So’nggi yangiliklar

01:50Кайл Уокер "Бернли"га ўтишга яқин  1 01:23"Комо" 19 ёшли ҳужумчи учун 14 миллион тўлади  0 00:57Расман: "Ювентус" "Лилль" тарихидаги энг яхши тўпурар билан шартнома имзолади  0 00:40"Манчестер Юнайтед"да 10-рақамнинг эгаси аниқ. У Рэшфорд эмас  2 00:02Иван Бошкович: "Биринчи даврада футболчиларим ўз даражасини намойиш қилди, бироқ бизга омад етишмади"  0 23:43Баҳром Ҳайдаров: "Рақиб жарима майдончаси атрофига борганда футбочлиларимизга совуққонлик ва маҳорат етишмаяпти"  2 23:21Февзи Давлетов: "ОКМК билан баҳсда кўп куч ва эмоция йўқотдик, бу ўйинга кучли руҳлана олмадик"  0 23:10Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Флуминенсе" - "Ал Ҳилол" баҳси асосий таркиблари маълум!  5 22:57Улуғбек Бакаев: "Бундай иссиқ об-ҳавода дуранг биз учун қониқарли бўлди"  2 22:42"Бешиктош" Иммобиле билан шартномани бекор қилди  2 21:58Суперлига. "Қўқон-1912"нинг ғалабасиз серияси давом этади, бу сафар жамоа Жиззахда "Сўғдиёна"га енгилди  7 21:55Суперлига. "Сурхон" - "Бухоро" учрашувида ғолиб аниқланмади  9 21:15Филиппе Коутиньо расман "Васко да Гама" футболчисига айланди  2 20:58"Манчестер Юнайтед"да янги тўлқин: беш футболчи клубни тарк этиш ниятида — Романо  5 19:49Аарон Рэмзи фаолиятини Мексикада давом эттиради  0

Ro'ziqul Berdiev: "Zafarmurod Abdiraxmatov kuchli xarakterga ega futbolchi. Biz uni bolaligidan bilamiz" (matbuot anjumani) Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Zafarmurod Abdiraxmatov kuchli xarakterga ega futbolchi. Biz uni bolaligidan bilamiz" (matbuot anjumani)

OCHL 1/8 finali doirasidagi "Nasaf" – "Al Ayn" (BAA) uchrashuvidan oldin matbuot anjumani o'tkazildi.

Unda qarshiliklar bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev va darvozabon Abduvohid Nematov qatnashishdi. 

"Hammaga salom. Sizlar bilan mavsum oldidan ko'rishib turganimizdan mamnunmiz. Ertangi o'yinga kelsak, ikki jamoa ham tanaffus davrida edi. O'ylaymanki, ertaga yuqori templi o'yin bo'lmaydi. Sababi jamoalar tanaffusda ekanliklari bois ushbu o'yinni uzoq kutishdi. SHunga qaramay, taktik va kurashlarga boy bahs guvohi bo'lamiz. Yigitlarimiz o'yinga shay va ijobiy natija uchun bor mahoratlarini ishga solishadi. Har bir o'yindagi natija juda muhim. SHuning uchun keyingi bosqichni ko'zlagan holda o'ynaymiz", – dedi Berdiev.

 


"Hammaga salom. Ertaga qiziqarli uchrashuv bo'ladi. Biz tayyormiz va o'z uyimizdagi o'yinga faqat g'alaba uchun maydonga tushamiz", – dedi Nematov.



- "Al Ayn" bilan bundan 8 yil oldin uchrashgandik. O'sha yil bilan taqqoslab, jamoaning bugungi holatini qanday baholaysiz?

- "Al Ayn" bilan o'yinlarimizni yaxshi eslayman, lekin bunga ancha bo'ldi. "Al Ayn"da ham, bizda ham ko'plab o'zgarishlar kuzatildi. Menimcha, ularda o'sha paytdagi tarkibdan hech kim qolmagan. O'ylaymanki, ertangi o'yin oldingilaridan farq qiladi. Biz muxlislarimiz faxrlanadigan o'yin ko'rsatib, ijobiy natijaga erishishimiz kerak. 

- Sizning bir xususiyatingizni hurmat qilamiz. Odatda har bir o'yin oldidan raqibni obdon o'rganasiz, lekin bu safar sizda imkoniyat kam bo'ldi...

- Ertangi raqibimiz 9 fevralda Kubok uchrashuvini o'tkazdi. Bu bahsni chuqur o'rganib chiqdik va yigitlarga malumotlarni ulashdik. Bundan tashqari, jamoaning chempionat va OCHLdagi o'yinlarini ko'rsatib, kuchli va kuchsiz tomonlarini ko'rsatdik. Bu yigitlar to'liq axborotga ega bo'lishlari uchun qilinadigan doimgi jarayon.  

"Al Ayn"ni kuzatib, shunga amin bo'ldikki, bu jamoa hujumkor o'ynaydi va hujum qilishni yaxshi ko'radi. Tarkibidagi 4 nafar mahalliy futbolchisi OCHLda qatnashmaydi, bu degani jamoada ko'plab legionerlar bor va tanlov yuqori. Ularda 15 nafarga yaqin legioner bor. Ayrim saytlarda yozilganidek, ayrim futbolchilari kelmaydi. Biroq ularning o'rnini to'ldiradigan futbolchilari mavjud. Bu informaciyalar biz uchun muhim. 



- Ro'ziqul Berdiev boshchiligidagi "Nasaf" jamoasi o'z falsafasiga ega. Ko'plab yangi futbolchilarni tarkibga qo'shib oldingiz. Ular "Nasaf" falsafasiga qanchalik moslashishdi?

- Ertangi uchrashuvda jamoamizga taklif qilingan ayrim futbolchilar maydonda harakat qilishadi. Bu ko'proq qanday taktika tanlashimizga bog'liq. Biz bu transferlarni butun mavsum uchun amalga oshirdik. Har qanday futbolchi jamoaga 1 oy ichida jamoaga moslashib ketmaydi. O'ylaymanki, bu futbolchilar ishonchimizni oqlaydi. Biz muammoli poziciyalarimiz uchun saviyali futbolchilarni olib kelishga harakat qildik. Taklif etilgan futbolchilar yaxshi saviyadagi futbolchilar, ammo mehnat qilmasdan hech nimaga erishib bo'lmaydi. Biz mehnat qilishdan to'xtamasdan, bir maqsad yo'lida birlashishimiz kerak. Taktik va ruhiy jihatdan tayyor bo'lsak, o'zimiz kutgan natijaga etishamiz.



- Odatda jismoniy holatdan ko'ra ruhiy holatni maromiga keltirish qiyin bo'ladi. Sizdan Zafarmurod Abdiraxmatov haqida so'ramoqchiman. U o'sha penaltidan keyin qanday holatda bo'lib turibdi? Ertangi o'yinda unga ishonch bildiriladimi? 

- Zafarmurod Abdiraxmatov kuchli xarakterga ega futbolchi. Biz uni bolaligidan bilamiz. U doimo o'zini ko'rsata olgan. Har bir futbolchida bunday holat uchraydi. Futbolchilar, murabbiylar va uning yaqinlari unga yordam berishga urinishmoqda. Zafarmurod bu vaziyatdan chiqib keta oladi, hozirgi holati buni ko'rsatib turibdi. Faqat ertangi uchrashuvda kim tushishi haqida aniq axborot berolmayman, ammo u tarkibda bo'lishi mumkin. Zafarmurod terma jamoadan betob holda qaytgani uchun 4-5 kun mashg'ulotlarda ishtirok etmadi. Vaziyatga va taktikaga qarab ish tutamiz.

- Abduvohid Nematovga savol. Siz milliy terma jamoa tarkibidan qaytib keldingiz. Hozirgi holatingiz qanaqa? "Al Ayn" tarkibidagi standartlarni bajaradigan qaysi futbolchilarni kuzatib, xulosa chiqardingiz?

- Biz murabbiylar bilan birgalikda raqiblarning kuchli va kuchsiz tomonlarini o'rganib chiqdik. Standart holatlarni ham ko'rib chiqdik, yaxshi o'rgandik degan umiddaman.



- Abduvohid Nematovga savol. Hujumlar paytida deyarli maydon markazigacha kelib turasiz. Ro'ziqul Berdiev aytganidek, ertaga tajribali futbolchilarga qarshi o'ynaymiz. Sizda ustimdan oshirib qo'ysa, gol o'tkazib yuboraman, degan hadik bo'lmaydimi yoki bu murabbiylarning ko'rsatmasimi?

- Murabbiyning ko'rsatmasi bo'lishi ham mumkin. Agar men qo'rqqanimda, darvozada turmagan bo'lardim. 

Reyting: +26   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика