So’nggi yangiliklar

02:06"Челси" 100 миллионлик форвардни харид қилмоқчи?!  0 01:00Ла Лига. "Барселона" "Сельта" меҳмони бўлмоқда (онлайн ҳисоб)  37 00:29А Серия. "Милан" ва "Ювентус" ўртасидаги ўйин нурсиз дуранг билан якунланди  9 00:26АПЛ. "Манчестер Сити" ўз уйида "Тоттенхэм"га йирик ҳисобда таслим бўлди  25 23:11Битта гол урилган Тошкентдаги "Олимпик" — "Бунёдкор" ўйинидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 23:00Франция чемпионати. "Ланс" Ҳусановсиз ўз уйида "Марсель"дан учта тўп ўтказиб, мағлуб бўлди  7 22:49Моуринью "Реал" собиқ ўйинчисини нишонга олди  2 22:11АПЛ. "Арсенал"дан йирик ғалаба, лондонликларнинг сўнгги голини ўтган йили Ўзбекистонга қарши баҳсда ҳаракат қилган 17 ёшли ўйинчи урди  9 22:06Бундеслига. "Байер" 0:2ни 5:2 қилди, "Боруссия Дортмунд"дан жавобсиз 4та тўп, "Хоффенхайм" — "Лейпциг" ўйинида 7та гол  0 22:00Суперлига. Экстра-тайм: жорий мавсум узоқ давом этган ўйинлар  0 20:57А Серия. "Интер" "Верона"га қарши ўйин тақдирини биринчи бўлимнинг ўзида ҳал қилди  0 20:40Вадим Абрамов: "Барча голларни қарши ҳужумлар туфайли ўтказиб юбордик, ўйин учун режамиз умуман бошқача эди"  2 20:27Александр Хомяков: "Раҳбарият янги мутахассис излаётган экан, демак улар мендан мамнун эмас"  7 19:44"Арсенал" - "Ноттингем Форест". Таркиблар билан танишинг  0 19:35"Челси" ғалаба қозонди ва жадвалда 3-ўринга чиқиб олди  2

Ro'ziqul Berdiev: “Tanlagan yo'limizdan hech qachon qaytmaymiz” Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: “Tanlagan yo'limizdan hech qachon qaytmaymiz”

Mamlakatimizdagi yosh iqtidorli murabbiylardan biri Ro'ziqul Berdiev “Nasaf”ni yana unvonlari sari etaklay olishini barchaga ko'rsatib qo'ydi.
SHu bois uning jamoasiga bo'lgan qiziqish yanada ortib ketdi. Bilasiz, 2014 yilda ularni muhim va masuliyatli mavsum kutib turibdi. Buning uchun “Ajdarlar” astoydil tayyorgarlikka kirishishgan. Qarshiga qilgan safarimiz chog'ida “Nasaf” klubi bilan yaqindan tanishmasdan keta olmasdik. SHu bois 22 dekabr kuni markaziy stadionda shug'ullanayotgan jamoani kuzatdik. Mashg'ulotlarda barcha o'yinchilar qattiq mehnat qilayotganiga ko'zimiz tushdi. Bosh murabbiy Ro'ziqul Berdievga maqsadimizni tushuntirganimizdan keyin “yaxshi, birga avtobusda bazaga boramiz, o'sha erda gaplashamiz” deb javob berdi. Yo'l-yo'lakay Ro'ziqul Sadullaevich mendan ertangi laureatlarni aniqlash borasida futbolchi va murabbiylardan kimlarning imkoniyati yuqori ekanligi haqida so'radi. Unga hammasini vaqt ko'rsatadi deya javob berdim. Bundan shu narsani sezdimki, u ham kimlar g'olib chiqishiga qiziqayotgandi. Xullas, klub qarorgohiga etib borganimizdan keyin bosh murabbiy bilan alohida xonaga kirib suhbatlashdik.  

- Ro'ziqul Sadullaevich, o'tkazilayotgan yig'inlar davomida, umuman murabbiy sifatida katta qiyinchiliklarga duch kelamayapsizmi?
- Qiyinchiliklarga to'qnash keldim deb aytmagan bo'lardim. Mana, necha yildirki, jamoamizda futbolchilar uchun barcha sharoitlar yaratib berilgan. Qishki yig'inni 10 dekabrdan boshlaganmiz. Hozirgacha hech qanday kamchiliklarga duch kelmadik. O'zingiz ko'rib turibsiz, “Nasaf” bazasida hamma shart-sharoitlar yaratilgan. Hech qanaqa muammoning o'zi yo'q. 26 dekabrda o'yin o'tkazganimizdan keyin o'yinchilarga yangi yil arafasida xordiq beramiz. Keyin 3 yanvarda yana to'planamiz. O'shanda bizda bir hafta vaqt bo'ladi va shuni ichida asosiy urg'uni jismoniy tayyorgarlikka qaratamiz. 9 yanvarda Toshkentda o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazib ertasiga Turkiyaga jo'nab ketishni rejalashtirib turibmiz. U erda o'yin amaliyotimizni yaxshilashga etibor qilamiz. Yaxshi bilasiz, 8 fevralda pley-off uchrashuvida maydonga tushamiz. SHu sababli bizda vaqt ko'p emas. Turkiyadan qaytgach yigitlarga yana ozroq dam beramiz va BAAga yo'l olamiz. Qatarda bo'ladigan o'yinga tayyorgarlikni BAAda davom ettiramiz.

- 8 fevralda “Al Jaish”ga qarshi o'yin “Nasaf”ning mavsumdagi dastlabki jiddiy o'yini bo'ladi. Qatarliklarni o'rganish jarayoni qanday amalga oshyapti?
- Raqibni o'rganishni qura tashlanganidan keyinoq boshlab yuborganmiz. O'sha mahalda “Al Jaish” chempionatda birinchi o'rinda borayotgandi. Undan keyin uchta o'yin o'tkazib uchchalasida mag'lubiyatga uchradi. “Al Jaish”ning o'sha uchta o'yinidan ikkitasini ko'rib chiqdim. Aytishim kerakki, ularning jamoasida legionerlar ko'p ekan. Braziliya, Nigeriya va yana boshqa mamlakatlardan kelgan o'yinchilar to'p surishyapti. “Al Jaish”ni o'yinlarini ko'rib shunday xulosaga keldimki, jamoa yaxshi shakllangan. Asosan saviyali futbolchilarning mahoratiga tayanadi. Ayniqsa, ularning hujum chizig'i juda kuchli ekan. Albatta, kamchilik tomonlari ham bor va ularni obdon o'rganib chiqdik. Hali yana rasmiy uchrashuvgacha vaqt borligi sababli ularni o'rganishda davom etamiz. Yanvar, fevral oylarida Qatarda chempionat davom etadi. SHuning uchun raqib azolari yaxshi sport formasida bo'lishadi. Bizda esa jismoniy tayyorgarligimiz yaxshi bo'lishi mumkindir, lekin o'yin amaliyoti jihatidan baribir farq qiladi deb o'ylayman. Barcha imkoniyatlarni to'g'ri chamalab chiqqan holda tayyorgarligimizni shunga yarasha zo'r qilib davom ettirishimiz lozim. O'sha o'yinga 100 foiz bo'lmasada, kamida 80-90 foizga tayyor bo'lishimiz shart. Ayni paytga kelib tarkibimizda bor bo'lgan barcha o'yinchilar bilan shartnomalarni yangilab chiqdik. SHu narsa meni xursand qilyapti. Nega deganda bu jamoamiz o'yinini shakllantirishimizda qo'l keladi. Futbochilarmiz ikkinchi yil bitta jamoada o'ynashayotgani uchun bir birini yaxshi tushunishadi. Qolaversa, ular nimani talab qilishimizni, nimani xohlashimizni yaxshi biladilar. SHu bois tarkibda unchalik katta o'zgarishlarga qo'l urmoqchi emasmiz. Bir qator yangi futbolchilarni olib kelib ularni jamoa o'yiniga bir oy ichida moslashtirib yuborish juda mushkul. SHuni hisobga olib rahbariyatga jamoa o'zagini saqlab qolishimizni aytganimda ular meni 100 foiz qo'llab-quvvatladilar. Buning uchun SHamil Yarulin boshchiligidagi rahbariyatdan minnatdorman. O'zimizning o'yinchilarga o'zimiz xohlagan narsalarni o'rgatish osonroq kechadi. Lekin bizda yana biroz vaqt borligi uchun yangi futbolchilarni taklif qilishga imkoniyatimiz bo'ladi. Agarda guruh yo'llanmasiga ega bo'lsak, yana 3-4 nafar yangi o'yinchilarni tarkibga qo'shib olish uchun bizga imkoniyat berishadi. Umuman olganda, bir ikkita o'zgarishlar bo'lishi mumkin, ammo katta yangiliklar bo'lmaydi. Hozirgi mashg'ulotlarimizda ham yigitlarning jismoniy tayyorgarligiga etibor qaratyapmiz. CHunki bu biz uchun juda muhim. 2013 yilgi mavsumda shunga amin bo'ldimki, jismoniy tayyorgarlikka katta etibor berganimiz uchun jamoamiz bu borada toliqib qolmadi. Hammasi reja asosida davom etmoqda. 8 fevral kuni bo'ladigan uchrashuvga har tomonlama tayyor bo'lishga harakat qilamiz.

- Jamoa etakchisi Artur Gevorkyan haqida ko'plab gap-so'zlar tarqaldi. Uni boshqa jamoaga ketishi haqida tinmasdan bahs munozaralar davom etdi. U bilan shartnoma tuzilmaguniga qadar sizda ham havotir bormidi?

- O'zingiz aytganingizdek, Gevorkyan jamoamizning haqiqiy etakchisi sanaladi. “Nasaf”ning o'yini asosan Artur orqali tashkil qilinadi. Lekin bizda Gevorkyanga o'xshagan boshqa futbolchilar ham bor. SHunga qaramasdan, uning o'zi bilan gaplashganimda katta ishonch bildirayotganimni aytganman. Bu gapni boshqa o'yinchilarimizga ham bildirdim. Savolingizga lo'nda javob bersam, albatta menda ham xavotir bo'ldi. Axir ularga har xil takliflar bo'lishi mumkin. Biroq bu erda ular uchun shunday sharoit yaratib berdikki, “Nasaf”da to'p surib hayotidan, faoliyatidan qoniqish hosil qiladigan darajada hamma narsa barpo qilindi. SHu sababli futbolchilar shartnoma imzolashayotganida hech qanday qarshiliksiz, o'zlaridagi katta xohish bilan buni amalga oshirishdi. Jamoamiz o'z oldiga katta maqsadlar qo'ymoqchi bo'lsa, Gevorkyanga o'xshagan futbolchilar bizga albatta kerak. Bulardan tashqari yoshlarga ham ko'p etibor beramiz. Hozirda o'rinbosarlar safidan yana uchta o'yinchini asosiy tarkibga qo'shdik. Yoshlarga imkoniyat berish, ularga yo'l ochish bu jamoamizning va mening yo'nalishim hisoblanadi. Bu yo'limizdan hech qachon qaytmaymiz. “Nasaf” uchun ham, O'zbekiston uchun ham iqtidorli yoshlarni etkazib berishimiz kerak. Hozirda terma jamoalarimizda albatta “Nasaf”dan vakillar bor. Mahalliy murabbiy sifatida yoshlarga etibor qilish asosiy maqsadlarimizdan biridir. Eldor Suyunov, SHoxrux Gadoev, Odil Xamrobekov, Najmddin Normurodov,  Farrux Sayfiev, Ulug'bek Dadaboev, Azamat Allaniyozov, umuman bular nomzodlar qatorida bor. Ular maydonga tushib to'p surishsa murabbiy tariqasida qandaydir maqsadimga erishgan bo'laman. Tajribali futbolchilar bilan yoshlarni birlashtirib o'z ishimizni davom ettiryapmiz. O'ylaymanki, natijalarimiz yomon emas.

- 2012 yili Usmon Toshev o'rningizni egallagach o'rinbosarlar bilan ishga kirishdingiz. Bu esa sizning murabbiy sifatida yutug'ingiz bo'ldi. Gap shundaki, yoshlarni tarbiyalab kim qanday imkoniyatga ega ekanligini bilib olgandingiz. Yana bosh murabbiylikka qaytganingizda o'zingiz yaxshi bilan o'sha yoshlarni qo'rqmasdan asosiy tarkibga jalb qildingiz. Bu qanday natija berayotganini hozir hamma ko'rib turibdi.
- O'shanda SHamil Yarulin menga o'rinbosarlar bilan ishlashni taklif qilganida men buni birdaniga qabul qilganman. To'g'ri, menga vaqt ozroq edi. SHunga qaramay ikkinchi davrani yoshlar bilan o'tkazishim menga juda katta dars bo'ldi. Bu orqali men yosh futbolchilarning qanday imkoniyatlarga ega ekanligini bilib oldim. O'shanda ikkinchi davraning 13ta o'yinidan 10tasida g'alaba qozonganmiz. O'ylaymanki, bularning barchasi yaxshilikka bo'lgan ekan. Hisoblab chiqsam, 6-7 nafar futbolchini asosiy tarkibga olganman. Yuqorida sanab o'tgan o'yinchilar qo'l ostimda to'p surishgan. Ularning imkoniyatini bilmaganimda asosiy jamoaga taklif qilmagan bo'lardim. Endi qo'rqmasdan o'sha yoshlarni maydonga tushiraman. Nega? CHunki ular o'ynash uchun va o'zini ko'rsatish uchun tayyor. Yaqinda 1997 yilda tug'ilgan bolalar o'rtasida Respublika chempionati bo'lib o'tdi. Unda “Nasaf” akademiyasi ham qatnashib 1-o'rinni qo'lga kiritdi. Mazkur musobaqani o'z ko'zim bilan kuzatib bordim. Natijada 8-9 nafar bolalarni o'rinbosalarimiz tarkibiga qo'shishga qaror qildik. Bundan maqsad yoshlar tarkibini yanada yoshartirmoqichmiz. Bungacha u erda to'p surgan 1991, 92 va 93 yillarda tug'ilgan o'yinchilarni jamoalar bilan kelishgan holda ijaraga bermoqchimiz. Kelajakni o'ylab o'rinbosalar tarkibiga 1995 yildan kichik bo'lgan yoshlarni jalb qilishga qaror qildik. Meni keyinchalik SHamil Yarulin bosh jamoaga bosh murabbiylikka o'tishimni taklif qilganida ham yana o'rinbosarlar bilan ishlashga tayyor edim. O'z qarashlarimizni, nimani xohlayotganimizni yigitlarga tushuntirganimiz uchun natija ko'rsatishdi. Asosiy jamoa ustoziga aylanganimdan keyin o'sha yoshlar tarkibidan qo'shib olgan futbolchilar keyinchalik o'zlarini ko'rsatishni boshladilar.

- Jamoaning o'zagi saqlanib qolingani bu asosiy masaladir. Ammo hozirgi mashg'ulotlardan yangi futbolchilar ham ishtirok etayotganiga guvoh bo'ldik.
- Inkor etmayman, yig'inimizda yangi o'yinchilar bor. Ularni taklif qilishimizdan maqsad raqobatni yanada kuchaytirishni o'ylayapmiz. Bundan keyin ham yana boshqa o'yinchilarni tekshirishimiz mumkin. Baribir tarkibda bir-ikkita o'zgarishlar bo'ladi. Futbolimiz jarohat olib safdan chiqqan paytlarida uning o'rnini munosib bosadigan o'yinchi bazida topilmay qolyapti. Natijada raqobat biroz kuchsizlangandek ko'rindi, menga. Ayniqsa, yakunlangan chempionatda bu narsani sezdim. SHu bois bitta chiziqda ikkita teng kuchli futbolchi bo'lishini xohlayapman. Mavsum uzoq davom etadi. Milliy chempionatda, Kubok bellashuvlarida va xalqaro maydonda ishtirok etish uchun 20-25 nafar futbolchi tarkibda bo'lishi kerak. Yoshlarga jiddiy etibor berayotgan bo'lsakda, baribir ular barqaror o'yin ko'rsata olmaydilar. SHuning uchun raqobatni kuchaytirish maqsadida ayrim chiziqlarga o'yinchilar taklif qilyapmiz.

- Mashg'ulotlaringizda yangi kelganlardan kimlar bor?
- 22 yoshli darvozabon O'tkir Yusupov va “SHo'rtan”dan himoyachi Aziz G'ulomxo'jaevni chaqirganmiz. Ulardan to'la qoniqish hosil qilsak, albatta ularni olib qolamiz.

- SHu bilan birga “Nasaf”ni tark etadigan futbolchilar ham yo'q emas, to'g'rimi?
- To'g'ri. Mavsum davomida kam o'ynagan o'yinchilarimiz bor. Tushunaman, ular ham maydonga tushib o'ynashni istashadi. Aslida barcha futbolchilar ko'proq to'p surish ilinjida bo'lishadi. Jamoamizda kam o'ynab, boshqa klublardan takliflar bo'lmasa u o'sishdan to'xtab qolishi mumkin. Ayrimlari yonimga kelib ko'proq o'ynamoqchi ekanligini aytishadi. Mabodo, o'sha futbolchilarimizga takliflar bo'lsa, qo'yib yuborishga tayyormiz. CHunki ularni ham tushunaman, axir o'yin amaliyoti barchaga kerak. Hozircha kimnidir ketadi deb hal qilganim yo'q.

- Zohid Abdullaev “Nasaf”ni tark etishi mumkin bo'lganlar orasida bormi?
- U “Nasaf”da birinchi mavsumini o'tkazdi. Abdullaev bazi muhim uchrashuvlarda muxim gollarni urdi. Bir narsani alohida aytmoqchimanki, Zohid jamoamizga juda yaxshi kirishib ketdi. Xuddi oldingidek o'z o'yinchimiz sifatida ko'rindi. Biroq Abdullaev shunday yoshdaki, ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lishi kerak. Jamoamizda Ilhom SHomurodov, Kenja To'raev va Azamat Allaniyozov singari hujumchilar bor. Ulardan tashqari oldingi chiziqqa yana bitta o'yinchi olishimiz ham etimoldan holi emas. Bu bilan Zohid Abdullaev “Nasaf”dan ketadi demoqchi emasman. Lekin boya aytganimdek unga o'yin amaliyoti zarur. Agarda u haqida yaxshi taklif bo'lsa, buni ko'rib chiqamiz.

- Ixtiyoringizda yaxshi hujumchilar yig'ilgan. Biroq hujumchi har qanday o'yinda o'zini ko'rsata bilishi kerak. Muhim uchrashuvlarda esa ko'pincha Artur Gevorkyan bilan Ilhom Yunusovning gollari jamoaga asqotganini ko'rdik. SHundan kelib chiqqan holda aytmoqchimanki, o'tkir hujumchiga extiyoj sezmayapsizmi?  
- Albatta, jamoamizda siz aytgan hujumchi bo'lsa yomon bo'lmasdi. CHempionatimizdagi muammolardan biri aynan o'tkir hujumchilarning ko'zga tashlanmayotganidir. Agarda ana shunday hujumchiga ega bo'lganimizda terma jamoamiz katta kuchga ega bo'lardi. Ko'rdingiz, xatto terma jamoada ham xujumchi muammosi ko'zga tashlandi. Agarda o'zingiz istagan hujumchini chetdan taklif qilmoqchi bo'lsangiz katta mablag' sarflashingizga to'g'ri keladi. Xo'p, xorijdan qimmat futbolchini olib keldik, bu bilan esa SHomurodov yoki Allaniyozovni zahiraga o'tirgizib qo'yishim kerak. Ko'ryapsizmi, buning yaxshi tomoni bilan birga yomon tarafi ham bor. Bu bilan biz terma jamoamizga kerakli hujumchini etishtirib bera olmasligimiz mumkin. To'g'risini aytsam, hujumchilarimiz yomon taassurot qoldirishmadi va sermahsullik ko'rsatishdi. Allaniyozov bilan SHomurodov 11tadan gol urishdi. Kenja esa birinchi turda jarohat olib oxirgi turda maydonga qaytdi. Ko'p klublar bizning hujumchilarimiz imkoniyatlarini yaxshi bilib shunga etibor qaratishadi. SHu bois Gevorkyan masuliyatni o'z zimmasiga oldi. Bundan tashqari o'yin sxemamizga biroz o'zgartirish kiritdik va qanotlardagi futbolchilar ham hujumchilarga yaqindan yordam berishdi. O'ylagan taktikalarimiz samara ko'rsatdi. Baribir hujumchilarimizni o'yin savisini yanada oshirish ustida ishlaymiz. Asosiysi jamoaning o'yini muhimroqdir. Masalan, Evropa klublarini ko'rsangiz to'purarlari ko'pincha yarim himoyachilar ekanligiga amin bo'lasiz. G'alaba hammaniki bo'lgani bois kim gol urishining katta ahamiyati yo'q.

- Yangi mavsumda “Nasaf”da legionerlarni ko'rishimiz mumkinmi?
- Legionerlar orasida yaxshisini topish oson deb ayta olmayman. CHempionatimizda 50ga yaqin xorijlik futbolchilar bo'lsa kerak. Ularning ichida Aleksandr Pishur, Artur Gevorkyan, Kaxi Maxaradze va Akmal Xolmatovni alohida aytishim mumkin. Aynan ular ishonchni oqlashdi. Boshqa legionerlarni esa ishonchni oqladi deb ayta olmaymiz. Xorijlik o'yinchini istaganda yaxshisini topish kerak. Unisi esa qimmat turadi. CHempionlar Ligasining guruh bosqichiga chiqsak bizda yana o'yinchi olish imkoniyati bo'lishi haqida aytdim Balki o'shanda qandaydir yo'llarni izlab toparmiz. Legioner futbolchi olish rejamizda yo'q deb ayta olmayman. Faqat vaziyatga qarab ish qilamiz. Hozirdan esa aniq gap bildirishim qiyin. To'g'ri, rahbariyatga to'rt nafar legioner kerak deb talab qo'yishim mumkin. Agar yaxshisi kelsa mayli, biroq o'rtahol futbolchiga katta pul to'lab mahalliy yigitlarimizning yo'lini to'sib qo'ysak undan yomoni yo'q. Bu bilan bir yillik ishlaydigan jamoaga aylanib qolamiz. Yani, futbolimizga bugungi ko'z bilan qaraydigan bo'lamiz. 

- Qo'l ostingizdagi futbolchilarga takliflar bo'lishi tabiiy. Aytingchi, kimga qanday chaqiruv bo'layotganini zimdan kuzatib borasizmi?
- Bazida jamoalar bizga qaysidir futbolchini so'rab murojaat qiladilar. Yoshlarimizga takliflar juda ko'p bo'ldi. Lekin o'yinchi olishdan maqsad nima ekanligi bizga yaxshi ayon bo'lmagani uchun qo'yib yuborishni xohlamadik. Yoshlarimiz boshqa jamoalarda to'p surishga tayyor bo'lishlari lozim. Agar ularga javob bersak keyinchalik o'ynay olishmasa ularni batamom yo'qotib qo'yishimiz mumkin. Umuman olganda, jamoamizning har bir o'yinchisiga ko'plab qiziqishlar bo'ladi. Faqat buni bilgan holda boshqalarga oshkor qilmasdan ularni o'z safimizda olib qolishga haraat qilamiz.



FIRDAVSXON suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика