So’nggi yangiliklar

01:21МЮ янги устози: "Манчестер Сити" - дунёнинг энг яхши жамоаси, Гвардиола эса энг яхши мураббий"  0 01:01ЭЛИТ ОЧЛ. Неймар яна жароҳат олди, "Ал Ҳилол" йирик ғалабага эришди  5 00:06Мората ижтимоий тармоқлар ҳақида: "Родри қолганлардан хотиржамроқ"  0 23:09Фирмино ва Махрезнинг голлари туфайли "Ал Аҳли" йирик ғалабани тантана қилди  0 23:04Элит ОЧЛ. Остон Ўрунов жамоаси дурангга рози бўлди  4 22:42Эшитдик-да! "Пахтакор"нинг Эрон клубига қарши ўйини Тожикистонда ўтиши мумкин  6 22:13"Арсенал"ни тарк этаётган Эду Гаспар бирданига 3та клубни бошқаради ва маоши 3 баравар ошади  1 21:35"Ал-Райян" бош мураббийи: "Дастлабки турларда Саудия "гранд"ларига қарши ўйнадик. Икки жамоа учун ҳам очколар жуда-жуда зарур"  3 21:17Аморим "Манчестер Сити"га қарши баҳс ҳақида: "Агар "Спортинг" ютса кимлардир МЮга янги Фергюсон келяпти дейди"  3 19:52Бруну Фернандеш: "Тен Хагдан кечирим сўрадим"  5 19:211 ой олдин "Насаф"га мағлуб бўлган мураббий "Рома"да Шомуродовнинг янги устозига айланиши мумкин  6 18:52МЮ афсонаси: "Манчестер Юнайтед" - мутлақо ўртамиёна жамоа"  1 18:25Дербида кучлар тенг келди ГАЛЕРЕЯ  0 17:5619 ёшли тўпурар ва бошқалар — Суперлигада 23-турнинг энг яхшилари  3 17:30Эшитдик-да! "Металлург" ва "Қизилқум"га таъқиқ қўйилади, "Нефтчи" ва "Навбаҳор" ҳам жазоланиши мумкин  8

Ro'ziqul Berdiev va Slavcha Voyneskining O'FAga "ayta olmayotgan" gaplari! Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev va Slavcha Voyneskining O'FAga "ayta olmayotgan" gaplari!

Tirik organizm borki, charchaydi. CHarchagan organizmni tiklash uchun vaqt yoki qimmat dori vositalari kerak. Bizda na vaqt, na dori darmon bor.

20 may kuni O'zbekiston olimpiya terma jamoasi, hech qaerga yo'llanma bermaydigan, shunchaki OFK yo'qolib qolishi mumkin bo'lgan avlod vakillarini saqlab qolish uchun har 2 yilda bir marotaba o'tkazadigan 23 yoshli futbolchilar o'rtasidagi Osiyo chempionatiga tayyorgarlikni boshlaydi. 23 yoshli futbolchilar o'rtasidagi Osiyo chempionatining bittasi Olimpiada yo'llanmasini bersa, ikkinchisi shunchaki o'tkazilinadi. Bu safar Toshkent mezbonligidagi qita chempionati bilan biz hech qanday musobaqaga yo'l olmaymiz. 


1 iyun kuni start oladigan musobaqaga Timur Kapadze 10 kun qolganda yig'in boshlaydi. Mashg'ulotlarga 30 nafar futbolchi chaqirilgan. Odatiy hol, to'g'rimi? Bir qarashdan shunday. "Olimpik"ni keyingi ikkita o'yini qoldirildi, hech qanday muammo yo'q. Ammo shundoq ham jismoniy tarafdan qiyin holatga tushib qolgan "Paxtakor" va "Nasaf" keyingi ikki turni OTJga chaqirilgan futbolchilarisiz o'tkazishi kerak. Ketma-ket ochkolarni boy berayotgan "sherlar" o'z o'rnini topib borayotgan "Lokomotiv" va medallar uchun kurashayotgan "So'g'diyona"ga qarshi maydonga chiqsa, "Nasaf" yaqinda o'zgarish bo'lgan "Bunyodkor" va "Dinamo"ga qarshi safarga chiqadi. 


Ko'p cho'zilmasdan asosiy mavzuga qaytaman. So'nggi 20 yil davomida chempionatdan MTJ va OTJning manfaati ustun qo'yilishi natijasida, bugungi avlod tarixdagi eng zerikarli o'yinlarni (chempionat intrigasi jadvalda qiziq faqat) ko'rishga mahkum qilindilar. CHo'zilib yotgan futbolchilar-u, maza-matrasi yo'q o'yinlar to'plamini biz bugun chempionat deb atayapmiz. Yillar davomida bosh musobaqamizni MTJni deb, istasak 20 kunga, istasak 1 oyga to'xtatib qo'yaverdik. Yakunda nima bo'ldi, na JCHga chiqmadik, na Olimpiadaga. Amalda bu o'zining salbiy isbotini ko'rsatib berayotgan bo'lsada, bu safar o'xshaydi qabilada 2022 yilga etib keldik. 


Keling dahshatli malumotlarni o'z ichiga olgan statistikani Sizlarga taqdim etaman. Oldimizdagi ikki musobaqa tufayli PFL 1 davra o'yinlarini tezroq tugatib olish uchun chempionatdagi o'yinlar orasini 5 kun qilib qo'ydi. Ularni ham tushunamiz. Ko'chirishlardan o'zini shunday sug'urtalamasa boshqa yo'li qolmagandi. Endi INSON deb atalmish futbolchilar chekayotgan jabrni ko'zingiz bilan ko'ring.



Bu vaziyatdan jabr chekadigan 3ta jamoaning taqvimiga nazar tashlagan holda, "Kichkina tabib"dagi Mashrab kabi gapira olmayotgan murabbiy va futbolchilar o'rniga tilga kirishga harakat qilaman. Keling, avval Ro'ziqul Berdievning "dardini" eshitamiz. "Nasaf" mavsum boshidan beri o'tazgan o'yinlari. Bu erga biz OCHLga chiqishdagi saralash o'yinlarini qo'shmadik. Avvaliga OTJni deb jabr chekayotgan Berdievning olimpia yoshidagi futbolchilari ko'tarayotgan yuklamaga nazar:


OTJ safidan o'rin olib kelayotgan "Nasaf" futbolchilari 2022 yilda.

3 mart. Navbahor - Nasaf

9 mart. Nasaf - Metallurg

23 mart. O'zbekiston U 23 - Saudiya Arabistoni (Dubay)

26 mart. O'zbekiston U 23 - BAA (Dubay)

30 mart. O'zbekiston U 23 - Vetnam (Dubay)

2 aprel. Lokomotiv - Nasaf

8 aprel. Al Sadd - Nasaf

11 aprel. Nasaf - Al Vixdat

15 aprel. Nasaf - Al Faysali

19 aprel. Al Faysali - Nasaf

23 aprel. Nasaf - Al Sadd

27 aprel. Al Vixdat - Nasaf

2 may. Qo'qon-1912 - Nasaf

7 may. Nasaf - Paxtakor

12 may. So'g'diyona - Nasaf

17 may. Nasaf - Qizilqum

24 may. Bunyodkor - Nasaf

28 may. Dinamo - Nasaf

1 iyun. O'zbekiston U-23 - Turkmaniston

4 iyun. O'zbekiston U-23 - Qatar

7 iyun. O'zbekiston U-23 - Eron

11 iyun. O'zbekiston U-23. 1/4 final

15 iyun. O'zbekiston U-23. 1/2 final

18/19 iyun. O'zbekiston U-23. Medallar uchun

22 iyun. Neftchi - Nasaf

26 iyun. AGMK - Nasaf

30 iyun. Nasaf - Olimpik

04 iyul. Nasaf - Surxon


Jami: 123 kun ichida 28tagacha o'yin. O'rtacha farq 4.4. Deyarli har 4 kunda bitta o'yin. O'rtada ikkita chet elga safar va 3ta xalqaro musobaqa (BAA Kubogi, OCHL va Osiyo chempionati saralashi). Bu O'zbekiston U-23 terma jamoasini chorak finaldan o'tgan taqdirdagi statistikasi.


Endi esa o'zimizning murabbiylarning ish uslubiga o'tib, keti uzilmas yig'inlarni tashkil qilishga o'rganib olgan Katanec "Nasaf"ni qanchalik qiynayotganligini ko'ramiz. Etibor bergan bo'lsangiz, Katanecni deyarli stadionlarda ko'rmay qo'yganmiz. SHu fursatdan foydalanib savol bersak, Katanecning shartnomasida Superliga o'yinlarini ko'rish yozilganmi?


MTJ safidan o'rin olib kelayotgan "Nasaf" futbolchilari 2022 yilda.

3 mart. Navbahor - Nasaf

9 mart. Nasaf - Metallurg

25 mart. O'zbekiston - Qirg'iziston

29 mart. O'zbekiston - Uganda

2 aprel. Lokomotiv - Nasaf

8 aprel. Al Sadd - Nasaf

11 aprel. Nasaf - Al Vixdat

15 aprel. Nasaf - Al Faysali

19 aprel. Al Faysali - Nasaf

23 aprel. Nasaf - Al Sadd

27 aprel. Al Vixdat - Nasaf

2 may. Qo'qon-1912 - Nasaf

7 may. Nasaf - Paxtakor

12 may. So'g'diyona - Nasaf

17 may. Nasaf - Qizilqum

24 may. Bunyodkor - Nasaf

28 may. Dinamo - Nasaf

8 iyun. O'zbekiston MTJ

11 iyun. O'zbekiston MTJ

14 iyun. O'zbekiston MTJ

22 iyun. Neftchi - Nasaf

26 iyun. AGMK - Nasaf

30 iyun. Nasaf - Olimpik

04 iyul. Nasaf - Surxon


Jami: 123 kun ichida 24tagacha o'yin.  O'rtacha farq 5.1. Deyarli har 5 kunda bitta o'yin. O'rtada ikkita chet el safari va 3ta xalqaro musobaqa (Navro'z Kubogi, OCHL va Osiyo Kubogi saralashi). 


SHerzod Nasrullaevning jarohati ham og'ir o'yinlar taqvimi natijasi deb aytsa bo'ladi. Bu ketishda, 3ta klub, "Paxtakor", "Nasaf" va "Olimpik" kuzga kelib aniq jarohatlar iskanjasiga tushadi.


Tanqidlar iskanjasida qolib ketgan "Paxtakor"ning makedoniyalik murabbiyini birov eshitmaydi. Mana shunday payt unga Ro'ziqul Berdiev bilan "pik-nik"ka chiqib, dardlashib olishni tavsiya qilardim.



OTJ safidan o'rin olib kelayotgan "Paxtakor" futbolchilari 2022 yilda.

3 mart. Dinamo - Paxtakor

10 mart. Paxtakor - Neftchi

16 mart. Olimpik - Paxtakor

23 mart. O'zbekiston U 23 - Saudiya Arabistoni (Dubay)

26 mart. O'zbekiston U 23 - BAA (Dubay)

30 mart. O'zbekiston U 23 - Vetnam (Dubay)

1 aprel. Paxtakor - Navbahor

7 aprel. Paxtakor - Sepaxon

10 aprel. Al Tavun - Paxtakor

14 aprel. Al Duxayl - Paxtakor

18 aprel. Paxtakor - Al Duxayl

22 aprel. Sepaxon - Paxtakor

26 aprel. Paxtakor - Al Tavon

2 may. Paxtakor - AGMK

7 may. Nasaf - Paxtakor

12 may. Paxtakor - Surxon

18 may. Qo'qon-1912 - Paxtakor

23 may. Lokomotiv - Paxtakor

28 may. So'g'diyona - Paxtakor

1 iyun. O'zbekiston U-23 - Turkmaniston

4 iyun. O'zbekiston U-23 - Qatar

7 iyun. O'zbekiston U-23 - Eron

11 iyun. O'zbekiston U-23. 1/4 final

15 iyun. O'zbekiston U-23. 1/2 final

18/19 iyun. O'zbekiston U-23. Medallar uchun

20 iyun. Qizilqum - Paxtakor

29 iyun. Paxtakor - Bunyodkor

04 iyul. Metallurg - Paxtakor


Jami: 123 kun ichida 26tagacha o'yin. O'rtacha farq 4.3. Deyarli har 4 kunda bitta o'yin. O'rtada ikkita chet el safari va 3ta xalqaro musobaqa (BAA Kubogi, OCHL va Osiyo chempionati saralashi).


MTJ safidan o'rin olib kelayotgan "Paxtakor" futbolchilari 2022 yilda.

3 mart. Dinamo - Paxtakor

10 mart. Paxtakor - Neftchi

16 mart. Olimpik - Paxtakor

25 mart. O'zbekiston - Qirg'iziston

29 mart. O'zbekiston - Uganda

1 aprel. Paxtakor - Navbahor

7 aprel. Paxtakor - Sepaxon

10 aprel. Al Tavun - Paxtakor

14 aprel. Al Duxayl - Paxtakor

18 aprel. Paxtakor - Al Duxayl

22 aprel. Sepaxon - Paxtakor

26 aprel. Paxtakor - Al Tavon

2 may. Paxtakor - AGMK

7 may. Nasaf - Paxtakor

12 may. Paxtakor - Surxon

18 may. Qo'qon-1912 - Paxtakor

23 may. Lokomotiv - Paxtakor

28 may. So'g'diyona - Paxtakor

8 iyun. O'zbekiston MTJ

11 iyun. O'zbekiston MTJ

14 iyun. O'zbekiston MTJ

20 iyun. Qizilqum - Paxtakor

29 iyun. Paxtakor - Bunyodkor

04 iyul. Metallurg - Paxtakor


Jami: 123 kun ichida 25tagacha o'yin. O'rtacha farq 4.9. Deyarli har 5 kunda bitta o'yin. O'rtada ikkita chet el safari va 3ta xalqaro musobaqa (Navro'z Kubogi, OCHL va Osiyo Kubogi saralashi).


"Olimpik"ni bolalari ham o'z holatlari bilan maqtana olmaydi.


OTJ safidan o'rin olib kelayotgan "Olimpik" futbolchilari 2022 yilda.

2 mart. Olimpik - Surxon

9 mart. Qo'qon - 1912 - Olimpik

16 mart. Olimpik - Paxtakor

23 mart. O'zbekiston U 23 - Saudiya Arabistoni (Dubay)

26 mart. O'zbekiston U 23 - BAA (Dubay)

30 mart. O'zbekiston U 23 - Vetnam (Dubay)

2 aprel. So'g'diyona - Olimpik

9 aprel. Andijon-2 - Olimpik

14 aprel. Olimpik - Turon

21 aprel. SHo'rtan - Olimpik

26 aprel. Olimpik - Qizilqum

30 aprel. Bunyodkor - Olimpik

5 may. Olimpik - Dinamo

10 may. Neftchi - Olimpik

16 may. Olimpik - Lokomotiv

20-31 may tayyorgarlik

1 iyun. O'zbekiston U-23 - Turkmaniston

4 iyun. O'zbekiston U-23 - Qatar

7 iyun. O'zbekiston U-23 - Eron

11 iyun. O'zbekiston U-23. 1/4 final

15 iyun. O'zbekiston U-23. 1/2 final

18/19 iyun. O'zbekiston U-23. Medallar uchun

22 iyun. Olimpik - AGMK

26 iyun. Metallurg - Olimpik

30 iyun. Nasaf - Olimpik

05 iyul. Olimpik - Navbahor


Jami: 125 kun ichida 26tagacha o'yin. O'rtacha farq 4.8. 5 kunga ham bormayapti, 5 kun! Bu hali hammasi emas! "Olimpik" sharafini Superligada himoya qilayotgan futbolchilarning aksariyati o'yinning ertasiga U-21 ligasida ham maydonga tushyaptilar. Axir ular robot emasku, 21 yoshli organizmni sochib yuborishmi maqsad, Olimpiadaga chiqaman deb? Ularning Olimpiadadan keyingi taqdiri bilan qiziqib ko'ryapsizlarmi. O'zingiz 40 kunda 12ta o'yin o'ynang, Olimpiadaga borasiz, faqat Paralimpiyaga!


Osiyo chempionatida yarim finalga chiqadigan bo'lsak, "Nasaf" va "Paxtakor" futbolchilari 20 iyun kuni o'z klubiga qaytadi. Aqli joyida bo'lgan murabbiy 30 kun yig'in va musobaqadan qaytgan futbolchisini mashg'ulotga qo'ymaydi, aks holda inson deb atalmish futbolchini "INVALID" qiladi, qo'yadi. SHuning uchun "Nasaf" va "Paxtakor" keyingi turlarda bu futbolchilarning xizmatidan foydalana olmaydi. 


Siz o'ylaysiz boshqa klublar yoshlarga imkon berishni istamaydimi, istaydi. Lekin istaganlar yuqoridagi 2 klub kabi qiynalishini ko'rib, shartidan qaytadi. Bular orasida "Bunyodkor" ham bor. O'z paytida Igor SHkviring AGMK safini yoshlarga to'ldirib tashladi, ammo uni 2012 yilgi Olimpiada o'yinlari bahonasida o'tkazilavergan yig'inlar tinkasini quritdi, bu erda natija orqaga qarab keta boshladi. Natijada u nima qildi? Yo'li oddiy, yoshlardan voz kechdi qo'ydi, o'shanda biz na Olimpiadaga chiqdik, na bu futbolchilarning bittasi hech bo'lmasa Rossiyaga ketmadi. 


Yuqoridagi futbolchilarni ham mana shu taqdir kutib turibdi. 4 oyda 30ta o'yin o'ynab bo'lmaydi (Angliyadagi "boxing day" ham nari borsa 3 hafta davom etadi), bizda futbolchilarni tayorlashda supertexnologiyalardan foydalanilmaydi, hammasi makaron sho'rva bilan boshlanadi. Bu organizm bir kun kelib sinadi. Kecha "Paxtakor" stadionidagi evropaliklarni ko'rdingizmi? Bizdagi yarim tarkib qo'shimcha qorin bilan yugurgan bo'lsa, 56 yoshli futbolchi to'p tepgan Italiya yulduzlarining deyarli hech birida ortiqcha vazn yo'q edi.


Maqola cho'zilib ketmasin, shunchaki futbolchilarga rahm qiling, ertaga ularning ro'zg'orini Siz qilib bermaysiz!


FIFA kunlari degan reglament bor, uni hali hech kim man qilmadi. CHempionatni kuchaytirib olmaguncha, hech bir terma jamoani rivojlantirib bo'lmasligini birgalikda tushuntiring, nima bo'lsa, nimaga yozmaysizlar deb o'tirmasdan! O'FAga keling, PFLga keling. "Smetani" hisoblab uyda o'tiravermay, fikr bering, taklif bering, buning uchun jinoiy javobgarlik yo'q.

Reyting: +47   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика