So’nggi yangiliklar

14:43Воҳа дербиси олдидан "Машъал"да катта йўқотишлар  1 14:15"Ювентус" узумзор акс этган формасини тақдим этди  0 13:42Суперлиганинг 21-турини ўтказиб юборадиган футболчилар рўйхати  0 13:19Роналду 30га кирганидан сўнг Португалия сафида 89 та гол урди  9 12:37Ибраима Конате "Ливерпуль"га уч марта "йўқ" деди. Клуб унинг "Реал"га ўтишига кўниб бўлди  7 12:15Бразилия ЖЧ саралашида 5-ўринни эгаллади – бу тарихидаги энг ёмон натижа  3 10:56Ла Лигада ким чемпион бўлади? "CIES" тахмин қилиб кўрди  6 10:30ФИФА президенти Қатардаги портлашларга муносабат билдирди  12 10:02Қизил карточка, эҳтимолий пенальти ва четлатиш. "Алё, рэф!" ҳакамларнинг Ўзбекистон - Эрон учрашувидаги қарорларини таҳлил қилди  27 09:37Эшитдик-да тасдиқланди. Шерзод Игамбердиев расман ЎФАдан кетди  18 09:11Суперлига. Бугун ФИФА кунларидан сўнг навбатдаги турга старт берилади  6 08:40Криштиану Роналду яна бир рекордни такрорлади  11 08:10U-23 Осиё кубоги. Финал босқичига йўл олган барча жамоалар номи маълум  14 07:48ЖЧ масаласини ҳал қилган Бразилия ва Аргентина мағлуб бўлди ва бошқа натижалар  0 01:39ЖЧ-2026 саралаши. Норвегиядан 11:1, Холанддан 5та гол, Англиядан йирик, Португалиядан иродали ғалаба  17

Ro'ziqul Berdiev: “Selekciya jarayonida biz ham qarab turmoqchi emasmiz” Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: “Selekciya jarayonida biz ham qarab turmoqchi emasmiz”

Bu yilgi chempionatda bronza medallarini qo'lga kiritgan “ajdarlar” yangi mavsum uchun tayyorgarlikni boshladi.
Jamoa 2014 yilgi mavsumda uch frontda kurashadigan bo'lmoqda. SHu bois Ro'ziqul Berdiev futbolchilarni ertaroq yig'ishga qaror qildi.

- Ro'ziqul aka, jamoangizning dastlabki yig'inni boshlagani haqida eshitdik. Bu haqda o'zingiz batafsil malumot berib o'tsangiz maqsadga muvofiq bo'lar edi?
- 10 dekabr kuni futbolchilarni yig'dik va Tashkentda tibbiy ko'rikdan o'tildi. Kechadan boshlab esa, Qarshidagi bazamizda to'planib, mashg'ulotlarga kirishildi. Bu erdagi yig'inimiz 25 dekabrga qadar davom etadi va shundan so'ng, yangi yil munosabati bilan futbolchilarga qisqa muddatga dam beramiz.

- Tarkibda qanday o'zgarishlar borligi bugungi kunda muxlislarning diqqat etiborida turibdi. SHu bois avvalo bu xususda o'zingizdan eshitsak?

- Hozircha, jiddiy yangilik bor deya olmayman. Ijara asosida “Qizilqum”da to'p tepgan Eldor Boymatov va “Dinamo”dagi Nodir Sanoqulov yana jamoamizga qaytdi.

- Klubni tark etgan futbolchilar ham bo'lsa kerak?
- Yo'q, hech kimga javob bermadik. Bu keyingi yig'inlarimizda oydinlashadi. Lekin aniq nomlarni ayta olmayman.

- Toshkentning “Lokomotiv” jamoasi asosiy raqibi bo'lmish “Bundyokor”dan Nesterov, G'ofurov, To'raev va Hasanovni olib o'z safini sezilarli tarzda kuchaytirishga erishdi. Aytingchi, Siz boshchilik qilayotgan “Nasaf”dan qanday haridlarni kutishimiz mumkin?
- To'g'ri, “Loko”ni yangi haridlarini eshitdim. Bilasizmi, tarkibda u qadar jiddiy o'zgarishlar qilmaymiz. Lekin selekciya jarayonida biz ham qarab turmaymiz. Albatta yangi futbolchilar bo'ladi.

- Kuchaytirilishi lozim bo'lgan chiziqlar deb qaysi poziciyalarni ko'rsatgan bo'lardingiz?

- Bunday poziciyalar yo'q emas. Aynan qaysi chiziqlarga futbolchilar olish kerakligini o'ylab qo'yganmiz. Biroq ayni paytda bu to'g'risida aytmay turganim maqul. Vaqti kelib, barchasi oydinlashadi.

- Zafar Polvonovning “Nasaf”ga o'tish imkoniyatini necha foizga baholaysiz?
- Nima uchun aynan Polvonovni so'rayapsiz?

- CHunki, “Olmaliq” hujumchisining yana “ajdarlar” safiga qaytishi haqida muxlislar orasida gap so'zlar yuribdi?
- Bu ishqibozlar o'rtasida uchrab turadigan xolatlardan biridir. Emishki, Eldor Suyunov, SHoxruh Gadoev, va Artur Gevorkyan ham “Bundyokor”ga o'tarmish... Bu aslida bo'lmagan gap. Ishonch bilan ayta olamanki, bu futbolchilar jamoamizda qoladi. To'g'ri, Polvonov bu yil sermahsullik ko'rsatdi. Lekin unga qiziqib, taklif ham yubormadik.

- “Nasaf” keyingi yil OCHLda ham ishtirok etadigan bo'ldi. Mavsumga qay tarzda tayyorgarlik ko'riladi?
- Ikkinchi yig'inimiz yanvar oyinning dastlabki haftalarida Qarshida start oladi. Bu erda 15 kun shug'ullanamiz. Ushbu yig'inlar davomida poytaxtga borib, sinov-nazorat o'yinlarida ham qatnashamiz. SHuningdek rejamizda Turkiya yig'ini ham o'rin olgan. Xorijdagi yig'inda asosiy etibor o'rtoqlik o'yinlariga qaratiladi.

Islombek Rustambekov suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика