So’nggi yangiliklar

16:35Расман: Шуҳрат Муҳаммадиев "Локомотив"га қайтди  2 16:21Инсайд тасдиқланди: Озарбайжон клуби Раҳмоналиевни сотиб олди  1 16:01Расман: "Челси"га янги бош мураббий тайинланди  2 15:31Ўзбекистонлик ҳакамлар U-23 Осиё Кубоги 1-тур ўйинига тайинлов олди  0 15:27Аббос Отахонов: “Иложи борича юқори ўринлар учун курашамиз”  1 15:05"Насаф" легионер футболчиси билан хайрлашди  6 14:49"Хоразм" машғулотлари Championat.asia объективида  0 14:30Равшан Ҳайдаров: "Ёш таркиб билан иштирок этишимизга қарамай, мен жамоамизга ишонаман"  5 14:10"Хоразм" Тошкентда тайёрланмоқда  2 13:42"Манчестер Юнайтед" бош мураббий лавозими учун асосий номзодларни белгилаб олди  8 13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  3 12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  2 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  2 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  4 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  4

Ro'ziqul Berdiev: "Pro-liganing emas, "Dinamo"ning darajasi Superligaga yaqin ekan" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Pro-liganing emas, "Dinamo"ning darajasi Superligaga yaqin ekan"

O'zbekiston kubogi musobaqasining yarim final bosqichidan o'rin olgan "Nasaf" - "Dinamo" (2:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Kelinglar, sizlar orqali "Dinamo"ni Superligaga qaytgani bilan tabriklaymiz. Samarqandliklar bejiz kubokda 3 ta Superliga klubini musobaqadan chiqarib yuborishmagan ekan. Bugun ular maydonda shuni yana bir bor isbotlashdi.

Yigitlarga bu o'yin haqida jiddiy munosabatda bo'lishlari haqida aytgandim. G'alabamizga sabab bo'lgan omil gollarni o'z vaqtida urib olganimiz bo'ldi. Agar "Dinamo" birinchi bo'lib hisobni ochganida bizga qiyin bo'lardi.

- "Dinamo" bugun chindan ham yaxshi o'ynadi. Sizningcha, bu Pro-liga va Superliga darajasini yaqinlashib qolganidan dalolat beradimi?

- Pro-liganing emas, "Dinamo"ning darajasi Superligaga yaqin ekan. Ular bugun shuni yana bir bor isbotlashdi. Aytish joiz bo'lsa, "Lokomotiv" va "Qo'qon-1912" jamoalarining darajasi Superligaga mos keladi.

- "SHarja" bilan o'yin haqida...

- Biz ularning avvalgi ikki o'yinini ko'rib chiqdik. Jamoa kam gol o'tkazadi, himoya chizig'i kuchli. Tarkibida kuchli legionerlari bor. Biroq, biz har bir o'yinda maksimal natija uchun harakat qilaveramiz.

- Azizbek Amonov  dastlab jamoa o'yiniga tushmadi deya baholangandi. Biroq, siz unga ishonishda davom etdingiz. Uning hozirgi o'yini haqida fikringiz qanday?

- Har qanday futbolchi uchun jamoaga moslashib ketishiga vaqt kerak. Amonov hozirda jamoamizga kirishib ketdi, ko'p mehnat qilayapti. Muhimi, jamoaga foydasi tegayapti.

- Alibek Davronov qizil kartochka olgan vaziyatga munosabatingiz?

- U maydonga jamoaga yordam berish ishtiyoqida yonib tushdi. Birinchi vaziyatda etiborsizlik qildi. Ikkinchi vaziyatda futbolchi bilan tortishib ketgani uchun jazolandi.

- Umidjon Ergashevning holati qanday?

- Hozircha bilmaymiz. O'sha vaziyatda kontakt yo'q edi, balki mushaklarini tortib olgandir. Tez orada safimizga qaytadi deb o'ylayman.

Reyting: +28   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика