Ro'ziqul Berdiev: "Nasaf"da Eldor SHomurodov va Bikmaevni ko'rishni xohlardim"
08 iyu 2017 16:41
Yangiliklar


Ro'ziqul Berdiev: "Nasaf"da Eldor SHomurodov va Bikmaevni ko'rishni xohlardim"
- Har bir murabbiyning o'z jamoasida ko'rishni xohlagan o'yinchilari bo'ladi. SHuni inobatga olganda, qaysi uch nafar futbolchilarni "Nasaf"da o'ynashini istardingiz?
- Masalan, Eldor SHomurodov. Uning o'yin uslubi jamoamizga rosa mos tushardi. Biz golga tortadigan imkoniyatlarni ko'p yaratamizu, ammo kerakligicha foydalana olmaymiz. SHomurodovda esa golni yaxshi his qilish qobiliyati bor va u o'z imkoniyatlaridan foydalanishni biladi.
Bundan tashqari, bugungi kunda o'z o'yini bilan eng yaxshisi bo'lib turgan Marat Bikmaevni ham jamoamda ko'rishni istardim. Nima uchun hujumchilar haqida gapirayapman? CHunki o'zimizda hujumchilar muammosi bor-da. Uchinchi tanlovga kelsak, yana bitta kuchli legionerni olgan bo'lardim, qanot yarim himoyachisini, - deydi Berdiev.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar