So’nggi yangiliklar

20:20Ўртоқлик ўйини. "Сурхон" "Бухоро"дан устун келди  0 19:58"Ливерпуль" Англия терма жамоаси вингерини нишонга олди  0 19:22Назорат учрашуви. "Пахтакор" ва "Бунёдкор" жамоалари ўртасидаги ўйин бўлиб ўтмоқда (онлайн ҳисоб)  1 19:00Ўртоқлик ўйини. "Милан" Гонконгда "Ливерпул"ни мағлуб этди  1 18:40"Реал" "Арсенал" билан учрашув учун делегация тайёрламоқда  5 18:15Ўзбекистон U-17 терма жамоасининг "Чертаново"га қарши ўйин учун таркиби маълум  5 17:55Тодоров Тошкентнинг бошқа клубига ўтди  0 17:31Иккинчи даврадан водийдаги ўйинлар ПФЛ сотиб олган янги камераларда трансляция қилинади  6 17:07Отабек Шукуров: "Персеполис" менга таклиф билан чиқди, лекин..."  6 16:42"Андижон" нигериялик ҳужумчи билан шартнома имзолади  19 16:20Ўзбекистон U-18 селекция йиғини учун футболчиларнинг иккинчи қисмини танлаб олди  0 15:53"Қўқон-1912" ва "Нефтчи"да ҳам қарздорлик бор  8 15:29Аброр Исмоиловнинг агенти "Навбаҳор" устидан ОФКга арз қилди  20 14:53Шаҳзод Азмиддинов иккинчи даврани "Андижон"да бошлайди  6 14:48Иккинчи давра стартига бир ҳафта қолди  2

Ro'ziqul Berdiev: “Hurmatli jurnalistlarimizga kattadan–katta tashakkurlarimni bildiraman” Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: “Hurmatli jurnalistlarimizga kattadan–katta tashakkurlarimni bildiraman”

"Nasaf" bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev "Neftchi" bilan o'yin haqida ushbu fikrlarni bildirib o'tdi.

"Bugungi uchrashuvda yigitlarga asosan to'pni ko'proq nazorat qilib, raqibning bo'sh zonalaridan ko'proq foydalanishni aytgan edik, ular bu ko'rsatmalarimizni to'liq ado etishdi. Guvohi bo'ldingiz, bu orqali bugun biz haqli  g'alabaga erishdik. Jamoamiz bugun ajoyib o'yin namoyish etdi.

Dilshod Rahmatullaev endi o'z formasini tiklab borayapti, bilasizlar u o'tgan mavsumning oxirlarida jarohat olgan edi. U tajribali o'yinchi, albatta keyingi o'yinlarda u bizga to'liq yordam bera oladi.

Yil laureati bo'lish albatta yoqimli. Bu nafaqat mening yutug'im, balki butun jamoaning, klubimizning yutug'idir. Bunday sharafga bitta murabbiyning mehnati kamlik qiladi. Avvalo klubimiz rahbarlarining bizga nisbatan ko'rsatayotgan g'amxo'rliklari bu yutuqlarga omil bo'layapti. Qolaversa, buning zamirida butun klubimizning katta mehnati yotibdi. Albatta, etirof etaman, menga ovoz bergan mamlakatimizning barcha OAVlariga, jumladan hurmatli jurnalistlarimizga kattadan –katta tashakkurlarimni bildiraman. Ularga ijodiy barkamollik tilab qolaman. “Nasaf” bundan keyin ham muxlislarga chiroyli va mazmunli o'yinlarni  ulashishda davom etaveradi", - deydi Berdiev.


Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика