Ro'ziqul Berdiev: "Umidjon Ergashevning holati yaxshi"
28 iyu 2021 22:20
Yangiliklar
Ro'ziqul Berdiev: "Umidjon Ergashevning holati yaxshi"
Coca-Cola Superliganing 11-turidan o'rin olgan "Qo'qon-1912" - "Nasaf" uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
O'yin haqida
- Juda kuchli raqib maydonida g'alaba qozondik. Tezkor golimiz g'alabaga asosiy omil bo'ldi. Ikkinchi bo'limda mezbonlar katta kuch bilan oldinga o'tishdi, shu sabab biz himoyalanishga majbur bo'ldik.
- Umidjon Ergashevning holati haqida malumot bersangiz...
- Darvozabon Umidjon Ergashevning holati yaxshi ekan, hozirgina aytishdi. Vaziyat shunday bo'ldi, tasodifan yuz bergan jarohat. G'alabalar osonlikcha qo'lga kiritilmaydi.
- Jamoangiz ikkinchi bo'limda vaqt cho'zgandek ko'rindi...
- Vaqt cho'zish ko'rsatma emasdi. Yutqazayotgan jamoaga og'ir botadi. Atay o'yin cho'zganimiz yo'q, biz bunday ko'rsatma bermaymiz.
Fikrlar