So’nggi yangiliklar

00:50"Бавария" "Ливерпуль"га Диас учун 70 миллион евро ва бонуслар таклиф қилади  0 00:15"Аталанта" Ретегини 65 млн. еврога сотди  2 00:12МЮ "Брентфорд"нинг энг яхши тўпурари Мбемони 65+6 миллион фунтга сотиб олди  3 23:48Сауль Туркияга кўчиб ўтиш фикридан қайтди. Нега?  0 23:13As ўқувчиларининг 72% "Реал" Винисиус билан шартнома узайтиришини хоҳламайди  2 22:45"Реал" ва яна бир қатор жамоалар клублар ўртасидаги ЖЧ ҳар 2 йилда ўтказилишини хоҳлашмоқда, ФИФА эса...  3 22:15Луиджи Ди Бияджо: "Мусобақага қийин ҳолатда тайёргарлик кўрмоқдамиз"  4 21:47"Барселона" 2025 йилда "Камп Ноу"да ўйнай олмаслиги мумкин  3 21:36Дмитрий Плетнёв - "Динамо" футболчиси  4 20:45Назорат учрашуви. "Қизилқум" Про лига жамоасига йирик ҳисобда мағлуб бўлди  0 20:18"Манчестер Сити" "Ньюкасл"нинг 22 ёшли ҳимоячиси учун 65 миллион фунт таклиф қилишга тайёр  6 20:00"Арсенал" ҳимоячиси Саудия Арабистони клублари қизиқишини инкор этди  1 19:38"Манчестер Сити" футболчисини 40 млн еврога сотмоқчи  1 19:16"Сурхон" тажрибали дарвозабонини "Хоразм"га ижарага берди  7 18:55Оливер Кан телевидениега қайтмоқда  3

Ro'ziqul Berdiev: "O'FAdagilar terma uchun munosib murabbiy izlashayotganiga umid qilyapman" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "O'FAdagilar terma uchun munosib murabbiy izlashayotganiga umid qilyapman"

Superliganing 17-tur doirasidagi "Lokomotiv" - "Nasaf" (3:1) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida "ajdarlar" bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev ishtirok etdi.

- "Lokomotiv" bizga nisbatan anchagina kuchli jamoa ekanligini bilardik, bu barchaga ayon edi. SHunday raqibga qarshi munosib o'yin ko'rsatishga harakat qildik. Buni qisman uddaladik deb o'ylayman, ammo futbolchilardagi mahorat o'z so'zini aytdi. Marat Bikmaev O'zbekistondagi eng yaxshi va eng sermahsul hujumchilardan biri ekanligini isbotladi.

Xamrobekov? Uchta markaziy himoyachi taktikasida o'ynaganimizda u har doim orqa chiziqda o'ynadi. "Navbahor" bilan o'yinda u jamoaning etakchisi bo'lgandi. "Lokomotiv" hujumchilari tezkorligini bilardik. SHu boisdan Odil Xamrobekov, G'olib G'aybullaev va Umarbek Eshmurodovni markazda o'ynatdik. Maqsud juda tajribali, biroq tezlikda hujumchiga yutqazadi. Ayta olaman, bu uch futbolchining bugungi birgalikdagi o'yini bizni qoniqtirmadi. Hujumlar asosan markazdan o'tkazib yuborildi. «Navbahor» bilan bahsda Akmal Mozgovoy ham yaxshi o'ynagandi. O'yinda katta tajriba olishi uchun yoshlardan ham foydalandik. Akmal ham markazda yomon o'yin ko'rsatmadi. Uchrashuv unga katta foyda berdi deb o'ylayman.

Rahbariyat bilan bir-birimizni tushunamiz. Bir rahbar bilan murabbiylikda birga ishlaganmiz, biri bilan esa akademiyada. SHu boisdan ular bilan til topishish qiyin bo'lmaydi.

Termaning yangi bosh murabbiyi? Bu savolga javob bermasligim ham mumkin. Biroq qisman ham bo'lsa ham gapiraman. O'FAdagilar bizga munosib murabbiy izlash bilan band bo'lishsa kerak. Umid qilamanki, ular shunday mutaxassisni topishadi va bundan barcha muxlislar xursand bo'ladi.

O'yin biz rejalashtirgandek o'tdi. “Nasaf” futbolchilari tartibli o'ynashga harakat qilishdi. Biroq Bikmaevning bir o'zi hujumda etakchi ekanligini ko'rsata oldi, raqib himoyada anchagina tartibli ekanligini isbotlashdi. Raqiblar o'z ishlarini bajarishdi va gollar ura olishdi. Bugunshunday kuchli klub, amaldagi chempionga qarshi munosib o'yin namoyish qildik.

Jadvalning yuqorisiga ko'tarilish qiyin bo'ladi. Biroq bizning futbolchilarda bunga etarlicha potencial bor va bunga erisha olishimizga ishonamiz.

SHarof Muhitdinov: "O'yin qiyin o'tdi. Buni bilardik. O'yindan oldin murabbiyimiz reja qilgan taktika asosida o'yin ko'rsatishga intildik. Ammo vaziyatlardan foydalana olmaganimiz bizga pand berdi. SHu ergacha etib kelgan muxlislarimizga katta rahmat aytaman".

Reyting: +24   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика