So’nggi yangiliklar

08:51Ўзбекистон U-16 терма жамоаси Японияга қарши баҳс олиб боради  1 08:20“Пахтакор“ Муҳаммадали Ўринбоевнинг трансферидан қанча ишлаб олди?  7 08:00Суперлига-2025. “Нефтчи” - “Хоразм” 2:0  0 07:48Анхель Ди Мария янги жамоаси билан шартнома имзолади  0 01:12Суперлига-2025. Биринчи давранинг эсда қоларли лаҳзалари  1 00:45IBA раҳбари Кремлёв Смоловнинг жанжали ҳақида: "Футболчиларнинг интизоми билан боксчилар шуғулланиши керак"  0 00:26"Галатасарой" Осимхен учун 50+5 миллион евро таклиф қилди, "Наполи" кўпроқ сўраяпти  2 23:43Виталий Левченко: "Шартномам ноябрда якунига етади"  3 23:18Ҳаким Фузайлов: "Маҳаллий футболчилар Нарх ва Самиевлардан ёмон ўйнашмаяпти"  3 22:52Доннарумма агенти Нойернинг Мусиала жароҳати ҳақидаги сўзларига: "Мануэль 2014 йилда Игуаинни урганда ҳам, жароҳатланиш хавфини билиб турган"  2 22:26Шченсни "Барселона" билан янги битим имзолади  1 22:15Мбаппе судга берган аризасини қайтариб олди  5 22:00Суперлига. "Нефтчи" "Хоразм"ни мағлуб этди ва иккинчи ўринга чиқиб олди   37 21:07Акмал Мозговой БАА клубига ўтди  11 20:20Ўзбекистонлик ҳакамлар Президент кубоги (Индонезия) мусобақасида фаолият олиб боришади  1

Ro'ziqul Berdiev: "Ikkinchi golda himoyachilar va darvozabon xato qildi. Hozirda yaxshi hujumchi qidiryapmiz" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Ikkinchi golda himoyachilar va darvozabon xato qildi. Hozirda yaxshi hujumchi qidiryapmiz"

Coca Cola Superliga 8-turidan o'rin olgan "Neftchi" – "Nasaf" uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev matbuot anjumanida jurnalistlarning savollariga javob qaytardi.


O'yin haqida

- Bugun ikkita jamoa bir xil sxemada o'ynagani uchun faqat yuqoridagi to'plar uchun kurash kechdi. "Neftchi" bu uslubni yaxshi o'zlashtirgan va uzun to'plarni yaxshi o'ynaydi. Standart vaziyatlarda ham. Bugun hum xuddi shunaqa bo'ldi. Raqib shunday ikkita vaziyatda gol urib ketdi. O'sha o'yin oxiridagi jarima zarbasida ham osonlik bilan gol o'tkazdik. Bu holatda o'yinchilar ham, darvozabon ham xato qildi. SHuning uchun biz bugun mag'lubiyatga uchradik. Raqibni g'alaba bilan tabriklayman.

- Ikkinchi bo'limda hakamga etiroz bildirdingiz. Umuman, o'yindagi hakamlikdan qoniqdingizmi?

- Hakamni muhokama qilmoqchi emasman. Lekin, hakamlar o'yindagi eng muhim insonlar. Bugungi o'yinda balki xatolar qilgandir, ammo buni gapirishni istamayman. Vaqtida hakamlik haqida gapirib bo'lganman. Keling, bugun aybni hakamdan izlamaylik. Hujumda o'zimiz sust harakat qildik. Bunga bir necha sabablar bor. Uzun to'plar bilan o'ynashga ko'nikmaganmiz, bu bizga biroz qiyinchilik tug'dirdi. Ko'rdingiz, "Neftchi" bugun uzun to'plar bilan, hujumchiga to'pni oshirish va kurashish orqali o'ynadi. Biz bu narsaga unchalik ham tayyor emasdik. 

- Akmal Mozgovoy bugun qaydnomaga kiritilmadi. Bunga sabab nima?

- Albatta, Akmal bizning asosiy o'yinchimiz. U bugun ertalab o'yinda yordam bera olmasligini bildirdi. Biz uni shu sababli umuman qaydnomaga kiritmadik. Uning o'rni bugun bilindi. CHunki, Akmal bizning bugungi rejamizda asosiy figuralardan edi. 

- Ikkinchi taymda jamoa markazni yutqazgandek taassurot qoldirdi. Bu mana shu yo'qotishlar bilan bog'liqmi?

- Yo'q, Mozgovoyning o'rnida Umar yaxshi harakat qildi. Biz standart vaziyatlarda raqibga imkoniyat berdik. O'rtada muammo bo'lmadi. Burchak to'pida penalti yaratdik. SHu vaziyatlar bizga qimmatga tushdi.

- Mezbonlarning har ikkala goli standartdan vaziyatlardan kiritildi. Bugun "Nasaf" mag'lubiyatga loyiqmidi?

- Menimcha, bugun durang adolatliroq bo'lardi. Ikkala jamoa ham bir xil taktikada harakat qildi. Vaziyatlar kam bo'lishini bilardik. SHu sabab ham standard vaziyatlardan foydalanish kerak edi. Raqib buni yaxshiroq uddaladi. O'sha vaziyatlarda biz xato qildik. Umuman olganda o'yin teng kurashlarda o'tdi. Durang adolatliroq bo'lardi.

- Ikkinchi taymda hujumda qandaydir o'zgarishlar qilish mumkinmidi?

- Bizdagi asosiy muammo bu hujum. Biz hozirda yaxshi hujumchi qidirmoqdamiz. Agar yaxshi nomzod topiladigan bo'lsa, jamoamizga qo'shib olamiz. Baribir oldingi chiziqda bizga yangi o'yinchilar kerak. 

Reyting: -11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика