So’nggi yangiliklar

23:10"Манчестер Юнайтед" Кеннет Айхгорнга қизиқиш билдирмоқда  0 22:25"Ливерпуль" ва "Ювентус" "Бавария" форварди учун курашмоқда  1 21:38"Барселона" Кейн учун 64,5 млн евро товон пули тўлашга тайёр. "Бавария" форварди Левандовскийнинг ўрнига идеал номзод сифатида кўрилмоқда  4 20:58U-21 биринчилиги. "Пахтакор" - чемпион!  3 20:36Эндрик учун янги даъвогар пайдо бўлди  2 19:55Криштиану Роналду қизини 8 ёши билан табриклади: "Даданг сени жуда яхши кўради ????"  2 19:34Карло Анчелотти: "Реал"да дуранг — бу инқирознинг бошланиши?"  2 18:15Жоан Лапорта: "Ламин Ямал — даҳо, дунёда ўз позициясида энг яхшиси, аммо ҳали чўққига етмаган"  8 17:48Тони Пулис: "ВАР кўрилиши икки дақиқадан ошмасин ва соф ўйин вақтини жорий этиш керак"  4 17:08U-19 чемпионати. Ярим финалда Тошкент ҳамда Қашқадарё дербиси бўлади  1 16:53Жереми Доку: "Арсенал" ёки бошқаларни кузатмаймиз. Агар "Ман Сити" яхши ўйнаса, биз билан рақобат қилиш қийин"  7 16:14Гвардиола ёзда "Манчестер Сити"ни тарк этиши мумкин  2 15:27Жоан Лапорта: "Барселона" ва "Реал" ўртасидаги муносабатлар яхши эмас"  1 15:24"Футбол олами". "Нефтчи" чемпионликни Фарғонада нишонлаш имконига эга бўлди..."  6 15:03U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон - Панама 6:1  1

Ro'ziqul Berdiev: "Raqibda futbolchilar ko'p. SHu sababli ularning barchasini o'rganib chiqdik" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Raqibda futbolchilar ko'p. SHu sababli ularning barchasini o'rganib chiqdik"

OCHL 4-turi doirasida "SHarja"ga qarshi o'yindan oldin "Nasaf" bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev va jamoa yarim himoyachisi Akmal Mozgovoy matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Ro'ziqul Berdiev: - Oldimizdagi maqsad - g'alaba. Buning uchun bor kuchimizni berishimiz kerak bo'ladi. Raqiblar juda tajribali jamoa. Muhim pallalarda turibmiz. Ertangi uchrashuvda g'alabani, muxlislarni xursand qilishni ko'zlab maydonga chiqamiz.

Akmal Mozgovoy: - Ertaga bizni qiyin raqib kutib turibdi. "SHarja"ning kuchli va kuchsiz tomonlarini o'rganib chiqdik. Uchrashuvda muxlislarni, xalqimizni xursand qilishga, yaxshi natija ko'rsatishga harakat qilamiz. O'yinga tayyormiz.

- Mavsumning eng murakkab pallasida turibmiz. Ertangi o'yinga futbolchilarning jismoniy holati tayyormi?

Ro'ziqul Berdiev: - To'g'ri takidladingiz. Mavsumning bunday pallasida barchasi og'irlashib boradi. Hosilni yig'adigan payt kelyapti. Har bir turnirda o'zimizning maksimalimizni ko'rsatishga harakat qilyapmiz. OCHL guruh bosqichida ham jiddiy maqsad qo'yganmiz. Maqsadimiz - musobaqaning keyingi bosqichiga chiqish. Ertangi o'yinning jiddiyligi futbolchilarga ishtiyoq beradi va o'zimizga kerakli kuchni topib olamiz. Bu erda faqatgina kuch emas, aql bilan ham o'ynash kerak. CHunki ertangi natija jamoaning keyingi bosqichga chiqishiga tasir qiladi. SHu sababli yaxshi natija qilish umididamiz.

- "Nasaf"da qanday yo'qotishlar bor?

Ro'ziqul Berdiev: - So'nggi o'yinlarda ko'rganingizdek, Muhammadiev ishtirok etmayapti. Ergashevning ham jarohati bor. Jigauri ham jarohat olgandi, u mashg'ulotlarga qaytdi. Bu biz uchun quvonarli holat. Raqiblarda kimlar o'ynamasligini bilmayman, ammo ularda futbolchilar shunchalik ko'pki, bir-birining o'rnini to'ldira olishadi. SHu sababli ularning har bir futbolchisini o'rganib chiqishga harakat qilamiz. Bilamiz, "SHarja" qarshi hujumlarda tez o'ynaydi, individual jihatdan kuchli futbolchilari ko'p. 

- "Nasaf" ertangi o'yinda g'alaba qozonsa, buni kimga bag'ishlaysiz?

Ro'ziqul Berdiev: - Muxlislarimiz juda ko'p. OCHLda esa faqatgina o'zingiz yoki viloyatingiz uchun emas, balki, butun O'zbekiston uchun o'ynaysiz. Ertangi uchrashuvda ham o'zbek xalqini xursand qilish uchun o'ynaymiz.

- O'tgan o'yinda raqib darvozasini ishg'ol qilgandingiz, biroq gol hisobga olinmagandi. Ertangi o'yinda buning alamini olish imkoni bormi?

Akmal Mozgovoy: - Ertaga bor kuchimizni namoyish qilib, yaxshi niyatda yaxshi natija uchun harakat qilamiz. Mendan gol kutish mumkinmi? Nasib qilsa.

- "Nasaf" OCHLda o'z maydonida ishonchliroq o'ynaydimi yoki safarda bosimlarsiz?

Akmal Mozgovoy: - O'z maydonimizda muxlislarimiz xuddi 12-o'yinchidek bo'lib turishadi. SHu sababli uyda sal osonroq bo'ladimi deb o'ylayman. 

Ro'ziqul Berdiev: - Bu musobaqada ketma-ket ikki yildan beri qatnashyapmiz. Yigitlar bunday bahslarda nimalar kerakligini anchagina tushunib qolishdi. SHularni esdan chiqarmagan holda o'yinda harakat qilish kerak bo'ladi. Daraja, saviya bu erda katta rol o'ynaydi. Bu yigitlar bilan ketma-ket ikkinchi yil turnirda qatnashyapmiz. Yigitlar anchagina tajriba yig'ib olishdi. "SHarja"da mag'lubiyatga munosib emasdik. Uydami, safardami o'z o'yinimizni ko'rsatib, natija olishga harakat qilamiz. 

- "SHarja" bosh murabbiyiga "Nasaf"ning o'sha paytdagi va hozirgi o'yinida qanday o'zgarishlar borligi haqida savol berildi. Sizningcha o'sha paytdagi "SHarja" va hozirgi "SHarja" o'rtasida qanday farq bor?

Ro'ziqul Berdiev: - Olariu uzoq yillardan beri BAA jamoalarida ishlaydi, mamlakatning mashhur murabbiylaridan biri hisoblanadi. Natijalari ham yomonmas. Ushbu murabbiyning kelishi "SHarja"ning oldidagi maqsadlari ulkanligini bildiradi. Tarkibiga qaraydigan bo'lsak, "SHarja"ning vazifalarini bilib olamiz. "Al Ahli"da ishlaganida bu murabbiyni bilardim. O'shanda tarkibimizda Gevorkyan, SHomurodov kabi futbolchilar o'ynardi. Mahoratga ham tayanardik. Undan keyin esa biz ko'proq o'z yoshlarimizga, akademiyamizga etibor qaratishni boshladik va shu tariqa jamoa shakllantirdik. Individual jihatdan kuchli bo'lmagan futbolchilar kamligi uchunu jamoaviylikka etibor berdik. Bu qaysidir manoda o'zini oqlamoqda. Raqib murabbiyining iliq fikrlar aytgani, "Nasaf" uchun ham yoqimli.

- "Al Ahli"da ishlaganda ushbu murabbiyga raqib bo'lgansiz, "SHarja"da ham raqib bo'ldingiz. Ushbu murabbiyning faoliyatida qanchalik o'sish bo'lgan?

Ro'ziqul Berdiev: - Muntazam kuzatmaganman. Bunga vaqtimiz ham kam bo'lgan. Ancha yildan buyon BAAda ishlayaptimi, demak, talabgir murabbiy hisoblanadi. O'z uslubi bor va buni har bir jamoasiga singdirib keladi. O'tgan o'yindan keyin ham u bilan iliq gaplashdik va u "Nasaf"ning sifatli o'yin namoyish qilganini aytdi. Ertangi o'yin ham bundan mustasno bo'lmaydi. Jamoamiz faqatgina sifatli o'yin ko'rsatishga harakat qiladi.

Reyting: +25   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика