So’nggi yangiliklar

02:20Ироқ. Темиров гол урган ўйинда "Арбил" дуранг ўйнади  1 01:02Футзал. Осиё чемпионати бошланди  0 00:58"Ювентус" Сенесини сотиб олмоқчи. Футболчига "Барселона" ва "Атлетико" ҳам даъвогар  0 00:34"Атлетико" Горетцканинг агентлари билан музокара ўтказмоқда  0 00:06Андре Онана собиқ жамоасига қайтиши мумкин  1 23:35Тэмми Абрахам расман АПЛга қайтди  6 23:05Моуринью: "Арбелоа энг севимли ўйинчиларимдан бири эди. Унга босим бегона"  5 22:35"Бунёдкор" назорат учрашувида Косово клубига мағлуб бўлди  0 22:27Эрон. "Трактор" ва "Истиқлол" ўз учрашувларида ғалаба қозонишди  1 21:41Эндрик: "Бу ҳали бошланиши"  0 21:22"Челси" қишдаёқ Стерлинг билан хайрлашишга қарор қилди  0 20:32Пьянич расман фаолиятини якунлади. У Қозоғистон клубига ўтмайди  4 19:53"Бухоро" Руминия жамоаси билан дурангга рози бўлди  2 19:32Ўзбекистон U-16 термаси "Бунёдкор" U-19 жамоасидан устун келди  3 19:13Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Хитойга етиб борди  9

Traore Ro'ziqul Berdievning yangi topilmasi-mi? Yangiliklar

Traore Ro'ziqul Berdievning yangi topilmasi-mi?

O'n bir nafar futbolchisini olimpiya terma jamoasi bilan Tailandga jo'natgan "Nasaf" ayni paytda bisotida qolgan futbolchilar bilan yangi mavsumga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.

Kecha 15 yanvar kuni Berdiev yigitlari Buxoroda "Buxoro"futbol klubi bilan o'rtoqlik uyinida maydonga tushdi. SHu kuni darvozalarga jami 5ta to'p kiritildi. 19-daqiqada "ajdarlar" hujumchisi Husayin Norchaev bahsdagi pochin golga mualliflik qilib bergan bo'lsa, “Buxoro”ga “So'g'diyona”dan kelib qo'shilgan hujumchi Izzat Abdullaev 29 va 54-daqiqalarda urgan gollari evaziga mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqdi – 2:1.

79-daqiqada himoyachi G'olib G'aybullaevning golidan so'ng hisob 2:2 ko'rinishini oldi. Muhriddin Zoirov 90-daqiqada "Nasaf"ga g'alaba keltirgan golga mualliflik qildi. SHuningdek shu kuni qarshiliklar safida ivuarlik yarim himoyachi Traore ham harakat qildi. Baquvvat va bo'ydor legioner futbolchiga hozircha Ro'ziqul Berdiev har o'yinda imkoniyat berib kelmoqda. Traore "Nasaf"da qoladimi? Bosh murabbiy Ro'ziqul Berdiev Qashqadaryo viloyatidagi muhbirimiz Nomoz CHoriev bilan bo'lgan suhbatda 19 yoshli yarim himoyachi hozircha ko'rikda ekanligini uni kuzatib borayotganligini, agarda o'zini har tomonlama yaxshi namoyish eta olsa jamoada albatta olib qolishini yashirib o'tirmadi. Qolaversa ishonchli manbaaning malum qilishicha Ro'ziqul Sadullaevichga legioner futbolchining harakatlari maqul kelmoqda. Demak katta ehtimol bilan “Nasaf” bosh murabbiyining yangi mavsumdagi ajoyib topilmalaridan biri Traore bo'lishi mumkin.


Reyting: +63   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика