So’nggi yangiliklar

10:06"Сурхон" яна бир футболчиси билан хайрлашди  0 09:40Sofascore. Ҳусанов кечаги учрашувдаги ҳаракатлари учун неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 09:18Чет эллик мутахассис Суперлига жамоасининг бош мураббийи бўлади  0 08:48Ҳусниддин Алиқулов фаолиятини бошқа жамоада давом эттириши мумкин  4 08:22Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди  13 02:59Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Реал Сосьедад"га қарши ўйинда очко йўқотди  3 02:51А Серия. "Интер" ўз майдонида "Болонья"ни мағлуб этди  1 02:44Лига 1. ПСЖ дербида "Париж"ни мағлуб этди  2 02:10Африка кубоги. 1/8 финал. Камерун ЖАРни мағлуб этди, Марокаш Танзаниядан устун келди  1 00:58Тео Эрнандес А Серияга қайтиши мумкин  0 00:30АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди  44 23:24Винисиус 18 та ўйиндан бери гол уролмаяпти. Охирги гол октябрь ойининг биринчи ярмида киритилган  2 22:40АПЛ. “Ньюкасл” “Кристал Пэлас”ни, “Брентфорд” “Эвертон”ни мағлуб этди, “Тоттенхэм” эса ўз уйида “Сандерленд”ни мағлуб эта олмади  1 22:30АПЛ. "Фулхэм" "Ливерпул"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада ўтказиб юборилган голдан сўнг 90+7 дақиқада тўп киритиб, ҳисобни тенглаштирди  15 22:15Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди  52

Ro'ziqul Berdiev: “Ochko yo'qotganimiz alamli bo'ldi” Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: “Ochko yo'qotganimiz alamli bo'ldi”

“Nasaf” – “Metallurg” uchrashuvi yakuniga etgach, uchrashuv yakunlariga bag'ishlangan matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

Matbuot anjumanining navbatdagi qismida "Nasaf" ustozi Ro'ziqul Berdiev va uchrashuvning eng yaxshi o'yinchisi Azizjon G'anievlar ishtirok etishdi.

Ro'ziqul Berdiev: - Bugungi uchrashuv nazoratimiz ostida o'tkazdik. Ammo himoyadagi bitta xato orqali ochko yo'qotishimizga olib keldi. Tajribali himoyachilarimiz bunday qo'pol xatoga yo'l qo'ymasligi kerak edi. Albatta futbolchilarimizga etirozim yo'q. Ammo ochko yo'qotganimiz alamli bo'ldi. Umuman olganda yigitlarimiz yomon o'ynashmadi. Endi oldimizda turgan muhim o'yinga tayyorgarlikni boshlaymiz.


Azizjon G'aniev: - Biz bu o'yinga astoydil tayyorgarlik ko'rgan edik. Bunday natijaga loyiq o'yin ko'rsatmadik deb, hisoblayman. Ammo afsuski tayyor g'alabani qo'ldan chiqardik. SHunisi alamli bo'ldi.

Ro'ziqul Berdiev: - CHeran hali o'yinga to'liq tayyor emasligi uchun bugun uni maydonga tushirmadik. U faqat kecha safimizga qo'shildi. Bu o'yinchimiz bizga juda kerak bo'layapti. O'ylaymanki, u navbatdagi o'yinimizda bizga yordam bera oladi. Albatta “Persepolis” bilan bo'ladigan o'yin haqida o'ylamasligimizni iloji yo'q. Ammo bugungi tanlangan tarkib yoki olib borilgan o'yin, navbatdagi o'yinni o'ylab qilingan emas. Barcha o'yinlar biz uchun muhim. Bobir Abduxoliqovni dastlabki daqiqalardan maydonga tushirmaganimizga sabab, bu futbolchimiz keyingi vaqtda umuman dam olmasdan maydonga tushmoqda. SHuningdek boshqa o'yinchilarimizda ham shu holat, hohlaymizmi yo'qmi bunday ketma-ket o'yinlar bari bir futbolchilarni toliqtirib qo'yadi. Ammo biz keyingi o'yinga yaxshi tayyorlanamiz, muxlislarimiz bizdan ijobiy natija kutishayapti. Biz ularni xursand qilish uchun maydonga tushamiz.

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика