So’nggi yangiliklar

13:35"Арсенал" "Адана Демирспор" дарвозабонини сотиб олмоқчи бўлган  1 13:09Расман: "Лейпциг" ПСЖ футболчисини рекорд суммага сотиб олди  0 12:37Рўзимбой Аҳмедов: "Хоразм" Суперлигада рақибларига "бош оғриқ" бўла олади"  3 12:19Серхио Рамос ўзига янги жамоа топди  0 11:56"Ал Насср" АПЛда тўп тепаётган осиёлик футболчи учун 107,5 млн евро тўлашга тайёр  2 11:35Расман: "Барселона" футболчиси "Ал Иттиҳод"га ўтди  2 11:15"Хоразм" Туркияда йиғин ўтказади   2 10:50Устоз-шогирд АПЛда ой мураббийи бўлишга номзод  1 10:44"Нефтчи": Йўлдошев жамоамизга эркин агент сифатида текинга олинди  9 10:17Трансфермаркет «Нефтчи» Иброҳимҳалил Йўлдошевни қанчага сотиб олганини эълон қилди  13 09:45«Ал Насср» АПЛнинг яна бир футболчисига 64 миллион евро таклиф қилди  2 09:13Sofascore. Навбатдаги голини урган Шомуродов неча баҳога лойиқ кўрилди?  18 08:40ПСЖ футболчисини 50 миллион еврога сотиб юборди  1 08:10Европа лигаси. «Рома»нинг кейинги босқичдаги эҳтимолий рақиблари маълум  2 07:40Клаудио Раньери Шомуродовнинг келажаги ҳақидаги саволга жавоб берди  35

Ro'ziqul Berdiev: "O'ylaymanki, hammasi ortda qoldi" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "O'ylaymanki, hammasi ortda qoldi"

Superliganing 17-turidan o'rin olgan "Turon" - "Nasaf" (0:2) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev fikrlarini bildirib o'tdi.





O'yin haqida

"Avvalambor, Assalomu alaykum! Sizlar orqali muxlislarimizni tabriklaymiz. O'yin ajoyib muhitda o'tdi. Maydon holati, ob-havoning yaxshiligi futbol o'ynash uchun qulay bo'ldi. Asosiysi, himoyada bexato harakat qildik. Mazkur omil g'alabamizga zamin yaratdi. SHuningdek, hujumda yaratilgan vaziyatlardan unumli foydalandik. Barcha rejalarimizni amalga oshira oldik. Mazmunli va tartibli o'ynab, g'alabaga erishdik. Superligadagi g'alabamizni muxlislar uzoq kutib qolishgandi. Uch ochko bilan yana bir bor barchani tabriklaymiz", – deydi Ro'ziqul Berdiev.

- O'yin davomida jamoangiz haqiqatdan ham tartibli o'ynadi. Raqib hujumga o'tgan pallada to'pni ko'proq ushlashga urindi. Bu oldindan o'ylangan rejamidi?

- "Turon" jamoasining so'nggi uchrashuvlarini o'rganganimizda o'z maydonida juda keskin o'ynayotgandi. Kuchli raqiblarni mag'lubiyatga uchratgandi. Biz jadvalga qaraganimiz yo'q. To'p nazorati orqali raqibning tajovuzkor o'ynashiga yo'l qo'ymasligimiz kerak edi. Ularni to'psiz harakat qilishiga majbur qila oldik. "Turon" muxlislar va biz kutgan o'yinni ko'rsatmadi. 

- Jamoaning natijalarida barqarorlik ko'zga tashlanmayapti. O'tgan turda o'z maydoningizda "Navbahor"ga mag'lub bo'lib, bugun safarda "Turon"ni yutdinglar...

- Yo'qotilgan ochkoni Yaypanda qaytarib oldik. Albatta, o'zimiz ham bundan xavotirdamiz. Superligada jamoa bir tekis o'yin ko'rsatmadi. Kuchliroq klublar bilan o'ynadik. Lekin oxirgi o'yindagi natijalarimiz bizni qoniqtirmayotgandi. Buni tuzatishimiz kerak. Turnir jadvalida 2-3-o'rindagi jamoalar uzoqlashib ketgan. Biz imkon qadar sovrinli o'rinlar uchun kurashishimiz kerak. Jamoamiz bunga qodir. Futbolchilar o'ynashni biladi. Natijalarni yaxshilaymiz, degan umiddaman. 

- "Navbahor" bilan o'yinda jamoaga motivaciya etishmagandi. Bugungi  o'yinda boshqacha ishtiyoq bilan o'ynashdi. Bu nima bilan bog'liq?

- Fikringizdan malumki, o'sha bahsni to'liq ko'rgansiz. Agar ko'rgan bo'lsangiz, o'yinda ko'p vaqt davomida ustunlik qildik. Qizil kartochka rejalarimizni buzdi, bu raqibni motivaciyasini oshirdi. Motivaciya bugungidek yuqori bo'lmagandi. Bunga sabab avvalgi uchrashuvlardir. Etibor bergan bo'lsangiz, o'yinning boshida vaziyatlardan foydalana olmagandik. Omad bizdan yuz o'girdi. Qanchalik qiyinchiliklar bo'lishiga qaramasdan, motivaciya berishga harakat qilyapmiz. O'ylaymanki, hammasi ortda qoldi. Bugungi o'yin ko'rsatdiki, jamoaning ruhiy holati yaxshi. 

- Qo'l ostingizdagi tarkib OFK kubogini yutishga qodirmi?

- Bizdan shuni kutishmoqda. G'alaba qozonishga barcha mahorat va bilimimizni ishga solamiz. Raqiblarni ham hurmat qilish kerak. Navbatdagi bosqichdagi raqiblar jiddiy. Har bir davlatning eng yaxshi jamoalari bor.

Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика