So’nggi yangiliklar

08:01Суперлига. Бугун "Олимпия" стадиони Суперлига баҳсига мезбонлик қилади  0 07:35АПЛ. "Челси" сўнгги дақиқаларда ғалабани қўлдан бой берди.  2 03:08Акмал Рустамов: "Қўқон шамоли? Бундай об-ҳавода ҳар иккала жамоа ўйнади"  2 02:50Баҳром Ҳайдаров: "Қизилқум"дек жамоани мағлуб этганимиздан хурсанд бўлдим"  1 01:55Суперлига. Ўзбек "Эл Классико"сида "Пахтакор" ғалаба қозонди, "Қўқон-1912" эса ўз майдонида "Қизилқум"ни енгди  1 01:27Камолиддин Тожиев: "Пахтакор"га қарши барча рақиблар 200%га ўйнайди"  7 00:41Левченко: "Пахтакор" нима қилди? Фақат ҳимояланди-ку"  30 00:34Бундеслига. "Бавария" "Гамбург" дарвозасига жавобсиз 5 та гол урди, мюнхенликлар дастлабки 4 та тўпни 29 дақиқа ичида киритишди  0 00:00Туркия Суперлигаси. Истанбул дербисида "Бешиктош" "Истанбул Башакшехир"ни мағлуб этди, Шомуродов янги клубидаги дебют голини урди!   40 23:27АПЛ. "Тоттенхэм" Лондон дербисида "Вест Хэм"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  0 23:14А Серия. "Ювентус" ва "Интер" ўртасидаги ўйинда 7 та гол урилди  24 23:00Эрон Про лигаси. "Персеполис" ва "Фулад" ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  3 22:13"Эвертон" Жек Грилиш бўйича қарор қабул қилди  1 21:26Ла Лига. "Реал Мадрид" қийин ўйинда "Реал Сосьедад"ни мағлуб этди, мадридликлар 32-дақиқада ўн киши бўлиб қолишди  53 21:06Суперлига. Бир киши кам бўлиб қолган "Пахтакор" "Нефтчи"ни мағлуб этди  230

Ro'ziqul Berdiev: "Navbatdagi bosqich masalasi keyingi o'yinlardagi natijalarimizga bog'liq" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Navbatdagi bosqich masalasi keyingi o'yinlardagi natijalarimizga bog'liq"

O'zbekiston kubogi 1-turidan o'rin olgan "Nasaf" - "Navoiy FA" (5:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Biz bugungi o'yin orqali futbolchilarga motivaciya berishga harakat qildik. Etakchi futbolchilarni o'yinga jalb etganimizning sababi ham shu. Shuningdek, yosh futbolchilarga ham katta tajriba bo'ldi. Biz kubokdagi maqsadimizni amalga oshirish uchun navbatdagi tur o'yinlarida o'zimizni ko'rsatishimiz kerak. Navbatdagi bosqich masalasi navbatdagi tur o'yinlarida qayd etadigan natijalarimizga bog'liq.

- Cheranni 70-daqiqadan keyin o'yinga qo'shilishi hisobni yiriklashtirish maqsadiga qaratilganmidi?

- Bu haqida aytdim, biz bugun g'alabaga ishongandik. Bu orqali yosh futbolchilarga, butun jamoaga yaxshi kayfiyat taqdim etmoqchi edik.

- Raqibning golida kimning xatosi bo'ldi deb o'ylaysiz?

- Buni video takror orqali qarab chiqish kerak. Bunda himoyachilar va darvozabon o'rtasidagi tushunmovchilik yuz berdi deb o'ylayman. Himoyachilar hujumchini oldinga chiqishiga imkon berib qo'yishdi.

- O'tgan mavsum boshida "Nasaf"ning asosiy maqsadi chempionlik edi. Bu yil kubokdagi maqsad qanday?

- Bizda yaxshi tarkib bor. Yigitlarga ishonamiz. Har bir musobaqada maksimal harakat qilishga kuchimiz etarli deb o'ylayman. Biz chempionlikni himoya qilishimiz, xalqaro maydonda munosib ishtirok etishimiz kerak.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика