So’nggi yangiliklar

07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  32 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  2 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  2 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  4 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  2 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  12 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  3 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  2 20:52"Интер" Канселу трансфери бўйича "Ал Ҳилол" билан келишувга эришди, аммо...  2 20:24"Ман Сити" Гвардиол ва Диашнинг жароҳати сабаб қишки трансфер ойнасида ҳимоячи сотиб олмоқчи  17 19:50"Бавария"нинг порлаб келаётган юлдузи "Реал"да ўйнашни орзу қилади  3 19:22Ашортиа: "Андроникашвили билан биргаликда "Андижон" яхши натижаларига эришиши учун ёрдам берамиз"  1

Ro'ziqul Berdiev: "Qobuljonovni tezroq sog'ayib, maydonga qaytishini tilayman" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Qobuljonovni tezroq sog'ayib, maydonga qaytishini tilayman"

Matbuot anjumanining navbatdagi qismida jamoamiz bosh murabbiyi Ro'ziqul Sadullaevich ishtirok etdi va o'yin haqidagi o'z fiklarini bildirib o'tdi.

- O'yinga tuzgan rejamiz, o'ylaymanki amalga oshdi. Bugungi o'yinda futbolchilarimizga asosiy vazifa qilib, o'yin boshida hisobda oldinga o'tib olish qo'yilgan edi. Nima uchun bunday reja tuzgan edik? O'zlaringizga malum, bundan ikki kun oldin og'ir o'yin o'tkazdik, yigitlar bu o'yinda katta kuch sarf qilishgan edi. Bugun kuchimiz borida tezroq gol urish edi. Buni amalga oshirdik. Ikkinchi bo'limda asosiy etiborni himoyaga qaratdik, chunki kubok bahsida o'z maydonida gol o'tkazib yuborish, og'ir oqibatga olib keladi. Bugungi o'yinda bizni qo'llab-quvvatlagan muxlislarga ham, maydonda harakat qilgan o'inchilarimizga ham minnatdorchilik bildiraman. Yigitlarimiz toliqqan bo'lishlariga qaramasdan yaxshi o'yin namoyish etishdi.
 
To'g'ri, biz uchun o'yin taqvimi tizig'roq, shunday bo'lsada harakat qilamiz keyingi o'yinlarda ham ijobiy natija uchun o'ynashga.
 
Hamrobekov ayni kunlarda umumiy mashg'ulotlarda ishtirok etmoqda. U yaqin vaqtlarda jamoamizga yordam berishi mumkin. Rahmatullaevning maydonga qaytishiga hali vaqt bor. U endi jarohatidan forig' bo'ldi, ammo unga hali muolajalar kerak.
 
Bugungi o'yinda kutilmaganda “Buxoro” jamoasi darvozaboni Sardor Qobuljonov og'ir jarohat oldi. Afsuski bunday holatdan, yani jarohat olishdan futbolchi kafolatlanmagan. SHaxsan o'zim nomimdan unga tezroq sog'ayib, maydonga qaytishini tilayman.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика