So’nggi yangiliklar

14:30Равшан Ҳайдаров: "Ёш таркиб билан иштирок этишимизга қарамай, мен жамоамизга ишонаман"  0 14:10"Хоразм" Тошкентда тайёрланмоқда  0 13:42"Манчестер Юнайтед" бош мураббий лавозими учун асосий номзодларни белгилаб олди  4 13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  3 12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  1 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  2 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  3 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  3 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  10 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  8 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  1 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  11 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  14

Ro'ziqul Berdiev: “Tur ramziy terma jamoasidan o'rin olganimdan xursandman” Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: “Tur ramziy terma jamoasidan o'rin olganimdan xursandman”

Oliy liganing ortda qolgan 19-turidan so'ng “SA” o'z odatiga ko'ra turning ramziy terma jamoasini tuzib chiqdi.
Unga ko'ra, bosh murabbiy Ro'ziqul Berdiev bo'ldi. “Nasaf” ustozi bu borada o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

- Menga yigitlar aytishdi “SA” talqiniga ko'ra, tur ramziy terma jamoasiga kiritilganimni. Lekin hozircha o'zim kirib o'qib chiqmadim – deya gap boshladi Ro'ziqul Sadullaevich. – Albatta bunday etibordan xursandman. Fursatdan foydalanib sayt ijodkorlariga minnatdorchilik bildiraman.

- Ramziy terma jamoaga kirishimga jamoamning “Metallurg” maydonidan g'alaba bilan qaytgani sabab bo'ldi. Ochig'ini aytaman, oxirgi paytlarda natija uchun o'ynayapmiz. SHuning uchun ham etibor bergan bo'lsangiz, ikkinchi davrada 6ta o'yin o'tkazib shundayn 5tasida g'alaba qozondik. Bekoboddagi o'yin ham biz uchun oson o'tmasligini tahmin qilgandik. CHunki bu jamoani oxirgi ikki o'yindan beri yuta olmayotgandik.

- Mendan tashqari yana “Nasaf”ning ikki o'yinchisi ramziy terma jamoaga kiritilgani quvonarli albatta. Haqiqatdan ham O'tkir Yusupov bilan Artur Gevorkyan shu kuni o'zidan yaxshi taassurot qoldirdi. Darvozabonimiz bir nechta vaziyatlarda o'zini ko'rsatishga erishdi va shu tariqa ishonchni oqladi. Gevorkyan haqida ortiqcha tarifning xojati bo'lmasa kerak. “Metallurg” bilan o'yinda Artur katta hajmdagi ishni bajardi. Ayniqsa 10 kishi bo'lib qolganimizdan so'ng Gevorkyan ikkinchi golni urib g'alabani mustahkamladi. SHundan so'ng biroz hotirjam tortdik.
Yana shuni qo'shimcha qilishni istardimki, ramziy terma jamoaga kirishimda butun jamoaning xizmati yotibdi. Avvalo yigitlarga rahmat – deydi "Nasaf" ustozi.

Islombek Rustambekov suhbatlashdi.   
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика