So’nggi yangiliklar

02:54Ла Лига. "Барселона" ўз уйида "Валенсия"га 7та гол урди!  49 01:55АПЛ. Лисандро Мартинеснинг голи МЮга меҳмонда "Фулхэм"га қарши ўйинда ғалабани тақдим этди  12 01:48Саудия Арабистони чемпионати. "Ал Насср" ўз уйида "Ал Фотиҳ"ни мағлуб этди, Роналдудан гол  0 00:38Каземиро Туркияга йўл олиши мумкин  0 00:03А Серия. "Интер" меҳмонда "Лечче"ни аяб ўтирмади  0 23:28Ўзбекистон U-16 ҳам Саудия Арабистонидан устун келди  2 23:17Англияликлар Ҳусановнинг дебюти ҳақида нималар деб ёзишди? Журналистларнинг фикри ва ижтимоий тармоқлардаги изоҳлар  35 21:36"Барселона" ушбу қишда Неймарни ортга қайтариши мумкин эди  5 21:05АПЛ. "Тоттенхэм" ўз уйида кутилмаганда "Лестер"га мағлуб бўлди  10 20:58А Серия. "Рома" меҳмонда "Удинезе"ни мағлуб этди, Шомуродов иккинчи бўлим бошида майдонга тушди  22 20:37Ўзбекистон U-20 терма жамоаси Хитойдаги йиғинга кимларни жалб қилди?  3 20:21Ўртоқлик учрашуви. Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Саудия Арабистонини мағлуб этди  8 20:01"Челси" аёллар футболи тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширди  3 19:28"Лечче" "Манчестер Юнайтед"га яна "йўқ" деди  2 19:01Лондон клуби Рэшфорд учун курашда кутилмаганда етакчилик қилмоқда  3

Ro'ziqul Berdiev yirik g'alabadan keyin: "Bir narsa xafa qildi" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev yirik g'alabadan keyin: "Bir narsa xafa qildi"

Superliganing 17-turidan o'rin olgan "Nasaf" - "Andijon" (3:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Jamoa azolari va muxlislarni g'alaba bilan tabriklayman. Tezkor golimiz raqibning rejalariga tasir ko'rsatdi deb o'ylayman. Juda muhim gol edi.o'ylayman. Bugun yigitlar sovuqqon harakat qilishdi. Barcha vaziyatlarga etibor bilan qaradik. Futbolchilar o'yinni ham, hisobni ham nazoratda ushlab turishdi. Xafa qiladigan tomoni ham bor, ketma-ket uydagi ikkinchi o'yinda qizil kartochka olayapmiz. Albatta, bu biz uchun kutilmagan holat. FIFA kunlari sabab Superligada tanaffus yuzaga keladi. Biz bu tanaffusdan unumli foydalanishga harakat qilamiz. 

- Taqvimga ko'ra, keyingi uchrashuvlarda jamoa dastlab "Navbahor"ga qarshi o'ynaydi. Keyin Quvaytda OCHL doirasida o'ynaydi. Kuchli o'yinlar oldidan jamoa tanaffus vaqtida o'z ritmini yo'qotib qo'yishidan cho'chimaysizmi?

- Bu holat bo'lishi mumkin. Biz bunga jiddiy yondashamiz. Mashg'ulotlar jarayoniga o'zgartirishlar kiritdik. Bundan oldingi tanaffusdan yaxshi chiqdik. Hozir futbolchilarning holati yaxshi. Oldin bunga etibor qaratmasdik, hozir bir jarayonga alohida va jiddiy yondashayapmiz. Bu biz uchun juda muhim.

- Tezkor gol urish uslubini boshqa o'yinlarda ham amalga oshirsa bo'lmaydimi?

- Har doim ham bunday bo'lavermaydi. Bazida raqiblar himoyada juda etiborli o'ynaydi. Jamoa gol ura olmasa, asabiylik yuzaga keladi. Yigitlarga ko'p bora shu haqida takidlaymiz. Tezkor gol bugun raqib rejalarini buzdi va bizning ishimizni osonlashtirdi.

- Bobir Abdixoliqov ko'proq qanotda o'ynayapti. Uning markaziy hujumdagi ishi foydaliroq emasmidi?

- Bobir Abdixoliqov bugun jamoa uchun juda foydali ishlarni amalga oshirdi. Golda ishtirok etdi, jamoadoshiga juda qulay vaziyat yaratib berdi. U hujumchi, o'zi ham shu joyda o'zini yaxshiroq his qilishini aytadi. Mavjud tarkibga qarab u qaerdadir o'ynab berishi kerak bo'lsa, buni talab qilamiz. Birinchi davrada Akmal Mozgovoy ham himoyada o'ynadi, chunki bizda shunga ehtiyoj bor edi. Futbolchining universal bo'lishi bu - juda muhim jihat. 

- "Nasaf" o'tgan mavsumda hujumkor o'ynagandi, biroq chempionlikni qo'ldan boy bergandi. Bu yil ehtiyotkorroq "Nasaf"ni ko'rayapmiz. Balki OCHL bahslarida o'tgan mavsumdagi kabi "Nasaf"ni ko'ramizmi?

- Har doim natija birinchi o'ringa chiqadi. Yaxshi o'ynab yutqazsangiz, natija bo'lmasa, tanqidga uchraysiz. Biroq yaxshi o'yin unutiladi. Da Silvaga jarohatini davolash uchun vaqt zarur bo'ldi. Mana shu tanaffusdan jamoamiz tarkibiga qo'shilib qolsa kerak.

- "Andijon" jamoasi bilan chempionat va kubok doirasida to'qnash keldingizlar. Bugungi "Andijon" o'sha vaqtdagisidan qanchalik farq qiladi? SHuningdek, "Andijon"ni kubok yarim finalidagi imkoniyatlarini qanday baholaysiz?

- Birinchi davradagi "Andijon" va hozirgisining o'rtasida katta farq bor. Jismoniy tomondan ham, ruhiy taraflama ham o'sha "Andijon"dan farq qilayapti. Jamoada muammolar ko'zga tashlanib turibdi. Birinchi davradagi agressiv o'yini ko'rinmadi. "Andijon" hozir kubok yarim finalga yo'l olgan, tarixiy natija. Murabbiylar shtabi, futbolchilar buning uchun katta mehnat qilishdi. Jamoaga keyingi o'yinlarda omad tilab qolamiz.

- "Nasaf" yoshlariga qanday motivacion fikrlarni ayta olasiz? CHunki o'tgan gal ular haqida ijobiy gaplarni aytganingizdan so'ng natijalar yaxshi tomonga o'zgardi...

- Bu albatta tasir qilgani rost. O'zim ham U-21 jamoamiz ishtirokidagi o'yinlarni kuzatib borayapman. Biz har doim aytamiz, akademiya yoki Birinchi ligadagi yoshlar o'zini ko'rsatsa, albatta tarkibga jalb etamiz. Ularga nisbatan har doim etibordamiz, kuzatib boramiz. O'rinbosarlar tarkibi bilan o'zimiz maslahatlashamiz. Yosh futbolchilarga har doim etibordamiz, albatta imkoniyat beriladi. Balki shu tanaffusda ham o'rinbosarlar tarkibidan futbolchilarni mashg'ulotlarga jalb etamiz.

- Bobir Abdixoliqovda sariq kartochka bor edi. Uni almashtirish rejasi bormidi?

- Yo'q, rejada yo'q edi. CHunki Abdixoliqovdan bunday o'yin kutmagandik. Uning harakteri shunaqa, juda bosiqlik bilan harakat qiladi.



Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика