So’nggi yangiliklar

01:39ЖЧ-2026 саралаши. Норвегиядан 11:1, Холанддан 5та гол, Англиядан йирик, Португалиядан иродали ғалаба  2 01:15АПЛда ким чемпион бўлади? "CIES" тахмин қилиб кўрди  0 00:44"Фенербаҳче" Моуриньюдан кейинги бош мураббийини эълон қилди  1 00:14Холанд термадаги 45-ўйинида 44-голини урди  3 23:49Халқаро ўртоқлик турнири. Ўзбекистон U-17 Марокашга мағлуб бўлди  11 23:24Меньяннинг "Челси"га ўтмагани сабаби маълум бўлди  0 22:27Футзал. Ўзбекистон терма жамоаси йиғинга киришди. Олдинда Япония билан ўйин бор  3 21:36"Динамо" назорат учрашувида "Локомотив"ни ютди  2 21:13U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Қирғизистон Шри-Ланкани йирик ҳисобда енгди ва гуруҳда биринчи бўлди  20 20:19Владо Радманович: "Афсуски, Катанецнинг ҳозирги ҳолати яхши эмас"  28 19:59Кроос: "Германия ҳозирда катта ютуқларга эриша оладиган терма жамоалар қаторида эмас"  1 19:33Остон Ўруновдан рекорд!  9 19:05Алиризо Жаҳонбахш: "Ҳакамлик ҳақида ҳеч нима демайман"  21 18:38"Арсенал" МЮ кўзлаган футболчи учун курашда фаворит  2 18:17Мустақиллик Кубоги-2025 "Uz-Galaxy"да!  2

Ro'ziqul Berdiev: "Raqibimiz "Al Hussein" tajribali jamoa" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Raqibimiz "Al Hussein" tajribali jamoa"

Ertaga, 23 oktyabr, Osiyo CHempionlar ligasi-2 doirasida "Nasaf" safarda "Al Hussein"ga qarshi to'p tepadi.

Matbuot anjumanida qarshiliklar bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev hamda Marko Stanoevichlar ishtirok etishdi.

"Avvalo barchaga assalomu alaykum. Biz Iordaniyaga ketma-ket ikkinchi yil kelmoqdamiz. Biz bundan xursandmiz. Bu erda futbol ajoyib. Ertaga bizni jiddiy raqib, qiyin o'yin kutib turibdi. Ko'p yillardan beri xalqaro turnirda ishtirok etib kelmoqdamiz. Bu musobaqada kuchsiz jamoaning o'zi yo'q. SHuning uchun ertangi bellashuv biz uchun og'ir bo'ladi. CHunki mezbonlar “Al Hussein” o'z o'yiniga xarakteriga ega jamoa" - dedi Ro'ziqul Berdiev.

"Biz uchinchi yil Ketma-ket Iordaniya jamoasi bilan bellashmoqdamiz. Bizni ertaga og'ir o'yin kutib turganini bilamiz. Ammo shunga qaramay biz ijobiy natijaga erishish uchun qo'limizdan kelganini qilamiz", - dedi Marko Stanoevich.

- "Nasaf" jamoasida Iordaniya klublariga qarshi etarlicha tajriba bor. Bu jamoaga ertangi o'yinga yordam beradimi? Matbuot anjumanida ham juda bosiq va jiddiy holda ishtirok etmoqdasiz.
- CHunki bizni ertaga jiddiy bahs kutmoqda. Iordaniya jamoalari bilan ketma-ket uchinchi yil ro'baro' kelmoqdamiz. “Al Faisaliy”, “Al Vehdat” jamoalarini yaxshi bilamiz. Har qaysi jamoa bilan o'ynaganimizda ularni o'rganamiz. Biz uchun bu tajriba. Bu mamlakat jamoalari bilan o'yinlarda ijobiy natijalarni qo'lga kiritganmiz. Lekin bu oson bo'lmagan. Orttirilgan tajribamiz biz uchun muhim. Bizni ertaga tajribali jamoaga qarashi qiyin uchrashuv kutmoqda.

- "Al Hussein" jamoasi haqida qanday malumotga egasiz? Jamoaning qaysi futbolchilari sizning diqqatingizni tortdi?
- Raqibni o'rganishga harakat qildik. “Al Hussein” ishtirokidagi uchta o'yinni ko'rib chiqdik. Bular OCHL 2 doirasida ikkita o'yinni va “Al Faisaliy”ga qarshi o'yinni o'rganib chiqdik. Raqibda jamoaviy o'yin yaxshi shakllangan. Tarkibda individual kuchli va biz tanigan futbolchilar bor. Bular “Al Faisaliy”dan “Al Husseinga” o'tgan futbolchi va OFK kubogi finalida bizga gol urgan Mahmud Al-Mardi.


"Nasaf" futbol klubi matbuot xizmati

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика