So’nggi yangiliklar

15:25"Страсбур" "Челси" ҳимоячисини ижарага олади  0 15:04Аббос Файзуллаев фаолиятини Туркияда давом эттиради  16 14:47Ўзбекистон U-17 терма жамоаси бош мураббийи йиғинни тарк этди  2 14:30Лёв кутиб турсин (мутолаа учун)  15 14:09"Тоттенхэм" янги бош мураббийи: "Ваъда бераманки, биз албатта ўйинларда ютқазамиз"  4 13:41"Бухоро" етакчиларидан бири билан битимни бекор қилди  4 13:28Погба: "Рэшфорднинг "Барселона"га ўтиши – ақлсизлик, МЮ ажойиб ўйинчини йўқотмоқда"  8 12:59"Like Сup"да финалчилар маълум бўлди  0 12:49Пол Гаскойнни ҳушсиз ҳолда топишди  1 12:20Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Саудия Арабистонига қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  0 12:00Камолиддин Мурзоев: "У яна топ-5га қайта олади, Шомуродов-Файзуллаев тандемидан ўзбек футболи ва терма жамоа ютади"  8 11:31"Рома" "Ланс" футболчисини сотиб олди  0 11:14Суперлига. Ёзги трансферлар барчаси битта саҳифада. Кимда қандай ўзгариш?  16 11:05ПСЖ бош мураббийига “Реал“ футболчиси керак  2 10:43“Ливерпуль“ Диаснинг ўрнига “Реал“ футболчисини олиб келади  10

Ro'ziqul Berdiev: "Ikkinchi golda jiddiy xatoga yo'l qo'ydik. Futbolchilar bugun issiq havoda biroz charchab qolishdi" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Ikkinchi golda jiddiy xatoga yo'l qo'ydik. Futbolchilar bugun issiq havoda biroz charchab qolishdi"

"Nasaf" OFK Kubogi final uchrashuvida "Al Muharraq" jamoasiga 3:0 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi.

OFK Kubogi-2021 final o'yinidan so'ng matbuot anjumani o'tkazildi. Unda “Nasaf” bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev ishtirok etdi va quyidagicha fikrlarni bildirib o'tdi. 

- Raqibni g'alaba bilan tabriklaymiz. Ular bugun haqli g'alabaga erishdi. Birinchi tezkor gol va ikkinchi o'tkazib yuborilgan gol yakunda o'yin taqdirini hal qildi. Ikkinchi golda jiddiy xatoga yo'l qo'ydik. Futbolchilar bugun issiq havoda biroz charchab qolishdi. Qolaversa, raqib jamoaning muxlislari ham juda yaxshi qo'llab-quvvatlab turishdi. Bu ham ularning g'alabasida muhim omillardan biri bo'ldi. Ikkinchi golga qadar biz hujumlar tashkil qilayotgan edik. Lekin goldan keyin hujum qilishni to'xtatdik. 

Bizning jamoamiz ancha yosh, yigitlarning bu kabi katta finallarda o'ynash tajribalari yo'q. Bugun biz o'yin borishini nazorat qilishga urindik, lekin yakunda hisobda mag'lub bo'ldik. 

Yigitlarga ko'rsatgan o'yinlari uchun minnatdorchilik bildiraman, - dedi Ro'ziqul Berdiev.

Reyting: +36   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика