So’nggi yangiliklar

09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  0 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  3 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  8 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  10 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  36 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  3 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  3 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  5 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  3 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  13 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  4

Ro'ziqul Berdiev: “Neftchi” g'alabaga loyiq o'yin ko'rsatdi” Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: “Neftchi” g'alabaga loyiq o'yin ko'rsatdi”

Oliy liga 13-tur doirasidagi “Neftchi” hamda “Nasaf” jamoalari o'rtasidagi bahsdan so'ng mezbonlar ustozi Ro'ziqul Berdiev o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- Farg'onaga tarkibdagi bir qator muammolar bilan kelgandik. Bugun “Neftchi” yaxshi o'ynadi. Balki Farg'ona jamoasi g'alabaga loyiq o'yin ko'rsatgandir. Mag'lub bo'layotib durang qilishga muvaffaq bo'ldi. Bu ham qaysidir manoda ruhiy tushkunlikdan olib chiqishga yana bir sabab bo'lishi mumkin. Bugun tarkibda jiddiy muammolar borligini aytib o'tdim. Mana shunday holatda “Neftchi”dek jamoa uyida o'ynash qiyin kechadi. O'yin so'nggidagi vaziyatni hisobga olsak, bugun bir ochko ishladik.

- Farg'onada kechgan so'nggi o'yinda “Nasaf” “Neftchi”ni mag'lub etgandi. O'sha o'yin bilan taqqoslaganda, “Nasaf” bugunga kelib kuchsizlandimi yoki “Neftchi”da o'sish bormi?
- “Neftchi” jamoasi yangi taktik sxemada o'ynayotganiga guvohi bo'ldim. Farg'onaliklar besh himoyachi bilan o'ynashdi yani 3 ta yaqqol markaziy himoyachi bilan harakat qilishdi. Umuman olganda mazkur taktika bugun raqibga qo'l keldi. O'tgan safargi bahsda omad biz tarafda bo'lgandi. SHuning uchun tezkor gollar urgandik. Biroq bugun mezbonlar yaxshi harakat qilishdi.

- “Nasaf”ning g'alabasiz seriyasi davom etadi. Bu bosh murabbiyga bosim yuklaydimi?   
- Ha albatta! Natijaga murabbiy javobgar. Vaziyatni to'g'ri tushunib turibman. Qarshilik muxlislar esa bizdan g'alaba kutyapti. Balki ayb mendadir, - dedi Berdiev.

“Neftchi” matbuot xizmati

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика