So’nggi yangiliklar

12:04Тен Хаг топ клубга бош мураббий бўлмоқда  1 11:23"Реал" ПСЖ юлдузини харид қилмоқчи  3 11:00Каору Митоманинг янги жамоаси деярли аниқ  1 10:34Кевин Де Брюйне “Наполи“да қанча маош олиши маълум  1 10:08“Майдонда максимал даражада кучимизни сарфлаймиз, бизда ишонч бор” - Дониёр Абдуманнопов “Сурхон”га қарши ўйин, чиройли гол ва Суперкубок ҳақида  2 09:40Васкес фаолиятини Осиёда давом эттириши мумкин  3 09:11Ҳусановнинг собиқ мураббийи Англия жамоасини бошқаради  3 08:43Мбаппе “Олтин бутса“ учун курашда биринчи ўринга чиқиб олди  18 08:17Sofascore. Захирадан майдонга тушиб, ассист қайд этган Файзуллаев неча баҳо олди?  3 08:00Суперлига. "Нефтчи" "Шўртан"ни йирик ҳисобда мағлубиятга учратди. "Сўғдиёна" эса ўз майдонида "Бухоро" билан дуранг ўйнади  2 07:54Суперлига. Бугун 3-та учрашув бор  7 07:27АПЛга йўл олган учинчи жамоа номи маълум  7 03:31Франция кубоги. ПСЖ "Реймс"ни йирик ҳисобда мағлуб этиб, бош совринга эга чиқди  7 03:13А Серия. "Милан" сўнгги ўйинда "Монца"ни қийинчиликсиз таслим этди, жамоа кейинги мавсум еврокубокларда иштирок этмайди  1 03:02Германия кубоги. "Штутгарт" финалда учинчи лига жамоаси бўлмиш "Арминия"ни мағлуб этиб, Германия кубогини қўлга киритди - 4:2. Мийо дублга эришди  5

Ro'ziqul Berdiev: "Persepolis" hozirgi paytda Eronning eng yaxshi jamoasi" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Persepolis" hozirgi paytda Eronning eng yaxshi jamoasi"

“Nasaf” – “Persepolis” jamoalari o'rtasidagi bo'ladigan uchrashuv oldidan o'tkazilgan matbuot anjumanining navbatdagi qismida mezbonlar ustozi Ro'ziqul Berdiev hamda himoyachi Igor Golbanlar ishtirok etishdi.

Ro'ziqul Berdiev: - Ertaga bizni qiyin o'yin kutib turibdi. Ular deyarli mamlakat chempionligini hal qilib bo'lishdi. Endi ular bor etiborini OCHLga qaratgan. Raqibimiz hozirgi paytdagi Eronning eng yaxshi jamoasi hisoblanadi. SHuni hisobga olib, ertaga bo'ladigan o'yinni biz uchun murakkab deb hisoblagan bo'lardim. SHularga qaramasdan biz jamoamizni imkon darajasida o'yinga yaxshi tayyorlashga harakat qildik. Biz uchun ertaga oxirgi imkoniyat bo'ladi. Bizda ozgina bo'lsada raqibimizga nisbatan imkoniyat bor, bundan foydalanishimiz zarur.

Osiyo chempionlari ligasida ochiq futbol o'ynash og'ir oqibatga olib kelish mumkin. Biz ertaga himoyada ham tartibli o'ynashimiz kerak. Biz bu o'yinda g'alaba uchun o'ynashga majburmiz. CHeranning ertaga maydonga tushish tushmasligi bugun aniq bo'ladi. Afsuski uning holatidan kelib chiqib shuni aytish mumkinki, u to'liq bizga yordam berishga tayyor emas. Bizga u keyingi o'yinlarga ham kerak bo'ladi. SHuning uchun balki ertaga tavakkal qilmasligimiz ham mumkin. Ammo qisqa bo'lsa ham  uni ertaga maydonga tushirish niyatimiz bor. Ertaga qaysi futbolchilarimiz to'liq tayyor bo'lsa, shu o'yinchilarimiz maydonga tushiriladi. Doniyor Narzullaev biz bilan umumiy guruhda bir hafta mobaynida shug'ullanayapti. Uning ahvoli ancha yaxshi, futbolchimiz bizga yordam berishga tayyor.

To'g'ri, bazi o'yinchilarimizda jismonan charqoq bo'layotgani haqida ko'p gapirilayapti. Ammo futbolchi bunga qaramasdan, muhim o'yinlarga kuch topa olishi kerak. Masalan, Azizjon G'aniev ketma-ket o'yinlarda maydonga tushishiga qaramasdan o'zida kuch topa olayapti va borini berayapti. Professional futbolchi aslida shunday bo'lishi kerak.

“Persepolis” jamoasining keyingi o'yinlarini ko'rib, o'rganib chiqdik. Jamoa jismonan va taktik kuchli o'yin ko'rsata oladi. SHuningdek himoyada deyarli xato qilmaydi. Biz esa ertaga ularni xato qilishga majbur qilishimiz talab etiladi. Takroran aytaman bizni ertaga faqat g'alaba qoniqtiradi. Muxlislarimizga ham fursatdan foydalanib murojaat qilmoqchiman, ertaga biz uchun ularning daldasi ham har qachongidan zarur. Agar ularga o'yinimizga ko'proq tashrif buyurib, bizni qo'llab-quvvatlashsa bu ham bizga qo'shimcha kuch beradi.



Igor Golban: - Biz ertaga bo'ladigan o'yinda faqat uch ochkoni qo'lga kiritish uchun maydonga tushamiz. Guruhimiz turnir jadvalidagi holatimiz shuni taqazo etadi. Hatto bizni durang natija ham qoniqtirmaydi. SHuning uchun ertaga bo'ladigan o'yinda faqat g'alaba qozonish.

Reyting: +30   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика