So’nggi yangiliklar

07:45Суперлига. Бугун дахшат учрашувлар бор  3 07:20Суперлига. "Пахтакор" сафарда "Машъал" устидан ғалаба қозонди, ОКМК эса "Бухоро"ни мағлуб этди  0 00:4437 ёшли Куадрадонинг янги клуби маълум  4 00:11Вирц "Ливерпул"да қайси рақамни олди?  3 23:42Отабек Нарзуллаев: "Менга ёққан томони - футболчиларимиз охиригача курашди"  0 23:22Камолиддин Тожиев: "Танаффусдан кейин тезда тонусга тушиб олиш осон эмас"  2 23:10Миржалол Қосимов: "Иккинчи даврани ғалаба билан бошлашни мақсад қилгандик"  1 22:55"Истанбул Башакшехир" ўртоқлик ўйинида "Истанбулспор"ни минимал ҳисобда мағлуб этди, Шомуродов ва Файзуллаев баҳсда иштирок этди  10 22:49Улуғбек Бакаев: "Футболда шунақа: сен урмасанг, сенга уришади"  7 22:20Manchester Evening News журналисти "Ман Сити"нинг Ҳусанов бўйича режаларини хабар қилди  5 21:58Суперлига. "Пахтакор" "Машъал" устидан минимал ғалабага эришди  37 21:55Суперлига. ОКМК Қаршида "Бухоро"дан устун келди   17 21:35Тадич янги клубга ўтди  0 21:05"Бавария" футболчиси Лондон клубига ўтади  1 19:53"Ливерпуль" келаси мавсум учун либосларини тақдим этди  12

Ro'ziqul Berdiev: "Raqibga munosib qarshilik ko'rsata olmadik" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Raqibga munosib qarshilik ko'rsata olmadik"

OCHL 4-tur uchrashuvi "Nasaf" - "Al Ahli" bellashuvidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev ishtirok etdi.

"Bugungi o'yinimiz bilan g'alabaga loyiq emasdik. Biz kutilgan va munosib o'ynay olmadik. Raqib yaxshi qarshilik ko'rsatdi. Barcha futbolchilarimizda hayajon sezilib turdi. O'yinlar hali bor va kurash davom etadi. Bizlar o'z imkoniyatimiz darajasida o'yinga tayyorgarlik ko'rgandikk va shunga yarasha reja tuzdik. Bu musobaqa juda yuqori saviyadagi turnir. Bu erda yuqori ijrochilar ko'p narsani hal etadi", - deya gap boshladi Ro'ziqul Berdiev.

- Artur Gevorkyan jamoaning etakchisi. Lekin u bugun o'zidan kutilgan futbolni ko'rsata olgani yo'q.

- Artur jarohatidan endigina forig' bo'lib safga qaytgandi. SHuni bois u bugun o'z imkoniyatarini to'liq namoyish eta olmadi. Keyin shuni ham takidlashni istardim, bugun raqib jamoadagi zaxira futbolchilari o'yinni sezilarli darajada kuchaytirib yuborishdi. Bizning zaxiradagi futbolchilarimiz esa ishonchni oqlay olishmadi. 

- "Nasaf"ni keyingi bosqichga chiqish imkoniyatlarini qanday baholaysiz?

- Imkoniyatlarimiz uch soat avvalgidan ancha pasaydi. Lekin hali imkoniyatlarimiz bor va bu uchun kurashni davom ettiramiz. Bizning oldimizga hech kim yuqori maqsadlarni qo'ymagan. Lekin biz oxirigacha kurashamiz va guruhdan chiqishga harakat qilamiz.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика