So’nggi yangiliklar

17:20Месси "Барселона" учун хайрлашув учрашувини янгиланган "Камп Ноу"да ўтказади  0 16:52Пенальтилар статистикаси: Биринчи даврада ким кўп пенальти тепди ёки умуман нуқтага ҳам яқинлашмади?  0 16:24Пулишич Саудия Арабистонига йўл олиши мумкин  1 15:57Ресан, Ратиньо, Цигер... Суперлиганинг 1-давра легионерлар рамзий терма жамоаси  3 15:42"Байер" ақшлик футболчини 35 млн еврога харид қилди  0 15:17Расман: Пиоли янги жамоасини қабул қилиб олди  0 14:29Сергеев, Дориев, Мозговой... Суперлиганинг 1-давра рамзий терма жамоаси  7 14:16Шойқулов "Андижон"дан кетди  1 13:46Итальян клуби Санчо учун МЮга 10+5 млн евро таклиф қилди  1 13:17"Ювентус" Рэшфорд билан шартнома имзоламоқчи  1 12:26Зинченко Лондоннинг бошқа клубига ўтиши мумкин  0 11:58"Ньюкасл" 55 млн фунтлик трансферни амалга оширди  1 11:32"Реал" Мак Аллистерга қизиқмоқда, аммо...  2 11:00Родриго “Арсенал“га ўтиши учун аниқ бир талабни қўйди  12 10:34А Сериянинг яна бир тўпурари Саудияга йўл олиши мумкин  1

Ro'ziqul Berdiev: "Natija o'yinga mos bo'ldi, lekin men durangdan qoniqmadim" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Natija o'yinga mos bo'ldi, lekin men durangdan qoniqmadim"

"Neftchi” – “Nasaf” bahsidan keyin o'tkazilgan matbuot anjumanida qarshiliklar bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev va jamoa himoyachisi Igor Golbanlar ishtirok etishdi


Ro'ziqul Berdiev: “Birinchi o'rinda futbol mavsumi bilan tabriklayman. Bahs ajoyib muhitda kechdi. “Istiqlol” stadionida avval ham mana shunday muhitda to'p surganmiz. Men o'sha o'yinni esladim. O'sha uchrashuvda Farg'ona jamoasini mag'lub etgandik. Afsuski, bugun g'alabaga erisha olmadik. Natija o'yinga mos bo'ldi. Xar ikkala jamoa ham faqat g'alaba uchun to'p surdi. Golli vaziyatlar ko'p bo'ldi. Biroq xech bir jamoa vaziyatlardan foydalana olmadi. Ochig'i, natija meni qoniqtirmadi. Farg'onaga g'alaba uchun kelgandik. Endi etiborimizni OCHLdagi bahslarga qaratamiz”



Igor Golban: “Farg'ona ahlini futbol mavsumi bilan qutlab qolaman. Muxlislar bilan to'lib toshgan stadionda to'p surish meni ilhomlantirdi. O'yinga keladigan bo'lsak, belgilangan rejalarimiz to'liq amalga oshmadi. G'alaba qozonish uchun o'zimizning ustimizda ko'proq ishlashimiz kerak bo'ladi. Keyingi o'yinimiz OCHL doirasida kechadi. Ushbu bahsga tayyorgarlik ko'rishni boshlaymiz”    

Reyting: +30   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика