So’nggi yangiliklar

00:14Отабек Нарзуллаев: "Мақсадимиз кубок финали эди. Энди бор эътиборимиз Суперлигага қаратилади"  0 23:55"Ювентус" Влаховични Салемакерсга алмаштирмоқчи. "Милан" ушбу келишувга рози бўлиши мумкин  0 23:35МЮ Майнунинг келажаги бўйича қарорни яқин икки кун ичида қабул қилади  1 22:35Ўзбекистон Кубоги. 100 дақиқа давом этган учрашувда "Пахтакор" "Машъал"ни енгиб, ярим финалга йўл олди  45 22:07Лондон клуби Испания терма жамоаси ўйинчисини 50 млн евро эвазига харид қилишга яқин  1 21:23"Реал"нинг собиқ ҳимоячиси Лукас Васкес янги клуби билан шартнома имзолади  0 20:30Хаби Алонсо: "Карвахаль Испания терма жамоасига қайтишни хоҳлайди"  1 20:10Футзал. БМБ – "Оил Стар" 5:1   0 19:55Футзал. БМБ "Оил Стар"ни 4 та тўп фарқи билан мағлуб этиб, Ўзбекистон Суперкубогига эга чиқди!  9 19:49Суперлиганинг 20-турида ҳакамлар жуда кўп хатога йўл қўйди  4 19:29Про лига. "Арал" "ФарДУ"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди   7 19:22Тимур Кападзе: "Ўмон билан ўйинда легионерлар бизга ёрдам беролмайди"  15 19:01Хаби Алонсо Рюдигернинг жисмоний ҳолати ҳақида тўхталди  0 18:34Онана Ла Лигага йўл оладими?  4 18:01Расман: "Боруссия Д" "Челси" ярим ҳимоячиси трансферини расмийлаштирди  2

Ro'ziqul Berdiev: "Rahbariyat jamoa oldiga vazifa qo'ymagan" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Rahbariyat jamoa oldiga vazifa qo'ymagan"

Oliy liga 2-tur uchrashuvi "Olmaliq" - "Nasaf" o'yinidan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanining birinchi qismida mehmonlar bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev ishtirok etdi.

"Biz Olmaliqda og'ir o'yin bo'lishini bilardik. Jamoamiz bu uchrashuvga ancha toliqib kelgandik. Ha, "Olmaliq" kuchli jamoa. Lekin shuni ham takidlab o'tishim kerakki, bugun hakamlar mezbonlar foydasiga juda ko'p xato qilishdi. Bazi bir teng kurashlar ostida o'tadigan o'yinlarda bu jihat katta rol o'ynaydi. Buni albatta ko'rib chiqamiz va agarda hakamlar xato qilgan bo'lsa, unda kerakli joylarga etkazamiz. O'yin borasida nima deyish mumkin. Avvalo "Olmaliq" jamoasini g'alaba bilan tabriklayman. Bu jamoa o'tgan yilgi "Olmaliq" emas. Ular ham o'z oldilariga yuqori maqsadlar qo'yishgan bo'lsa kerak. Bellashuvda har ikkala jamoada ham ko'plab imkoniyatlar bo'ldi. Lekin vaziyatni o'nglashni uddalay olmadik. Umuman ushbu bahsda futbolchilarimiz toliqib qolishgani sezilib qoldi", - deya Ro'ziqul Berdiev o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- Oleksandr Koblashning o'yini haqida fikrlaringiz? Hujumchi sizningcha legioner maqomiga mos o'yin namoyish etmoqdami?
- Bu alohida mavzu. Uning o'yini bizni umuman qoniqtirmayapti. U bilan jiddiy gaplashib olamiz. O'ynasa o'ynaydi, bo'lmasa u bilan tuzilgan shartnomani bekor qilamiz. Koblashning hozirgi ko'rsatayotgan o'yini bizni aslo qoniqtirmaydi. Buni o'ziga ham aytib o'tdim.

- Bugun himoya markazida Botir Qoraev o'ynadi. Qoraev ikkinchi qavatda raqibi Yovanovichga to'liq imkoniyatni boy berdi. Nega SHerzod Azamov yoki Maqsud Karimov o'ynamadi?
- Tarkibda bir qator o'zgarishlarga qo'l o'rganimizning sababi bundan oldin qiyin va muhim o'yinni o'tkazganimiz. SHerzod Azamov va Maqsud Karimovning o'ynamaganining asosiy sababi shunda. Tarkibdagi barcha futbolchilarga imkon berishimiz zarur. Mashg'ulotlarda qaysi futbolchi ko'proq tayyor bo'lsa aynan shu futbolchini maydonga qo'yishimiz lozim.

- Ushbu mag'lubiyatdan keyin jamoani ruhiy holatini tiklashda muammolarga duch kelmaysizmi?
- Bu narsa bizga bosh og'riq bo'lmaydi. Hozir asosiy etiborimiz Osiyo chempionlar ligasiga qaratilgan. Bu o'yinni tezda esdan chiqarib, futbolchilarni keyingi bahslarga ruhiy taraflama tayyorlaymiz. Bu muammo emas.

- Artur Gevorkyanning jarohati qanchalik jiddiy?
- Uning jarohati jiddiy emas. U keyingi mashg'ulotlarimizdan boshlab shug'ullanishni boshlaydi. O'ylaymanki, keyingi bellashuvlarda Artur bizga yordam bera oladi. Uning maydonda yo'qligi bugun bilindi.

- Jamoa oldiga ushbu mavsumda klub rahbariyati tomonidan aniq bir vazifa qo'yilganmi. Biz bilamizki, rahbariyat odatda "Nasaf" oldiga aniq vazifa qo'ymay keladi.

- Rahbariyat hech qachon bizlarni oldimizga kelib aniq vazifa qo'ymagan. Lekin jamoaning o'zi har doim sharoitlardan kelib chiqqan holda o'z oldiga yuqori maqsadlarni qo'yib keladi. Ammo klub rahbariyati oldimizga kelib mana shu o'rinni olasan yoki bu sovrinni qo'lga kiritasan deb vazifa qo'ymagan.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика