So’nggi yangiliklar

10:15"Олимпик-MobiUz" февраль ойида Марказий Осиё жамоаларига қарши назорат учрашуви ўтказади  0 09:52"Атлетико" Симеонега ўринбосар қидиришга киришди. Мураббий мавсум якунида жамоани тарк этиши мумкин  3 09:25Илҳом Мўминжонов: "Бубаня билан келишувга эришилди. Олдимизда Суперлигага чиқиш вазифаси турибди"  1 09:00Эшитдик-да! "Бухоро" собиқ футболчилари "Истиқлол"га ўтмоқда  1 08:35Санжар Шоаҳмедов "Металлург"да  1 08:05Маҳмуд Маҳамаджонов: "Андижон"га совринлар ютиш учун келдим"  6 07:40"Арал" россиялик ҳужумчи билан шартнома имзолади  1 00:58Трент АПЛга қайтиши мумкин  6 00:39Саудия Арабистони. "Ал Насср" Роналдусиз иккинчи ўйинда ҳам ғалабага эришди  11 00:11Пеп Гвардиола: "Ливерпуль" ўзгача жамоа бўлиб қолаверади"  4 23:47"Реал" вингери сафдан чиқди  8 23:24"Ал Насср" футболчиси "Зенит"га ўтмоқда  5 22:59Роналду "Ал Иттиҳод"га қарши ўйнашга тайёр бўлган  16 22:30Хамес Родригеснинг янги жамоаси эълон қилинди  2 22:09Расман: Абдуқодир Ҳусанов - "Манчестер Сити"да ой футболчиси!  27

Ro'ziqul Berdiev: “Raqib to'g'ri yo'lni tanladi” Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: “Raqib to'g'ri yo'lni tanladi”

“Qizilqum” – “Nasaf” (0:0) uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida dastlab mehmonlar ustozi Ro'ziqul BERDIEV o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

-Bugun ikki xil taymga guvoh bo'ldik. Birinchi taymda “Qizilqum” ustunlik qilib turgandi. Ular bir kishi kam bo'lib qolgach, ikkinchi bo'limda to'liq ustunlik qildik. Lekin raqib darvozasi oldida yigirmaga yaqin xavfli vaziyatlarni yaratdik, zarbalar berdik. Bazida omadimiz kelmagan bo'lsa, ayrim vaziyatlarda darvozabon yaxshi harakat qildi.
Mezbonlar bir kishi kam bo'lib qolishgach, asosiy etiborni himoyaga qaratishdi. O'ylashimcha, ular eng to'g'ri yo'lni tanlashdi. CHunki 10 kishi bo'lib qolib bir ochkoni qo'lga kiritish “Qizilqum” uchun muhim edi. Bu durang bizni qoniqtirmaydi. CHunki safarda to'p tepsakda, bir bo'lim raqibdan bir kishi ko'p bo'lib harakat qilib, gol ura olmadik. O'yin oxiridagi vaziyat? Ha, biz shunday bo'lishini sezgandik. Raqib asosiy etiborni himoyaga qaratib, o'yin oxirida qarshi hujumda gol urib ketishi mumkin edi. O'sha vaziyatda Muxtorov qo'pol xatoga yo'l qo'ydi. Lekin baxtimizga darvozabonimiz jamoani muqarrar goldan saqlab, bizni mag'lubiyatdan qutqarib qoldi.

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика