So’nggi yangiliklar

01:15Расман: Азизбек Амонов "Бухоро" футболчисига айланди  0 01:04Равшан Ҳайдаров: "Йигитларда иштиёқ катта эди. Мухлислар қўллови билан ғалабага эришдик"  0 00:57Нодирбек Абдураззоқов: "Японияга қарши ўйинда ғалаба учун майдонга тушамиз. Голимни Ислом Тўхтахўжаевга бағишлайман"  2 00:45"Ювентус" Консейсауни "Порту"дан тўлиқ сотиб олди  0 00:17Рэшфорд "Барса" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  1 23:55"Андижон" назорат ўйинида камбэк эвазига ғалаба қозонди  1 23:24Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАга қарши баҳс олиб боради  1 22:59"Ливерпуль" тўхтамоқчи эмас. Клуб Франция чемпионатидан вингер сотиб олмоқчи  0 22:35U-23. Ўзбекистон – Саудия Арабистони 3:1  3 22:25Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Саудия Арабистонига ҳеч қандай имконият қолдирмади  24 21:41Мюллер фаолиятини МЛСда давом эттиради  3 20:59Родриго "Реал"да қолмоқчи. Футболчи Алонсонинг фикрини ўзгартириш ниятида  5 20:21"Кристал Пэлас" Европа Лигасида четлаштирилиши бўйича спорт арбитраж судига апелляция берди  0 19:51Хави Симонс "Челси"га ўтишга рози  1 19:27Де Хеа: "Манчестер Юнайтед"да ўтказган йилларим учун Англиядан тушган таклифларни рад этдим"  2

Ro'ziqul Berdiev: "Raqib mahoratli o'yinchilarga ega jamoa, ammo biz ko'proq o'z o'yinimizga etibor berishimiz zarur" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Raqib mahoratli o'yinchilarga ega jamoa, ammo biz ko'proq o'z o'yinimizga etibor berishimiz zarur"

Xabaringiz bor, ertaga, 27 noyabr kuni "Nasaf" CHempionlar Ligasi-2 guruh bosqich 5-turi doirasida "Al Quvayt" klubini qabul qiladi.

Bugun o'yindan avvalgi matbuot anjumani bo'lib o'tdi va uning birinchi qismida "ajdarlar" ustozi Ro'ziqul Berdiev va futbolchi Javohir Siddiqov ishtirok etishdi. 


"Assalomu alaykum. Barchaga xayrl kech. Ertangi raqibimiz bilan bir o'yin o'tkazdik. Mahoratli o'yinchilarga ega jamoa. Ular haqidagi malumotlarni yangiladik, yigitlarga etkazdik. Bu biz uchun o'ta muhim bellashuv va unga jiddiy yondashamiz", - dedi Ro'ziqul Berdiev.

Javohir Siddiqov: "Murabbiyimiz takidlaganidek bizni yaxshi jamoaga qarshi o'yin kutmoqda. Xudo xohlasa, barcha futbolchilar 100% tayyor. Bizda mavsum yakuniga etib bormoqda. SHu sababli, o'z maydonimizda, muxlislar ko'z o'ngida o'zimizning maksimal o'yinimizni ko'rsatib, Qashqadaryo ahliga g'alaba, xursandchilik taqdim etish niyatidamiz".

Ro'ziqul Berdiev: "Nazarimda, hamkasbim (Neboysha Yovovich) bizning guruhda tengkuchli jamoalar yig'ilgan. Har bir mamlakatning kuchli vakillari jam bo'lgan. Har ikki jamoa bir-biriga munosibligi birinchi o'yinda ham ko'rindi. O'ylaymanki, bu o'yinga yaxshi tayyorgarlik olib bordik. Yigitlar ham uchrashuvning muhimligini, vaziyat jiddiyligini tushunib turibdi. SHuning uchun ertangi o'yinda biz natija uchun harakat qilamiz. Maydonda bor kuchimizni ishga solib, ushbu jamoadan kuchliligimizni isbotlashimiz kerak bo'ladi.

Xabaringiz bor, "Quvayt SK" bilan birinchi o'yin durang natija bilan yakunlangan, o'sha o'yinga to'liq tarkibda bormagandik. Har bir jamoada 10 nafar emas, 20ga yaqin turli futbolchilar bo'ladi. Mehmonlar safida tajribali, mahoratli turli terma jamoa azolari, legonerlar ham bor. Bazi o'yinlarda ular taktik sxemani ham o'zgartirib turishi mumkin. SHuning uchun biz ko'proq o'z o'yinimizga etibor qaratishimiz kerak bo'ladi. Albatta, raqib o'yinini bilgan holda".


Javohir Siddiqov: "Ichki chempionatda biz maqsadimizga etdik. Oxirgi o'yinlardagi omadsizliklar sababmi, tanqidlar yangrab o'tdi. Biroq men ishontirib ayta olamanki, ertangi bahsda har bir futbolchi alo kayfiyatda harakat qiladi. Sababi biz nafaqat "Nasaf" uchun, balki butun O'zbekiston nomidan maydonga tushamiz. Boshqa tomondan, takidlaganimdek, biz o'z maydonimizda, muxlislarimiz qarshisida o'ynaymiz. Avvalgi o'yinlardagi omadsiz natijalar tasir qilmasligiga maksimal darajada harakat qilamiz".


Nasaf Qarshi

AFC Champions League Two Grp. D . 5-tur

27/11/2024, 19:00

2
:
1
Tugadi

Kuwait SC

45'
90'

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика