So’nggi yangiliklar

00:34"Интер" — "Болонья". Таркиблар маълум  0 00:31"Реал Сосьедад" — "Атлетико". Таркиблар маълум  1 00:30АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди  38 00:21ПСЖ — "Париж". Таркиблар маълум  2 23:24Винисиус 18 та ўйиндан бери гол уролмаяпти. Охирги гол октябрь ойининг биринчи ярмида киритилган  2 22:40АПЛ. “Ньюкасл” “Кристал Пэлас”ни, “Брентфорд” “Эвертон”ни мағлуб этди, “Тоттенхэм” эса ўз уйида “Сандерленд”ни мағлуб эта олмади  1 22:30АПЛ. "Фулхэм" "Ливерпул"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада ўтказиб юборилган голдан сўнг 90+7 дақиқада тўп киритиб, ҳисобни тенглаштирди  14 22:15Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди  51 21:44"Челси" "Астон Вилла" юлдузи учун катта таклиф тайёрламоқда  3 20:53"Реал"га Бернарду Силвани таклиф қилишди. "Қаймоқранглилар”нинг бунга жавоби маълум  2 20:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Лидс"ни мағлуб эта олмади  20 19:01А Серия. "Наполи" Римда "Лацио"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  1 18:37Ван Дейк Испания супер клубига ўтишни истаган эди  1 18:16"Челси" "Ньюкасл"дан Италия терма жамоаси футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  2 17:50"Реал" икки юлдузидан қутулишни режалаштирмоқда  6

Ro'ziqul Berdiev: "Kutilmagan natijalar bo'lgani yaxshi" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Kutilmagan natijalar bo'lgani yaxshi"

“Lokomotiv” – “Nasaf” uchrashuvidan so'ng mehmonlar ustozi Ro'ziqul Berdiev o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Biz o'yinni yaxshi boshlagandik. Ammo o'tkazib yuborilgan gol barchasini o'zgartirib yubordi. Bunday tajribali jamoaga qarshi bunday o'ynash xavfli. Ikkinchi bo'lim boshida gol o'tkazib vazifamizni yanada qiyinlashtirib oldik.

Osiyo chempionlar ligasi bahslari har yilgidan vaqtliroq boshlandi. SHu bois jamoalar mavsumga tayyorgarlikni ancha vaqtli boshlashdi. Bu musobaqada o'ynagan barcha klublarga qiyin bo'layotgani rost. Ammo bu bahona bo'la  olmaydi. Bunga ko'nikish kerak. Tayyorgarlikni shunga qarab olib borish kerak.

Bugun raqib mahoratliroq o'ynadi, individual tomonlama yaxshiroq harakat qilishdi. Bikmaev gol urganda shu ko'zga tashlandi.

Jamoamiz tarkib yoki jismoniy tomonlama yutqazmadi.

Kutilmagan natijalar qayd etilishi yaxshi holat. O'tgan yillarda 6-7-turlarga kelib qaysidir jamoa yakka peshqadam bo'lib olardi. Hozir esa vaziyat butkul boshqacha. CHempionatimiz har yilgiga nisbatan boshqacha o'tmoqda.

Etakchi futbolchi har bir jamoaga kerak. Ammo butun o'yinni nazorat qiladigan o'yinchi yo'q. Erkinov jarohat oldi, u CHeran bilan tandem bo'lib o'ynaganida samarali harakat qilishardi", - deydi Ro'ziqul Berdiev.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика