Ro'ziqul Berdiev: "Nasaf"da Eldor Shomurodov va Bikmaevni ko'rishni xohlardim"

Narzulla Saydullayev
8 iyun 2017, 16:41
"Nasaf" ustozi Ro'ziqul Berdiev "Futbol Ekspress" gazetasiga intervyu berdi.

- Har bir murabbiyning o'z jamoasida ko'rishni xohlagan o'yinchilari bo'ladi. Shuni inobatga olganda, qaysi uch nafar futbolchilarni "Nasaf"da o'ynashini istardingiz?
- Masalan, Eldor Shomurodov. Uning o'yin uslubi jamoamizga rosa mos tushardi. Biz golga tortadigan imkoniyatlarni ko'p yaratamizu, ammo kerakligicha foydalana olmaymiz. Shomurodovda esa golni yaxshi his qilish qobiliyati bor va u o'z imkoniyatlaridan foydalanishni biladi.

Bundan tashqari, bugungi kunda o'z o'yini bilan eng yaxshisi bo'lib turgan Marat Bikmaevni ham jamoamda ko'rishni istardim. Nima uchun hujumchilar haqida gapirayapman? Chunki o'zimizda hujumchilar muammosi bor-da. Uchinchi tanlovga kelsak, yana bitta kuchli legionerni olgan bo'lardim, qanot yarim himoyachisini, - deydi Berdiev.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia