So’nggi yangiliklar

19:30"Реал" Лунинни МЮга қўйиб юбормади  0 19:01Про лига. "Олимпик-MobiUz" – "Жайхун". Таркиблар маълум  0 18:53Эрон 2026 йилги Жаҳон чемпионатида иштирок эта олмаслиги мумкин  15 18:20"Барса" футболчиси Францияга кетмоқда  0 17:52Турки Ал аш-Шайх Англия клубини сотиб олиш ҳақида ўйламоқда  0 17:24Вирцни қўлдан чиқарган "Бавария" "Арсенал" футболчисига юзланди  1 16:55Исландиялик иқтидор "Рома"ни қизиқтирмоқда  1 16:27Қаҳрамонлик ортидаги оғриқ: Беллингем операция столига ётади  5 15:59"Фиорентина" юлдузи "Манчестер Юнайтед" нишонида  0 15:33Диёр Холматов голини нега Асенсио услубида нишонлагани ҳамда топ-5 чемпионатга йўл олиши ҳақида гапирди  11 15:07Тео Эрнандес "Ал Ҳилол"га ўтишга рози бўлди, клублар келишувга эришди  1 14:39"Суонси" собиқ устози аэропортда ишламоқда  4 14:10Брайан Риаскос: "Ҳужумдаги исталган позицияда ўзимни қулай ҳис қиламан"  3 14:03Самарқандда синмайдиган анъана, енгилмас Абрамов "армияси" ва уча олмаётган "қалдирғочлар" — “Динамо” ва “Бунёдкор” тўқнашувидан олдин  7 13:44"Челси" Коло Муани борасида ПСЖ билан музокараларни бошлади  3

Ro'ziqul Berdiev: "Tarkib borasidagi muammolarimiz ishimizni qiyinlashtirmoqda" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Tarkib borasidagi muammolarimiz ishimizni qiyinlashtirmoqda"

Oliy liganing 14-tur doirasidagi "Nasaf" - "So'g'diyona" (2:1) uchrashuvidan so'ng "ajdarlar" bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.


- Mazmunli o'yin ko'rsatmagan bo'lsakda, bugun g'alabaga erishdik. Beshta o'yindan beri g'alaba qozona olmayotgandik. Bu g'alaba bizga kerak edi. Ikkinchi bo'lim boshida ko'plab vaziyatlarni yarata olmadik. Gol o'tkazib yuborilgach asabiylashdik. Lekin shunga qaramay g'alaba qozona oldik. Tarkib borasida jiddiy muammolarimiz bor. Bu ham ishimizni juda qiyinlashtirmoqda.

-O'tgan beshta turdagi muvaffaqiyatsizlikni qanday izohlaysiz?

-Haqiqatan ham natija bo'lmadi. Javobgarlikni o'z bo'ynimga olaman. Bunga qaysidir manoda aybdorman. Gadoev? SHohruh Gadoevni shartnomasi tugagani bilamiz. U bizga kerak. Agar kelisha olsak, uni o'z safimizga qo'shib olamiz. Davralar oralig'ida safimizda o'zgarish bo'ladi. Legionerlarni kuzatayapmiz. Ularni tanlovida adashmasligimiz kerak. Hujum chizig'ini kuchaytirishimiz kerak. Busiz iloji yo'q.

So'zim oxirida ertangi bayram bilan barcha OAV xodimlarini tabriklayman. Ishlaringizga rivoj tilayman, qalamingiz bundanda o'tkir bo'lsin.


Aziz Nuriy

Smartfon yutishni istaysizmi, unda marhamat! SHartlar esa bu erda >>>> TANLOV

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика