So’nggi yangiliklar

09:03Модричнинг "Реал"даги келажаги маълум  2 08:31Sofascore. Захирадан майдонга тушган Файзуллаев неча баҳога лойиқ кўрилди  4 08:00Ўзбекистон Кубоги. 3-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  7 07:32ОКМК - "Нефтчи" ўртасидаги супер баҳсдан ёрқин ФОТОГАЛEРEЯ  0 05:24Юрген Клопп мураббийликка қайтмоқда, у Шомуродовга устоз бўлиши мумкин  10 02:02АПЛ. "Брайтон" ўз уйида Премьер-лига чемпионини мағлубиятга учратди  3 00:58Виталий Левченко: "Юлдузли жамоалар ҳар доим ҳам натижага эришавермайди. Шунчалик саволларингиз кўп-ми?"  7 00:44ЦСКА мағлубиятдан қутилиб қолди, Файзуллаев захирадан майдонга тушди  5 00:30Суперлига. Тўхтахўжаев ОКМКни мағлубиятдан қутқариб қолди, Аброр Исмоилов эса икки дақиқа ичида иккита гол урди  4 00:27Миржалол Қосимов: "Биз биринчи ўринга чиқиб олдик. У захирада уйқусираб ўтирган эди"  6 00:05Аморим қишда МЮни тарк этиши мумкин эди, аммо...  1 23:10"Ман Сити" Виртцнинг трансфер нархи юқорилиги сабабли ундан воз кечди. Келишув клубга умумий ҳисобда 300 миллион еврога тушиши мумкин эди (BBC)  4 22:28Украина, Англия, Польша, Дания, Балтика мамлакатлари ва Япония Россиянинг қайтишига қатъиян қарши. Жанубий Америка мамлакатлари эса аксинча  21 21:57Суперлига. Олмалиқда дарвозаларга 4 та гол урилган ўйинда ғолиб аниқланмади  106 21:17Гвардиола Чемпионлар Лигаси учун кураш ҳақида: "Бизга яна 4 очко керак"  12

Ro'ziqul Berdiev: "Muammolarimiz ko'payib ketdi" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Muammolarimiz ko'payib ketdi"

"Nasaf" - "Buxoro" (0:0) uchrashuvidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida "ajdarlar" bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev ishtirok etdi.

"Ayni paytda "Buxoro" jamoasi har qanday raqib uchun juda xavfli bo'lsa kerak. CHunki bu jamoa oliy ligada jon saqlab qolish uchun o'ynamoqda. Bugungi o'yin shuni ko'rsatib berdiki, bizda 11-12 futbolchidan boshqa o'yinni kuchaytira oladigan asosiy tarkib futbolchisi yo'q. Ustiga-ustak Gadoev bizni og'ir ahvolga tashlab qo'ydi. Bir kishi kam bo'lib o'ynagan bo'lsak ham vaziyatlar yaratdik. Biroq o'sha imkoniyatni golga aylantira olmadik. CHetlatishdan so'ng maydonda harakat qilgan futbolilarga rahmat aytish kerak. Bahritdinovni almashtirganimning boisi o'rtani kuchaytirmoqchi edim. Alisher Yusupovdan bu vaziyatda foydalanishga qaror qilgandim. Yusupov Akromga nisbatan ancha tezkorroq. Biz Alisher Yusupovdan standart vaziyatlarida ham foydalanish maqsadida uni maydonga tushirgandik. Hozirda Alisher Yusupov, Akrom Bahritdinov va Kenja To'raev ortiqcha vazn borligi sezilib qoldi. Muammolarimiz juda ko'payib ketgan. Bugun Ilhom SHomurodovning yo'qligi sezildi. Zaxiradan maydonga tushirgan futbolchilar umuman ishonchni oqlay olishmadi. Roy Rok hozirda davolanmoqda. Keyinchalik qaytadan tibbiy ko'rikdan o'tadi va shundan so'ng uning ikkinchi davrada ishtirok etishi aniq bo'ladi. Eldor Suyunov bugun bizni bir necha muqarar gollardan saqlab qoldi. Ular ham gol urish uchun imkoniyatlarga ega bo'lishgandi. Eldor Suyunov o'sha vaziyatlarda jamoamiz joniga oro kirdi. O'yin so'nggilarida kelib tavakkal qilishga majbur bo'ldik. Biroq bu ham samara bermadi va kerakli natijani qo'lga kirita olmadik", - deydi Ro'ziqul Berdiev.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика