Ro'ziqul Berdiev: "O'tkazilgan golda uchta himoyachining aybi katta"
20 sen 2015 10:00
Yangiliklar
Ro'ziqul Berdiev: "O'tkazilgan golda uchta himoyachining aybi katta"
"Bugun jamoamizda to'psiz o'ynash uchun kuch yo'q edi. "Lokomotiv" futbolchilaridan to'pni olib qo'yshish uchun kuch kerak edi. Bunga kuchimiz etmadi. Bizda so'nggi paytlarda hujum chizig'ida samaradorlik pasayib ketdi. "Lokomotiv" jamoasini tabriklayman", - deydi Ro'ziqul Berdiev.
- Allaniyozovning jaorhati jiddiy emasmi?
- Umid qilamizki Azamatning jarohati jiddiy bo'lmaydi. Bilasiz bizda bitta o'yinchining o'rni juda katta ahamiyatga ega.
- O'tkazib yuborilgan golda kimni aybdor deb hisoblaysiz?
- O'tkazilgan golda uchta himoyachilarning aybi katta. Ular o'sha vaziyatda o'z vazifalarini oxirigacha bajara olishmadi. Ikkita fronta 12-13 nafar futbolchi bilan o'ynash juda qiyin.
- Kubok o'yinidan so'ng tiklana olmadinglarmi?
- Qisqa vaqt ichida o'yinlar o'tkazish uchun zaxira uzun bo'lishi kerak. Masalan, "Lokomotiv"da deyarli ikkita teng kuchli tarkib bor.
- Gadoevning charchab qolishi nima bilan bog'liq?
- Aytganimdek bitta tarkib bilan o'ynayverish juda og'ir. Bu tabiiy holat.
- O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan SHuhrat Muhammadievni himoyachi emas deb aytdi. Siz uni shuncha yildan buyon himoyada o'ynatib yuribsiz...
- Har bir murabbiyning o'z qarashi bo'ladi. Terma jamoa ikkita o'yinda 6 ochko oldi, bu eng asosiysi. Kimlarni maydonga tushirishi esa bosh murabbiyning ishi. Babayan ko'proq himoyada ishonchli o'ynaydigan futbolchi kerak deb aytdi. Qolgan murabbiylar terma jamoa murabbiyini qo'llab-quvvatlashi kerak.
- Roy Rok masalasi nima bo'ldi?
- Rokning masalasi juda cho'zilib ketdi. Komissiya tuzib uni qayta tekshirishmoqchi. Nima bo'lishini kutamiz.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar