Ro'ziqul Berdiev: "O'yin teng kurashlar ostida kechdi"
25 fev 2016 00:38
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/199557_original.jpg)
![](/upload/storage/199557_220.jpg)
Ro'ziqul Berdiev: "O'yin teng kurashlar ostida kechdi"
- "Al Ahli" jamoasini g'alaba bilan tabriklayman. O'yin teng kurashlar ostida kechdi. Biz durang qayd etishga imkoniyatiz bor edi. Biroq yaratilgan vaziyatlardan foydalana olmadik. "Al Ahli" jamoasining standart vaziyatlarda kuchli o'ynashini bilardik va aynan shundan xavfsiragandik. Amalda ham ular standart vaziyatlaridan unumli foydalanishdi.
- Sizlarda chempionat hali boshlanmagan. Lekin bugun jamoa yaxshi harakat qildi. Keyingi o'yinlarda jamoangizga omad tilaymiz. Keyingi rejalar haqida aytib o'tsangiz...
- To'g'ri, bizda hali mavsum start olgani yo'q. CHempionat o'yinlari endi boshlanadi. Bizlar bir nechta nazorat o'yinlarida maydonga tushdik. Lekin bugungi o'yin jamoamiz o'ynashga qodir ekanligini ko'rsatdi. Keyingi uchrashuvlarda o'z hisobimizga ochkolar yozib olishni istaymiz.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar