So’nggi yangiliklar

12:04Усмон Дембеле кетма-кет 7 ўйинда гол урди  0 10:57Легионерларимизга аталган кун. Бугун Ҳусанов, Ғаниев, Эркинов, Турғунбоев жамоалари ўйнайди   3 10:16"Машъал" янги мавсумга тайёргарликни Тошкентда давом эттиради  0 09:43Sofascore. Отабек Шукуров "Ал Насср" билан учрашувда неча баҳо олди?  5 09:10"Металлург" собиқ мураббийи Мальдив ороллари жамоасида иш бошлади  4 08:35"Шўртан" дарвозабони легионерга айланди  1 08:05Ўзбекистонлик ҳимоячи Тожикистон совриндори сафига бориб қўшилди  0 07:35Суперлига. Жамоаларда амалга ошаётган трансферлар барчаси битта саҳифада   78 03:03Франция. ПСЖ "Монако"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  5 02:53Англия Кубоги. "Манчестер Юнайтед"дан камбэк! Магуайр 90+3-дақиқада гол уриб, жамоасига ғалаба келтирди  12 02:43А Серия. Сўнгги дақиқадаги пенальти "Ювентус"га ғалаба олиб берди  4 02:25Бундеслига. "Бавария" йирик ғалабага эришди, Кейндан дубль  0 00:43Мартинелли қанча вақтни майдондан ташқарида ўтказади?  0 00:23Саудия Арабистони. Иккитадан пенальти ва қизил карточка кўрсатилган ўйинда "Ал Аҳли" ғалабага эришди  0 23:13Роналду кетма-кет 5 ўйинда гол урди  107

Ro'ziqul Berdiev: “Raqib rejasini buzish uchun avval bitta gol urishimiz kerak edi” Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: “Raqib rejasini buzish uchun avval bitta gol urishimiz kerak edi”

Oliy liganing 7-turidan o'rin olgan “Nasaf” – “Andijon” (3:0) uchrashuvidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar ustozi Ro'ziqul Berdiev savollarga javob berdi.

- Muxlislarimizni g'alaba bilan tabriklayman. O'yinga keladigan bo'lsak, birinchi bo'limda “Andijon” jamoasining murabbiylari tomonidan ishlab chiqilgan taktika o'zini oqladi. Bu rejani buzish uchun biz gol urishimiz kerak edi. Hisobni ochganimizdan so'ng, ko'rdinglar yana ikki bor to'p kiritdik. Yana bir narsani takidlab o'tish kerak, bugun yangi kuch, o'zgartirilgan taktika bu – Islombek Rashidxonovdir. Iqtidorli futbolchi zaxiradan maydonga tushgach, o'yinimizni kuchaytirdi va o'zgarish qila oldi. Muhimi OCHL o'yini oldidan g'alaba qozonib, kayfiyatni ko'tarib oldik. O'ylaymanki haqli ravishda g'alaba qozondik.

- Deyan Bolevichda o'yin amaliyoti kam bo'lsada, uchrashuvda o'zini ko'rsatishga xarakat qildi. G'alabaga hissa qo'shish va muxlislar mehrini qozonish uchun astoydil o'ynadi. Umuman olganda, chernogoriyalik himoyachi o'z ishini yaxshi bajardi.

- Saydullo Rahmatovni bugun chap qanot yarim himoyasiga qo'ygandik. Lekin u o'yinga kirishib keta olmadi  – deydi Ro'ziqul Sadullaevich.

“Andijon” matbuot xizmati.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика