Ro'ziqul Berdiev: "Nasaf"ning eng katta yutug'i xalqning sevimli jamoasiga aylangani bo'ldi"
02 mar 2023 15:02
Yangiliklar


Ro'ziqul Berdiev: "Nasaf"ning eng katta yutug'i xalqning sevimli jamoasiga aylangani bo'ldi"
Qarshi shahridagi Yoshlar markazida "Nasaf" jamoasi yangi futbolchilarni keng jamoatchilikka tanishtirdi.
Mazkur tadbirda jamoa bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev 2023 yilgi mavsum haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Biz jamoa sifatida har doim kuchli bo'lganmiz. Bir nechta futbolchilar jamoamizni tark etishdi. Lekin bu bilan kuchsizlanib qolmaymiz.
Ohirgi yillarda "Nasaf"ning mavqeini ko'tara oldik. 2023 yilgi mavsumda ham har bir frontda kurashamiz va qashqadaryoliklarga chempionlikni tuhfa etish uchun bor kuchimiz bilan harakat qilamiz", – dedi Ro'ziqul Berdiev.
O’xshash yangiliklar
09:05
Sofascore. Galatasaroyga mag'lub bo'lgan Rizespor safida Aliqulov necha bahoga loyiq ko'rildi? 6

Fikrlar