"Челси" "Астон Вилла" юлдузи учун катта таклиф тайёрламоқда  3 20:53"Реал"га Бернарду Силвани таклиф қилишди. "Қаймоқранглилар”нинг бунга жавоби маълум  2 20:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Лидс"ни мағлуб эта олмади  20

Ro'ziqul Berdiev: “Juda katta ish amalga oshirildi” Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: “Juda katta ish amalga oshirildi”

Kamoliddin Kenjaev uchun atab tashkil etilgan xayriya akciyasida Ro'ziqul Berdiev ishtirok etmasa bo'lmasdi.
CHunki “Nasaf”ning bugungi kundagi bosh murabbiyi o'z vaqtida Kenjaev bilan birga to'p tepgan. Ro'ziqul aka shou o'yinida juda chiroyli gol urishga muvaffaq bo'ldi. Tadbir borasida uning fikrlari bilan ham qiziqdik.

-   Bunday o'ylab qarasak, juda katta ish qilindi. SHu o'rinda men championat.asia sayti rahbari Nodirxo'jaga, sayt jurnalistlariga, shu tadbir haqida tinmay chiqish qilib turgan “Futbol Ekspress” gazetasi tahririyatiga, qolaversa qashaqadaryolik faol jurnalistlardan biri Ziyodulla aka Safarovga o'zimning va klubimiz nomidan chuqur minnatdorchilik bildiraman. Bugun shu tadbir birinchi marta o'tkazildi, zaldagi muhit ham ajoyib bo'ldi. O'zbek xalqi mehr-oqibatli xalq, ko'rib turganingizdek hech kim Kenjaevning bir o'zini yolg'iz tashlab qo'ygani yo'q. Biz bundan keyin ham Kamoliddinga yordam berishga tayyormiz. Kamolning o'zi ham kelib xursand bo'lib ketdi.

-   Hozirgi yoshlar Kenjaevning o'yinlarini ko'rmagan. Yosh muxlislarga Kamoliddinni qanday tasvirlagan bo'lardingiz?

-   Kenjaev o'ng qanot himoyasida o'ynardi. Hozirgi futbolchilar bilan solishtiradigan bo'lsam, SHuhrat Muhammadiev kabi tezkor edi. Tez fikrlab, tez harakat qilishni maqul ko'rardi. Murabbiy tomonidan qanday ko'rsatma berilmasin, doim to'liq bajarardi. Hayotda qanchalik hazilkash va xushchaqchaq bo'lsa, maydonda o'ta jiddiy ishlardi. Kirishimli yigit edi, o'zini begonasirab o'tirmasdi.

-   Kenjaev avtofalokatga uchragan kunni eslay olasizmi? Sizga qanday tasir qilgandi?

-   Bu kunni eslagan har bir kishining xafa bo'lishi aniq. To'g'risi, Kenjaev shu holatga tushib qoladi deb sira o'ylamagandim. O'sha kuni bo'lgan voqeadan xabar topgach, darrov kasalxonaga etib bordim. Hatto o'zi bilan ham bemalol gaplashdim. Hech qaerida jarohatning izi yo'q bo'lib, faqat kuchli og'riq bo'lyapti degandi. Lekin afsuski, amaliyot yaxshi o'tmadi va futbolchi shu ko'yga tushib qoldi. Bu ham taqdirning bir sinovi ekan. Lekin Kamol juda bardoshli yigit, u hammasiga chidab kelyapti. Bu esa uning yaxshi inson ekanligidan dalolat beradi.

-   Kamoliddinning o'zi bilan gaplashganimizda bolalar futbolida ishlash niyati borligini aytib o'tdi.

-   Bu mavzuda men ham gaplashgandim. Unga o'z tumaningda to'p tepayotgan yosh futbolchilar bilan ishlamoqchi bo'lsang, bu borada “Nasaf” yordam berishga tayyor dedim. Bu gapdan Kenjaevning o'zi ham xursand bo'lib ketdi. Nasib qilsa, buni ham amalga oshiramiz.

Xayrulla Xoliqov
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика