Ro'ziqul Berdiev: "Nasaf"ni yana etakchilar tark etishiga murabbiy sifatida tayyor emasman"
04 may 2018 21:52
Yangiliklar
Ro'ziqul Berdiev: "Nasaf"ni yana etakchilar tark etishiga murabbiy sifatida tayyor emasman"
- O'yin qiziqarli o'tdi. Bugun ikkala jamoa ham mazmunli o'yin ko'rsatdi. "Bunyodkor" jamoasini o'rganib chiqqanimizda, aynan bugungi bahs taqdirini hal etgan G'iyosov, Sobirxo'jaev va Ibrohimovni o'yinlari etiborni tortgandi. SHu uchala futbolchilarning aqlli harakatlari bellashuv taqdirini hal qildi.
Jamoamiz bugun ayni paytdagi holatimizdan kelib chiqib o'ynadi. CHunki jamoamizda hozirda charchoq mavjud. Futbolchilarda engillik yo'q. Toliqish o'z tasirini ko'rsatmoqda. SHu boisdan hujumlar tashkil qilishimizda yoki himoyada tartibli o'ynashimizga bu o'z so'zini aytdi. G'alaba bilan "Bunyodkor" jamoasini tabriklayman.
- O'tkazib yuborilgan gollarda himoyachilar juda bo'sh harakat qilishdi. Raqib futbolchilari juda engil va xotirjam o'tib ketishdi...
- "Bunyodkor" bugun bizga nisbatan ancha engil va tezkor o'ynadi. O'tkazib yuborilgan golda markaziy himoyachilarimiz xato qilishdi. Odil Hamrobekov esa o'sha vaziyatda juda to'g'ri o'ynadi va raqib futbolchisiga to'pni erlatib uzatishiga yo'l qo'ymagandi. Birinchi goldagi xato markaziy himoyachilarimiz gardaniga tushadi.
- Bobir Abdixoliqovni maydonga chiqib ketishiga nima sabab bo'ldi? CHeran maydonga tushib Bobir Abdixoliqovdek harakatchang o'ynay olmadi. Umuman o'yinga qo'shilib keta olmadi..
- CHeran jarohatini davolab mashg'ulotlarga endi qaytdi. Biz unga tezroq sport formasini tiklab olishi uchun o'yin amaliyoti yaratib berishimiz lozim. Abdixoliqovni o'zgartirishimizga kelsam, Bobir hujumchi sifatida birinchi bo'limda ko'plab xatolarga yo'l qo'ydi. To'pni o'zida saqlashda xato o'ynadi. CHeranni pozicion hujumlarda harakat qilish va to'pni o'zimizda saqlash uchun maydonga tushirgandik. Bu esa qaysidir manoda o'zini oqlamadi. Keyin esa ikkinchi goldan so'ng tavakkalga qo'l urib ikkita hujumchi bilan o'ynadik. Bu esa raqibga qarshi hujumda qo'l keldi. Bitta gol urishga erishdik, ammo bu kamlik qildi.
- Birinchi bo'limda tanlangan taktika o'zini nisbatan oqladi. Uch nafar markaziy himoyachilar bilan mudofaa chizig'ini tartibli ushlandi va kuchli pressing natijasi ham yomon bo'lmadi. Jamoa tezkor hujumlar orqali xavfli vaziyatlar ham yaratdi. Ammo ikkinchi bo'limda CHeranni Abdixoliqovni o'rniga tushirmasdan, Bobirni ham maydonga olib qolib, jamoaning odatiy taktik sxemasi, yani 4-2-3-1ga qaytsa bo'lmasmidi?
- Biz bugungi bahsda jamoaning umumiy holatini inobatga olgan holda taktik sxemani tanlagandik. CHunki biz hozir intensiv yoki pressingga asoslangan futbol ko'rsatishga jismonan tayyor emas. SHu boisdan ham biz asosan himoyaviy taktikani tanlagandik. To'g'ri, birinchi bo'limda qarshi hujumlarda yaxshi o'ynadik. Ammo o'sha eng og'riqli nuqtamiz, yani hujumlarga oxirni nuqtani qo'yishda kelganda oqsamoqdamiz. Bobir Abdixoliqovga juda ko'p imkoniyat beryapmiz, bu esa unga tajriba to'plashi uchun ham etarli bo'lishi kerak. Hujumchidan talab qilinadigan - gol urish. Bugungi bahsda esa unda umuman vaziyat yuzaga kelmadi.
- "Nasaf" va "Bunyodkor"ning hozirgi moliyaviy holati, muammolari bir xil. Har ikkala jamoa tushkun kayfiyatda. Ammo bu narsa bugungi bellashuvda ko'proq "Nasaf"da sezilib qolgandek taassurot ko'rsatdi...
- "Bunyodkor"ning holatini bilmayman-u, man o'zimni jamoaga javob beraman. To'g'ri, bizning jamoada ishtiyoq kamdir. Lekin bu bahona bo'la olmaydi. Maydonga chiqyapmizmi, demak futbol o'ynash kerak. Balki "So'g'diyona"ga qarshi uchrashuvda bizda ishtiyoq kamlik qilgan bo'lishi mumkin. Lekin "Bunyodkor"ga qarshi o'yinda ishtiyoq katta bo'ldi. Hozirgi holatda jamoamizdagi eng asosiy muammo - futbolchilarning toliqishi. Bu jamoani jismonan tayyor emasligidan darak emas, ko'p uchrashuvlar natijasida toliqish yuzaga kelgan. CHunki zaxira tor. Biz har bir uchrashuvda futbolchilarning individual harakatlarini sanab boramiz, masalan Hamrobekov va G'aniev 120-130ga yaqin to'p bilan harakat qilardi. Hozir esa bu 70-80ga tushib qolgan. SHu uchun ham bugungi bahsda jamoamiz himoyadan turib o'ynashga majbur bo'ldi.
- OTJning norasmiy musobaqasiga "Nasaf"dan ko'pgina futbolchilar jalb etildi. Bu kabi norasmiy turnirlarga klub asosiy tarkib futbolchilarini berib yuborishi qanchalik to'g'ri? Balki endi klub manfaatini ham hisobga olib norasmiy musobaqalarga futbolchilarni qo'yib yubormaslik vaqti kelmadimikin?
- Ketgan futbolchilardan tashqari Hamrobekov, G'aniev va Abdixoliqovlarni ham olib ketishmoqchi edi. Ammo biz murabbiylar shtabidan ularni olib qolishni iltimos qildik. Kelishuvga ko'ra buni amalga oshirdik. Faqatgina uch nafar futbolchilarimizni OTJ ixtiyoriga berib yubordik. Bizni ogohlantirishdi, avgust oyida Osiyo o'yinlariga bundan ham ko'proq futbolchilarimizni olib ketishadi.
- Klubning moliyaviy holati tushunarli. Jamoaning ko'plab futbolchilariga Superliga klublaridan qiziqishlar mavjud. Ayniqsa CHeranga "So'g'diyona", "Navbahor" va "Paxtakor"dan qiziqish borligi aytilmoqda. Aynan shu jihatlar balki CHeranni chamadon kayfiyatiga tushirib qo'ymadimikin? CHunki bu kabi holatlar jahon futbolida ham ko'p uchraydi. Futbolchi ketish taraddudiga tushib qolgandek taassurot qoldirmoqda. Jarohat, ishtiyoq yo'q...
- Bu narsa tasir qiladi. Bizdan 6 nafar etakchi futbolchilar ketganini eslamay ham qo'ydik. CHunki vaziyatga qarab hamma savollar tug'iladi. Agarda yana etakchilarimizni yo'qotadigan bo'lsak, unda murabbiy sifatida shuni aytishim mumkinki, bu jamoa uchun juda og'ir bo'ladi. Men murabbiy sifatida ham bunga tayyor bo'lolmayman.
- Agarda moliyaviy holat o'nglanmasa, unda jamoa futbolchilarining transferi orqali buni yaxshilab olish imkoniyatidan foydalanadigan bo'lsa, bu sizning ham "Nasaf"dagi faoliyatingizga tasir ko'rsatmaydimi?
- Bu haqda bosh qotiryapmiz. Agarda jamoamizga moliyaviy jihatidan yordam bera oladigan transfer bo'lsa, unda buni amalga oshirishimiz mumkin. Lekin futbolchilarimizga evropadan taklif bo'lmayaptida (kuladi).
Fikrlar